Milliy iqtisodiyotning o‘sishi, jamiyat rivoji va xalqning farovon hayot kechirishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyos



Download 117,61 Kb.
bet1/8
Sana09.03.2022
Hajmi117,61 Kb.
#486972
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Ma’ruza Optik aloqa tizimlari Asosiy tarif va tushunchalar


Kirish

Milliy iqtisodiyotning o‘sishi, jamiyat rivoji va xalqning farovon hayot kechirishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyos. Telekommunikatsiyalar sohasining yangi prinsiplarda ishlaydigan va istiqbolli optik aloqa tizimlari murakkab tuzilishli tizimlar sirasiga kiradi va ularni yaratishda ikkilamchi o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi aktiv va bir qator passiv elementlardan, elektron texnikaning boshqa maxsulotlaridan foydalaniladi xamda qo‘llaniladigan texnologiyalarning xususiyatlariga, loyihalashtirish, texnik ekspluatatsiya, axborot xavfsizligi masalalariga katta e’tibor beriladi.


Ushbu ma’ruzalar matni O‘zbekiston Respublikasining optik telekommunikatsiya tizimlarini rivojlanish prinsiplarini qamraydi va “5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalardan zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarida tobora keng qo‘llanish topayotgan optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga oid bilimlar, ko‘nikma va malakalar shakllantirilishiga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2013 yil 27 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 1989-qarorining 1-ilovasiga asosan 2013-2020 yillarda milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish va 2-ilovasiga asosan «2013-2020 yillarda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish»1 yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini 2013-2020 yillarda rivojlantirish dasturi» ishlab chiqildi va dasturga muvofiq bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqilgan reja va dasturlarning o‘z muddatlarida bajarilishi muhim ahamiyatga ega.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida soha rahbari X. Mirzaxidov o‘z ma’ruzasida magistral tarmoqlarni takomillashtirish bo‘yicha 2015 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldi: «Ma’lumotlar uzatish magistral mulьtiservis tarmoqlar o‘tkazuvchanligini viloyat markazlari darajasida 40 Gbit/s gacha va tuman tarkazlari darajasida 10 Gbit/s gacha kengaytirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish, 1800 km optik aloqa liniyalarini qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda»2. Shuning uchun zamonaviy telekommunikatsiya tizim va tarmoqlarini yaratishda “Optik aloqa tizimlari” fani muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumot uzatish milliy tarmog‘ining rivojlanishi davom etmoqda. Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan telefon tarmog‘ini takomillashtirish va qayta ta’minlash ishlari amalga oshirilyapti, shuningdek axborot resurslari shakllantirilmoqda, elektron xujjatlardan foydalanish, elektron tijorat, masofadan ma’lumotlarni boshqarish, mulьtimediya, telekonferensiya, IP – telefonlashtirish kabi xizmatlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy va istiqbolli telekommunikatsiya xizmatlari doirasi kengaymoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab xalq xo‘jaligi soxalarida yoppasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘plab xorijiy vakolatxonalar, qo‘shma korxonalar va firmalarning ochilishi mustaqil davlatimizning telekommunikatsiya soxasini zudlik bilan rivojlanishining yaqqol dalilidir. Telekommunikatsiyani bundan xam rivojlantirish, tez sur’atda ish olib borish sharoitlarini yaxshilash uchun sifatli texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy telekommunikatsiya vositalariga asoslangan aloqa tarmog‘ini yaratish va unda jaxon andozalari darajasidagi sifatli xizmatlarga ega bo‘lish uchun Respublikamizda barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalarning yutuqlari. jamiyatni kompьyuterlashtirish xisobiga, xozirgi kunda xayotimizning barcha soxalarida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.
Bugungi kunda global kompьyuter tarmog‘i ko‘plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan aloqa soxasida ishlovchi barcha mutaxassislarga ma’lumki oxirgi paytda axborotning uzatish xajmining oshishi, mavjud bo‘lgan imkoniyatli kanallarning o‘zatuvchanlik qobiliyatining etishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, vidio, videokonferensiya elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Korporativ tarmoqlarda bu muammolarni yuqori chastotali uzatish kanallarini arendaga berish yo‘li bilan xal qilish mumkin, lekin xonadon sektorida va kichik biznes sektorida bu muammolarni xal qilish qiyinlashadi. Bunday muammolarni xal qilishda xozirgi paytda nafaqat global telekommunikatsiya tarmoqlarida, balki abonent liniyalarida xam yangi texnologiyalarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda hozirgi kunda yurtimizda aloqa sohasiga oid quyidagi qonunlar qabul qilingan:

  1. “Aloqa to‘g‘risida”gi O‘zbekicton Respublikasining qonuni 1992 yil qabul qilingan, 15 moddadan iborat.1

  2. "Axborotlashtirish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 11 dekabr 2003 yil qabul qilingan, 23 moddadan iborat.

  3. "Elektron tijorat to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 29.04.2004 yil qabul qilingan, 14 moddadan iborat.

  4. "Pochta aloqasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 31.08.2000 yil qabul qilingan, 31 moddadan iborat.

  5. "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 1993 yil 28 dekabrь yil qabul qilingan, 23 moddadan iborat.

  6. "Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 20.08.1999 yil qabul qilingan, 28 moddadan iborat.

  7. "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 06.06.2002 yil qabul qilingan.

  8. "Elektron raqamli imzo to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 22 moddadan iborat.

  9. "Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 22 moddadan iborat.

  10. "Metrologiya to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 28.12.1993 yil qabul qilingan, 21 moddadan iborat.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xayotga tadbiq etilishi, Fan texnikaning jadal rivojlanishi bilan bilimlarni tezda yangilanishi o‘quvchilar oldiga ana shu bilimlarni tizimli va mustaqil egallash vazifasini qo‘yadi.
Yuqoridagilarni xisobga olgan xolda ushbu ma’ruzalar matnida, aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan zamonaviy optik aloqa tizimlari va texnologiyalari xaqida tushunchalar berilgan.



  1. Download 117,61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish