Milliy istiqlol g`oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar


Milliy istiqlol g’oyasining maqsad va vazifalari



Download 0,63 Mb.
bet12/81
Sana03.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#428026
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
MILLIY ISTIQLOL G

3. Milliy istiqlol g’oyasining maqsad va vazifalari
Milliy istiqlol g’oyasi bilan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining maqsadlari bir-biridan muayyan darajada farq qiladi. CHunki ularning birinchisi taraqqiyotimizning g’oyaviy asoslari va mafkuraviy ta’limotini o’zida mujassam etgan nazariyani, ikkinchisi esa shu nazariya haqidagi o’quv fanini bildiradi.
Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta’riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qad-riyat va an’analarimizga munosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylan-tirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir»1.
SHu bilan birga, milliy istiqlol g’oyasining ijtimoiy vazifasi bilan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining vazifasi ham bir-biridan farq qiladi. Bu farqlar g’oyaning inson va jamiyat hayotidagi funksiyasi bilan fanning ijtimoiy tafakkur va ta’lim-tarbiya tizimidagi funksiyasi o’rtasidagi o’ziga xoslikdan kelib chiqadi.
YUrtboshimiz milliy istiqlol g’oyasining vazifasi haqida to’xtalib shunday degan edi: «Men milliy istiqlol g’oyasi bugun tez sur’atlar bilan o’zgarayotgan dunyoda o’zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziq-lantirib, yangi o’sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog’i zarur, deb bilaman»2. (Karimov I.A. Asarlar. T.9, 222-223-betlar)
Milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsadi fuqarolarni, keng jamoatchilikni asosiy g’oyalar, maqsad va yo’nalishlar bilan O’zbekiston taraqqiyot yo’lining ma’no va mazmuni, milliy-madaniy negizlari, xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyalashga qaratilgan. SHu bilan birga fuqaro va jamoalar ishonch uyg’otish, ularni adolatli, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlarini amalga oshirishga uyushtirishda ma’naviy-ruhiy rag’batlantirishda o’z aksini topadi. Milliy istiqlol g’oyasi fuqarolarni g’oyaviy jihatdan tarbiyalashga qaratilgan. G’oya bilan g’oyaning, fikr bilan fikrning, jaholatdan ma’rifatning farqini anglashga, ma’rifatga ishonch va e’tiqodni mustahkamlashga xizmat qiladi. Fuqarolarda milliy istiqlol g’oyasiga zid bo’lgan yot va begona, zararli g’oyalardan saqlashga, unga nisbatan fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish, unga doimo tayyor bo’la olish immunitetini shakllantiradi. Milliy istiqlol g’oyasi mamlakat oldida turgan ulug’, bunyodkorlik ishlari undan ko’zlangan asosiy maqsad insonlarning erkin va farovon hayotga erishishi, ozod va obod Vatan qurish yo’lida har bir kishi uchun harakat yo’nalishi bo’lishiga qaratilgan. Milliy istiqlol g’oyasi hech qachon kishilarning ongi va dunyoqarashini, ularni yana allaqanday «qolipga», «yagona andozaga» solishga qaratilgan emas. U fikrlar, g’oyalar xilma-xilligiga asoslanadi. Erkin fikrni uyg’otish va fikr erkinligini kafolatlab berish, o’zgalar fikrini tinglash, eshitish va aytishga imkoniyat yaratadi. Demak, milliy istiqlol g’oyasi «hukmron g’oya»ga intilishdan mutlaqo begona bo’lganligi bilan ham boshqa nosog’lom g’oyalardan farq qiladi. Milliy istiqlol g’oyasi voqea-hodisalarni bilish, tahlil etish, ularga baho berishga imkoniyat yaratib, bir qator ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni ham bajaradi. Demak, milliy istiqlol g’oyasining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkish fikrlashni shakllantirishga yo’naltirilgan.

  2. Milliy totuvlik, hamjihatlikni qo’llab-quvvatlaydi. Nosog’lom mahalliychilik, urug’-aymoqchilik illatlaridan holi etishga qaratilgan.

  3. Hayotga endi qadam qo’yayotgan yosh avlodning dunyoqarashiga yangicha ma’no va mazmun baxsh etish orqali unda faol hayotiy pozitsiyani, milliy g’oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirib boradi1.

  4. Jamiyatimizda sog’lom ijtimoiy muhitni yaratish, kishilar ongiga Vatan taqdiri uchun mas’ullik, yagona Vatan tuyg’usini mustahkamlashga safarbar etilgan.

  5. Istibdod davri asoratlari, qullik va mutelik kayfiyatlarining ongimizda, tafakkurimizda saqlanib qolayotgani sabablarini tahlil etish, ularni bartaraf qilish yo’llarini topish zarurati bilan bog’liq vazifalarni hal etishdan iboratdir. Demak, yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg’usidan xoli bo’lgan, o’zligini yanglagan, avlod-ajdodlarini, madaniy merosini yaxshi bilgan ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish