!
Ma’naviy tahdidlar bizni bu dunyoda inon-ixtiyori o‘zida bo‘l- gan, ozod va hur inson bo‘lib yashash baxtidan judo qilmoqchi, boshqacha aytganda, insonni yoshligidan boshlab ma’naviy qul etmoqchi bo‘ladi.
Biz hech qachon bunga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Chunki, biz ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan hamisha mustaqil va erkin bo‘lib kelgan, shu bois tarixda butun insoniyatni qoyil qoldiradigan tengsiz mo‘jizalar yaratgan buyuk xalqning farzandimiz. Bu xalq o‘z far- zandlarining faqat sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi. Dunyo
maydonida hech kimdan kam bo‘lmasdan, ajdodlari boshlagan ulug‘ ishlarni munosib davom ettirishini xohlaydi.
Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov hozirgi murakkab dunyoda tobora avj olib borayotgan shafqatsiz musobaqada o‘zligimizni boy berib qo‘ymaslik, aksincha, qanday buyuk ishlarga qodir ekanimizni amalda namoyon etib, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan chiniqib, kamol topib borishga da’vat etadi.
«Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas»x.
Demak, hozirgi kunda bir zumgina loqaydlik va beparvolikka berilish ham odamzotga juda qimmatga tushadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun inson, avvalo, yon-atrofiga sergak nazar tashlab, har kuni, har soat, har daqiqada hushyor va ogoh bo‘lib yashashi lozim.
«Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘ziho‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha — qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi»I.
Hozirgi kunda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar xalqlari, avvalo, yosh avlodning zamonaviy aloqa vositalari orqali zo‘r berib odamlar ongiga tiqishtirilayotgan axloqsiz, ma’nisiz, soxta va sayoz ma’lumotlar, behayo manzaralarga, turli yengil-yelpi elektron o‘yin va mashg‘ulotlarga bog‘lanib, haqiqiy hayotni esdan chiqarib qo‘yayotganidan jiddiy tash- vishlanmoqda. Kun bo‘yi faqat shunday mashg‘ulotlar bilan band bo‘lib o‘sayotgan bolalarning qalbi va ongi ertaga kimning qo‘lida bo‘ladi, ular jonli hayotdan uzilib, vaqt o‘tishi bilan bir og‘iz jonli shirin so‘zga zor bo‘lib qolmaydimi, degan savol ularni o‘ylantirmoqda. Bunday ijtimoiy muhitda mehr-muhabbat taqchilligi, o‘zaro ishonchning yo‘qligi ulkan muammoga aylanmoqda. Odamlar o‘zlarining mehrga bo‘lgan qalb ehtiyojlarini qondirish uchun hatto hayvonlarni asrab, ular bilan muloqot qilib yashashga intilayotgani ayrim xorijiy mamlakatlarda ko‘p uchramoqda.
Bizning xalqimiz azaldan mehr-oqibatni, insoniylikni eng buyuk fazilat darajasiga ko‘tarib kelgan va bu milliy turmush tarzimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan. Biz ko‘cha-ko‘yda ko‘rgan odamimizga albatta qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib salom beramiz. Yordamga muhtoj, nogiron yoki boshiga qo‘qqisdan og‘ir ish tushgan kishilarga beg‘araz yordam ko‘rsatish uchun shoshilamiz. Mahallamizda to‘y yoki ma’raka, hashar va boshqa tadbirlar bo‘layotgan bo‘lsa, hamma qatori vaqtida yetib kelib, «Qani, bizga nima xizmat?» deb shu jamoaning a’zosi sifatidagi burchi- mizni bajarishga harakat qilamiz.
Mabodo boshqa shahar yoki qishloqdan kelgan odam tunashga joy topolmay qiynalib yurgan bo‘lsa, hech o‘ylab o‘tirmasdan, uni uyimizga taklif etib, aziz mehmon sifatida hurmatini joyiga qo‘yamiz, undan hech narsani ayamaymiz.
Bularning barchasi bizning ma’naviyat sohasida naqadar katta me- rosga ega ekanimiz va aynan shu jihatdan boshqalardan alohida ajralib turishimizdan dalolat beradi.
