Mafkuraviy tarbiya - inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon. G‘oyalar adolatli va haqqoniy bo‘lsa, ko‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta'sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa, g‘oyaviy tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar ta'siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi.
Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalo oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatni taqozo qiladi. Uzluksiz ta'lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni yoshlar ongiga singdirish vazifasi asosan ta'lim roqali amalga oshiriladi.
Milliy g‘urur va or-nomus tuyg‘ularini shakllantirishda xalqning madaniy merosi, milliy qadriyatlari, ulug‘ mutafakkirlarning ibratli hayoti bugungi erishilayotgan yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod ongiga milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy adolat haqidagi g‘oyalarini singdirishda Abu Nasr Forobiynig “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Nizommulkning “Siyosatnoma”, Amur Temur “Tuzuklari”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”nomli mashhur asarlari tarixiy-ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Chunki “Kelajakdagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarning madaniyati, ma'lumoti va ma'naviyati haqidagi g‘amho‘rlik qilmog‘i zarur. Yosh avlodga ozod va obod Vatanni meros qoldirar ekanmiz, ular mutafakkirlarimizning, davlat rahbarliraning ulug‘ ishlarini davom ettirishlarini niyat qilar ekanmiz, yoshlarning ma'naviy uyg‘oqligiga ahamiyat berishimiz lozim. G‘aflat uyqusidan uyg‘onib, yorqin ko‘z bilan kelajakka nazar tashlaydigan zamon keldi.
Millat taraqqiyoti ma'naviyati va ma'lumoti yuksak bilimli yoshlarga bog‘liq. Aks holda yoshlarning manqurtlik va faqat pulga sajda qiluvchi arzoni ishchi kuchiga aylanib qolish xavfi tug‘iladi.
O‘zbekistonning kelajakdagi buyuk davlat bo‘lishi uchun shart sharoitlar mavjud: buyuk tarix va boy ma'naviy merosimiz bor. Jahonshumul ahamyatga molik bo‘lgan madaniyat va uning vorislari, vatanimizning iqlimi, tabiati, ajoyib yer osti va yer usti boyligimiz behisob.
Do'stlaringiz bilan baham: |