“milliy istiqlol g’oyasi huquq va ma’naviyat asoslari” ta’lim yo’nalishi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana10.06.2023
Hajmi0,52 Mb.
#950420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
yuridik shaxslarni soliqqa torti

 
 
1. Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda soliq nazoratining tashkiliy va
huquqiy asoslari.
 
Soliq nazorati bu - soliq to'lovchilaming soliq qonunchiligiga to'liq rioya etishi, 
soliqlar va byudjetdan tashqari jamg'armalarga to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq 
undirilishi, to'g'ri hisoblanishi ustidan soliq organlari hamda bojxona organlari 
tomonidan olib boriladigan nazoratdir. 
Soliqqa tortish tizimini tartibga soluvchi me'yoriy huquqiy hujjatlarga 
quyidagilar kiradi: 
-
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
-
O'zbekiston Respublikasi qonunlari 
-
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari 
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari 
-
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari 
-
Vazirliklar, davlat qo'mitalari va boshqarmalar hujjatlari
- Davlat xokimiyatining joylardagi organlari qarorlari 
«Qonunning ustunligi bizning islohotlar modelimizdagi etakchi 
tamoyildir. U huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan biri bo'lib xizmat 
qiladi»
11
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni respublikamizda 
Davlat soliq xizmati va bojxona organlari amalga oshiradi. Nazorat qiluvchi 
organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashi, tuman va 
shaharlar hududiy komissiyalari nazorat qiluvchi organlar va ular hududiy 
bo'linmalari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini nazoratini tashkil 
etadilar. Bunda ular O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, «Xo'jalik 
sub'ektlari faoliyatining davlat nazorati to'g'risida»gi Qonunga "Davlat 
soliq xizmati to'g'risida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati erkinliklari to'g'risida"gi 
O'zR qonunlariga, «Muddatida to'lanmagan soliqlar va boshqa majburiy 
to'lovlarni undirish to'g'risida»gi qonunlar, O'zR Prezidentining 1996 yil
8-avgustdagi "Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar 
faoliyati muvofiqlashtirishni takomillashtirish to'g'risi"gi PF-1503 son, 1998 
yil 19-noyabrdagi "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlami tekshirishni tashkil 
qilishni tartibga solish to'g'risida"gi PF-2114 son, 2005 yil 14-iyundagi 
"Tadbirkorlik 
sub'ekt-larini 
huquqiy 
himoya 
qilish 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to'g'risida"gi 
PF-3365-son 
farmonlariga, 2006-yil 16-maydagi "Nazorat qiluvchi organlar 
tomonidan o'tkaziladigan, tadbirkorlik sub'ektlari yuridik shaxslar faoliyatini 
tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to'g'risida"gi Nizom va boshqa 
xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini tekshirishni tartibga solish 
11
I.A.Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»-T.: O'zbekiston, 1997y, 
279-bet 



masalalariga doir boshqa qonun hujjatlariga, me'yoriy va qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiradi. 
Soliq intizomini mustahkamlash, soliq to'g'risidagi qonun hujjatlariga 
qat'iy amal qilish, soliq to'lovlarining byudjetga to'liq va o'z vaqtida tushishini 
ta'minlash, soliqqa doir huquq buzilishlarining aniqlanishi, ularning oldini olish va 
ularni bartaraf etish ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, shuningdek, soliq 
organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 
2000 yil 13 martdagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni 
takomillashtirish maqsadida» 87-son va «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini 
huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to'g'risida» 180-son qarorlariga muvofiq 
soliq sohasida huquq buzilishlariga qarshi kurashish bo'yicha bosh boshqarma va 
nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etildi. 
Davlat soliq xizmatining nazorat funktsiyalarini ко'rib chiqish jarayonida 
nazorat mohiyatini anglab olishimiz lozim. 
Soliq nazorati haqida «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi qonunning
2-moddasida shunday deyiladi: 
«Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan soliqqa tortilishi lozim bo'lgan sub'ektlar va ob'ektlarni hisobga olish, 
soliqlarga doir tekshiruvlar o'tkazish, soliq to'lovchilar, boshqa shaxslarni so'rab-
surishtirish vositasida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
shakllarda amalga oshiriladi». 
Nazorat vositasida bajarilayotgan topshiriqning 
to'liqligi, o'z vaqtidaligi va samaradorligi to'g'risidagi ma'lumotlar ishonchliligi, 
topshiriqni bajarish paytida mansabdor shaxslar qilgan xatti-harakatlar va 
o'tkazilgan operatsiyalaming qonuniyligi aniqlanadi, faoliyatni yaxshilash va ishda 
yo'l qo'yilgan huquqbuzarlik va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki 
rezervlar aniqlanadi, shu jumladan, qonunlarni buzganligi, ishda pala-
partishlikka yo'l qo'ygani uchun tegishli mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi. 
Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to'lovchi to'g'risidagi olingan har 
qanday ma'lumot 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish