Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari -sinf



Download 0,93 Mb.
bet113/154
Sana07.08.2021
Hajmi0,93 Mb.
#140703
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   154
Bog'liq
9 sinf mig fanidan yillik dars ishlan

Buni yodda tuting!

«Ta'Iimni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi».


Xo'sh, nima uchun bu qarash va falsafa ko'proq Sharqqa xos ekanligiga urg'u berilyapti? Gap shundaki, biz mansub bo'lgan Sharq xalqlari maktabga, umuman ta'lim muassasasiga bolaga faqat ta'lim beruvchi, ilm-u hunar o'rgatuvchi maskan deb emas, balki inson shaxsini tarbiyalovchi, uni har tomonlama barkamol etib shakllantiruvchi qutlug' dargoh deb ham qaragan. Chunki aqlli, bilimli bo'lish insonning bir ziynati hisoblansa, mana shu bilim va aqlni ezgulik yo'lida ishlatish, eng muhimi - odob-axloqni, mehr-oqibatni, insoniylikni hayotiy e'tiqod deb bilish kishining ma'naviy ko'rki sanaladi.

Agar ayrim G'arb mamlakatlari ta'lim tizimiga razm solsak, ularda bolani muayyan bilimga, fan sohasiga oshno qilish, shu soha bo'yicha tobora chuqurlashish masalasiga ko'proq e'tibor qaratilishiga guvoh bo'lamiz. Ulardagi o'quvchilar o'z o'qituvchisiga ustoz, har jabhada ibrat namunasi, hurmat va ixlosga loyiq muallim sifatida emas, balki u yoki bu fanning mutaxassisi, o'sha fanlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni dars shaklida yetkazib berishi lozim bo'lgan kasb egasi sifatida munosabatda bo'lishadi. Darsini o'tib tugatgan o'qituvchi ham bolaning axloqi, dunyoqarashi, ma'naviy-ruhiy ehtiyojlari bilan ko'p ham qiziqmaydi, bu narsalarga o'zini javobgar - mas'ul, deb his qilmaydi. Balki shu tufayli ham ayrim G'arb mamlakatlari texnik-texnologik jihatdan nihoyatda ilgarilab ketgan, ulardagi hayot farovonligi sezilarli darajada yuksak bo'lsa-da, odamlar, ayniqsa, yoshlar o'rtasida axloq-odob bilan bog'liq juda ko'p muammolar kelib chiqmoqda. Otalar va bolalar o'rtasidagi jiddiy kelishmovchiliklar, o'zaro mehrsizlik, yoshlarning ichkilikbozlikka, kashandalikka, giyohvandlikka va turli tusdagi axloqsiz qiliqlarga ruju qo'yishi shular jumlasidandir. Televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalarida ko'rib-eshitib guvohi bo'lamizki, hali u, hali bu mamlakatda yosh o'quvchi yoki talaba o'z o'qituvchisi yoxud sinfdoshlarini shafqatsizlarcha otib tashlaydi, ko'cha-ko'yda turli og'ir jinoyatlarni hech bir seskanmay sodir etaveradi. Misol tariqasida butun dunyo ommaviy axborot vosita­larida e'lon qilingan quyidagi xabarni keltirish mumkin: «Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi maktablarning birida mudhish voqea ro'y berdi. Qurollangan kishi ta'lim dargohi zaliga kirib, to'planganlarga qarata o'q uzgan. O'sha paytda bu yerda 40 nafardan ziyod o'quvchi bor edi. Qo'poruvchilik natijasida ulardan 12 nafari qurbon bo'lgan, yana o'ttiz nafari yaralangan. Politsiya vakillarining aytishicha, qilgan qabihligidan so'ng jinoyatchi o'zini o'ldirgan. Keyinchalik shaxsi aniqlangan bu kimsa bir paytlar shu maktabda o'qigan ekan...» Bu singari xunuk holatlarning zamirida yosh avlod ta'lim oladigan ilm dargohlarida tarbiya masalasiga, navqiron inson qalbida ezgu tuyg'ularni parvarishlash ishiga yetarli e'tibor berilmasligi singari jiddiy muammolar turibdi, deb xulosa qilish mumkin.

Bizda esa bu masala boshqacharoq tushuniladi, uning yechimiga o'zgacharoq yondashiladi. Ma'rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat bu yondashuvni quyidagicha asoslaydi: «Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo'lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo'ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo'ladi. Kimki, badaxloq bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik qilgan bo'ladi. Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo'ladi. Xush va yaxshi axloqqa ega bo'lgan farzand imon sohibi bo'lgan ota-onadan bo'ladi, agarda ota-ona axloqsiz bo'lsalar, ularning tarbiyalari soyasida o'sgan farzand ham badaxloq bo'­ladi».


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish