3. Soliq tekshirishlari turlari va ularni tashkil qilish tartibi. «Xo'jalik sub'ektlari faoliyatining davlat nazorati to'g'risida»gi Qonunga
asosan tekshirishlami o'tkazishning quyidagi shakllari mavjud: rejali
tekshirish, kompleks tekshirish, taftish, muqobil tekshirish, nazorat sifatidagi
tekshiruv, qisqa muddatli tekshiruv, rejadan tashqari tekshiruvlar. Ularning har bin
to'g'risida qisqacha tqxtalib qtamiz:
Tekshiruv - soliq nazoratining asosiy usuli bo'lib, xo'jalik sub'ektlari
faoliyatini tartibga soluvchi soliq qonunlari va boshqa hujjatlarga rioya qilinishi
nazorat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Taftish o'tkazish - moliya va soliq masalalari bo'yicha qonunchilikka rioya
etilishi yuritilayotgan hisobning va soliq organlariga, davlat statistika organlariga va
banklarga taqdim etiladigan hisobotlarning ishonarliligi ustidan nazorat
o'rnatish maqsadida xo'jalik sub'ektlarining buxgalteriya, moliyaviy va
boshqa hujjatlarini tekshirish.
Muqobil tekshiruv - tekshirilayotgan xo'jalik operatsiyalarining barcha o'zaro
bog'liq tashkilotlar yoki xo'jalik sub'ektining bo'limlaridagi hujjatlarda, qayd
yozuvlarida aks etishini nazorat qilish.
Monitoring sifatidagi tekshiruv - nazorat organlari tomonidan Kengash bilan
kelishilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi va soliq to'lovchilar tomonidan
oldingi tekshirish-larda aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf qilinganligini nazorat
qilishga qaratilgan.
Qisqa muddatli tekshiruv - bir ish kuni davomida amalga oshiriladi va xo'jalik
sub'ektining moliyaviy xo'jalik faoliyatini tekshirish bilan bog' lanmagan bo' ladi.
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini tartibga solish maxsus tuzilgan organ -
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash faoliyati, respublikamizda nazorat
organlarining haddan tashqari ortiqcha vakolatlarga ega bo'lishi hamda vazifasi-
ni suiist'emol qilish yo'l qo'yilishi natijasida tadbirkorlik faoliyatining
rivojlanishidagi to'sqinliklarga yo'l qo'yilishining oldini olishda katta ahamiyatga
ega bo'ldi. Kengash tomonidan ishlab chiqilgan "Nazorat qiluvchi organlar
tomonidan o'tkaziladigan, tadbirkorlik sub'ektlari yuridik shaxslar faoliyatini tek-
shirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to'g'risida"gi Nizomda (2006 yil 16 may)
rejali va rejadan tashqari tekshirishlar ko'rsatilgan. Har yil choragida bir marta
respublika bo'yicha barcha tekshirish o'tkazilishi lozim bo'lgan, Kengash
tasdiqlagan tashkilotlaming ro'yxati «Soliqlar va bojxona xabarlari» haftalik
nashrida berib boriladi. Reja jadvallarga keyinchalik o'zgartirishlar kiritilishi
mumkin. Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirilgan
reja jadvallarini shakllantirishda maxsus tasdiqlangan tamoyillarga rioya etish
talab etiladi.