10
Soliq nazoratini o'tkazishning dastiabki holati
soliq ob'ektlari va soliqqa tortish
bilan bog'liq boshqa ob'ektlarni hisobini yuritishdan
boshlanadi. Bu ish soliq
xizmati organlari tomonidan har bir soliq to'lovchi va har bir soliq turlari bo'yicha soliqqa
tor-tish ob'ektlarining ma'lumotlar bazasmi,
shu jumladan, elektron shaklda olib borish
bilan amalga oshiriladi.
Soliq to'lovchilarni
Davlat ro 'yxatdan о 'tkazish -
bu soliq to'lovchi to'g'risidagi
ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi kor-xonalari,
tashkilotlari va yakka
tartibdagi tadbirkorlari Davlat reestriga kiritishdir. Soliq to'lovchilarni ro'yxatdan
o'tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20-avgustdagi «Tadbirkorlik
faoliyatini tashkil qilish uchun ro'yxatdan o'tkazish tartibotlari tizimini tubdan
takomillashtirish to'g'risida»gi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bu qarorga
asosan 2003 yil 1-oktyabrdan ro'yxatdan o'tkazishning «bitta tuynukka»
qaratilgan yangi tizimi ishga tushishi va bir vaqtning o'zida
boshqa ruxsat-
nomalarni ham berishi o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatdi. Tadbirkor ariza bergan
kundan boshlab Rqyxatdan qtish jarayonining muddati o'rtacha 31 kundan 16
ish kuniga qisqardi. Norasmiy to'lovlami amalga oshirish 8%gacha qisqardi.
12
Ammo bu holat viloyatlarda yuqoriligicha qolmoqda.
Kameral nazorat
ahamiyatini oshirish hozirgi
tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish maqsadida soliq nazoratini erkinlashtirish paytida dolzarb ahamiyatga
ega.
Kameral nazorat soliq to'lovchi yoki soliq agenti tomonidan belgilangan tartibda
soliq organiga topshiriladigan soliq hisobotlari va boshqa soliq to'lovchi faoliyati
to'g'risidagi hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish
orqali amalga oshiriladigan
nazoratdir. Kameral nazorat soliq to'lovchi qatnashuvisiz amalga oshiriladi.
Kameral nazorat uchun soliq organi boshlig'ining maxsus qarori talab qilinmaydi.
Kameral nazorat paytida soliq hisobotlarida xatolar yoki ma'lumotlarda bir biriga zid
holatlar mavjud bo'lsa, bu haqda soliq to'lovchiga uni tuzatish uchun xabar
yetkaziladi. Soliq to'lovchi yoki soliq agenti talabnomani olganidan keyin
10 kun muddat ichida tuzatilgan hisobotni
taqdim etishi yoki mavjud
hisoblardagi farqlanishlarni asoslab berishi kerak.
Pul tushumlari xronometrajini o'tkazish
ham soliq nazoratining usullaridan biri
hisoblanadi va haqiqatdagi pul tushumlarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Xronometraj soliq organi tomonidan naqd pulga tovar sotadigan va xizmat
ko'rsatadigan soliq to'lovchining bevosita tovarlar sotiladigan va xizmatlar ko'r-
satiladigan joyda amalga oshriladi.
12
Delovaya sreda v Uzbekistane glazami predstaviteley malogo i srednego biznesa, po itogam 2003 goda. Proekt
razvitiya malogo i chastnogo predprinimatelstva v Uzbekistane. Mejdunarodnaya finansovaya korporatsiya. Tashkent,
2004. 61b.