. / «Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushun- chasini oladigan boMsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu avvalo insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi*1.
Haqiqatan ham, dunyodagi ko‘p- gina mamlakatlarda katta-katta sha- harlarda yashayotgan odamlar hatto qo‘shnisi kim ekanini ham bilmaydi. Bilishga qiziqmaydi ham. Chunki ularga mehr-oqibat tuyg‘usi begona. Biz esa uy sotib oladigan bo‘lsak, avvalo, bo‘lajak qo‘shnimiz kim ekanini so‘rab-surishtiramiz, shunga qarab ish tutamiz. Xalqimizning «Hovli olma, qo‘shni ol» degan maqoli zamirida juda chuqur ma’no bor. Ya’ni, odamga tilsiz-zabonsiz to‘rt devordan iborat uy emas, avvalo, ko‘nglini tu- shunib, hurmatini joyiga qo‘yib, bir umr hamdard, hamfikr bo‘ladigan, mehr ko‘rsatadigan inson kerak.
«Qo‘shning tinch — sen tinch» degan yana bir ajoyib maqolimiz yuqorida zikr etilgan fikrlarni to‘ldiradi. Ya’ni, xalqimiz boshqalarning dard-u tashvishiga shu qadar ta’sirchan va beriluvchanki, devorining narigi tarafida qo‘shnisi darddan yoki boshqa bir hayotiy muammodan qiynalayotgan bo‘lsa, erkin nafas ololmaydi.
Jahondagi ba’zi davlatlarda faqat o‘zini o‘ylab yashashga, xudbinlikka berilgan odamlar «Birovning dardi bilan mening nima ishim bor, har kim o‘zi uchun o‘zi javob beradi» degan kayfiyat bilan yashashi mumkin. Ammo bizning xalqimiz qo‘shnisi bezovta bo‘lib turgan paytda xotirjam yasholmaydi.
Siz kundalik hayotimizda bu fikrlarning tasdig‘i bo‘ladigan ko‘plab misollarni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Ayniqsa, o‘g‘li yoki qiziga to‘y qilaman deb turgan insonlar qo‘shnisinikida aza bo‘lib qolgan vaqtda, marhumning hurmatini qilib, to‘yni to‘xtatib turgani ham bor gap. Yoki kelinlar darvoza oldini supurayotganida, changi qo‘shnining hov- lisiga o‘tmasin, deb ko‘cha tarafga qarab supurishi va boshqa misollar xalqimizning qo‘ni-qo‘shnichilikni qanchalik yuksak qadrlashini bil- diradi.
Bunday odat va udumlar o‘z hayotini jamiyat hayoti bilan bir butun holda ko‘rish, el-yurtga sadoqat hamda fidoyilik namunasidir.
Bizning ana shunday buyuk ma’naviy boyligimiz bor ekan, tashqaridan jozibali bo‘lib ko‘rinadigan, lekin ichi puch, mag‘zi yo‘q g‘oyalarga aldanib qolmasligimiz kerak. Buning uchun nafaqat o‘zimiz, balki ong-u shuurimiz ham hamisha bedor va sergak bo‘lishi lozim.
Inson hushyorlik va ogohlik tuyg‘usini oshirish uchun doimo yon- atrofi va dunyodagi voqealardan xabardor bo‘lib borishi kerak. Vatanining tarixi, xalqining milliy qadriyatlari, boy madaniy merosini yaxshi bilishi zarur. Vatan ishqi, Vatan manfaati uning uchun har ishda, har qadamda bosh mezon bo‘lishi darkor.
Savol va topshiriqlar
«Ommaviy madaniyat» deb ataladigan soxta narsalarning haqiqiy madaniyatga aloqasi bormi?
Haqiqiy madaniyat namunasi bo‘lgan asarlar bizni nimaga da’vat etadi?
«Ommaviy madaniyat» namunalari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Ma’naviy tahdid deganda, nimani tushunamiz?
Bir zum loqaydlik va beparvolikka berilish nimaga sabab bo‘lishi mumkin?
Ushbu rasmlardagi holatlar yoshlarning barkamol bo‘lib voyaga yetishida qanday ahamiyatga ega bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |