6.3-chizma.
Ong va tafakkurida milliy istiqlol g‘oyasi to‘g‘risidagi tasavvurlari, bilim va ko‘nikmalari
|
|
Ishonch va e'tiqod
darajasi va faoliyati
Amal qilish darajasi
|
|
|
|
Milliy-madaniy merosini
bilish darajasi
|
|
Milliy-ma'naviy merosga hurmat va uni asrab avaylash
|
|
|
|
Xalqning tarixi
to‘g‘risidagi bilimi
|
|
Tarixini sevish, unga
bo‘lgan intilish
|
|
|
|
Urf-odatlarni bilish
|
|
Amal qilish
|
|
|
|
An'analarni bilish
|
|
Amal qilish
|
|
|
|
Ona tilini bilish
|
|
Ona tiliga bo‘lgan
sadoqat
|
|
|
|
Diniy qadriyatlarni
bilish
|
|
Diniy qadriyatlarni hurmat
|
|
|
qilish va e'tiqodi
|
San'atni bilish
|
|
|
|
|
|
Musiqani bilish
|
|
Hurmat bilan qarashi,
|
|
|
tinglashi
|
Me'morchilikni
bilish
|
|
|
Halq e'tiqodi va uning ruhi shunday qudratli ta'sir kuchiga egaki, u har bir sog‘lom fikrlovchi insonni ijodiy faoliyatga, kasbkorning halol bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘zbek xalqi ana shunday ilohiy marhamatga sazovor bo‘lgan, o‘z milliy e'tiqodiga ega millatlardan biridir. Buni biz buyuk insonlar, mutafakkirlar timsolida ko‘rsak bo‘ladi. Chunki xalq ruhi va undagi e'tiqodni millatning eng ilg‘or vakillari, mutafakkirlar ifoda etadi. Masalan, Amir Temurning davlat qurilishi va sarkardalik bobidagi yuksak iqtidori, xalqimiz ruhiyatidagi salohiyat va imkoniyat ifodasi bo‘lgan A.Navoiyning ijodi ham xalq e'tiqodining o‘lmas namunasidir. Xalq e'tiqodi har bir shaxs e'tiqodining yo‘nalishini belgilaydi.
Shu jihatdan qaraganda milliy g‘oya va mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari:
1. Odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish.
2. Shu g‘oya maqsad yo‘lida uyushtirish, jipslashtirish, birlashtirish.
3. Safarbar etish.
4. Kishilarni ma'naviy-ruhiy rag‘batlantirish.
5. Foyaviy tarbiyalash.
6. Foyaviy immunitetni shakllantirish.
7. Harakat dasturi bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga g‘oyaviy-mafkuraviy zaminni yaratish zurar Xalqi-mizda «Suv bo‘lmagan joyda qamish o‘smaydi», degan hikmatli so‘zi bor. Qamish o‘rilsada, yoqilsada, suv bo‘lsa o‘saveradi, uni yo‘q qilishning birdan bir yo‘li suvni quritish. Demak, yot g‘oyalarning ildizini quritish lozim bo‘ladi.
Milliy g‘oyaning ishonch va e'tiqodga aylanish shart-sharoitlari, jarayoni muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishiga nisbatan o‘z munosabatini aniqlab olishi zarur. Inson mohiyatini, uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimini narsa va hodisalarga bo‘lgan ongli munosabati belgilab beradi. Insonning ichki botiniy e'tiqodi, orzu-umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma'no-mazmunini belgilaydigan sifat ko‘rsatkichidir. Ularni shartli ravishda ilohiy va dunyoviy yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Shaxsning individual g‘oyalari ijtimoiy birliklarning maqsadi, orzu umidlari, ishonch-e'tiqodi doirasida konkretlashib, umuminsoniy g‘oyalarning tarkibiy qismiga aylanadi. Shaxs e'tiqodi, ishonchiga asoslangan amaliy faoliyati: xalq, millat, ijtimoiy tabaqa manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi44. Milliy g‘oya xalqning ishonchi va e'tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi.
Jamiyat mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo‘nalishlari: ta'lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma'naviy-ma'rifat, adabiyot va san'at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integratsiyalashgan kompleks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi:
-
Uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo‘ygan edi.
-
Totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institutsional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko‘nikish effektini» vujudga keltirdi, qullik elementlari shakllantirildi. Mafkuraviy qolipga moslashtirildi. «Davlat seni boqayapti, sen davlatga qul bo‘lishing darkor» degan tamoyili g‘oyaviy qaramlik va mafkuraviy mahdudlikka olib keldi.
-
Yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga harakat qilib, «g‘oyaviy emansipatsiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e'tiqodiga aylan-tirishning bir-biri bilan bog‘liq ikki vazifani kun tartibiga qo‘ydi. Bularni 1) ichki va 2) tashqi yo‘nalishlardan iborat deyish mumkin.
Milliy g‘oyani keng jamoatchilik ongiga singdirib, e'tiqodiga aylantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1. Tarbiya yo‘li bilan e'tiqodiga singdirib borish.
2. Yoshlarni g‘oyaviy (demokratik) tarbiyalash.
3. Mas'uliyatni his qilish, fuqarolik mas'uliyatini oshirish.
4. Imon-e'tiqodiga aylantirish.
5. Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy muhit orqali ta'sir etish.
6. siyosiy ong huquqiy madaniyatni o‘stirish yo‘li bilan.
7. Yoshlarning bilim darajasiga e'tiborni kuchaytirish yo‘li orqali.
8. Yangicha ilg‘or fikrlashga o‘tish.
9. Ota-onalar savodxonligini oshirish yo‘li bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |