Milliy iqtisodiyotning o‘sishi, jamiyat rivoji va xalqning farovon hayot kechirishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyos


Tolali optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi



Download 117,61 Kb.
bet6/8
Sana09.03.2022
Hajmi117,61 Kb.
#486972
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Ma’ruza Optik aloqa tizimlari Asosiy tarif va tushunchalar

1.2. Tolali optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi

OA tizimlarida axborotlarni yorug‘lik yoki optik signallar ko‘rinishida uzatish va qayta ishlash amalga oshiriladi. OA tizimlari uchun yorug‘lik nurlanishi va to‘lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot xarakteriga, shuningdek nurlanish hosil qilish imkoniyalariga, undan signal shakllanishiga, yorug‘lik to‘lqinini uzatish va qayta ishlashga va nihoyat, axborotga ega signalni qabul qilishga bog‘liq.


OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi 1.2 – rasmda keltirilgan.

1.2 – rasm. OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi

Sxema OA tizimining turlari TOA va OOA tizimlariga xos standart qurilmalardan (elementlardan) tashkil topgan.


OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi texnik vositalar kiradi:
1) uzatish traktining kanal hosil qiluvchi uskuna (KHQU), u standart o‘tkazish polosali yoki uzatish tezlikli aniq tipli kanal yoki tipli guruhli traktlar sonini shakllanishini ta’minlaydi;
2) traktning muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u KHQU chiqishidagi ko‘p kanalli signal parametrlarini optik uzatgich parametrlari bilan muvofiqlashtirish uchun zarur;
3) optik uzatgich (OUz), elektr signalini optik signalga aylantirishni ta’minlaydi; OUz tarkibiga quyidagilar kiradi:
- optik nurlanish manbai (ONM), u optik tashuvchiga ega bo‘lib, optik tashuvchining bir yoki bir necha parametrlari MvQ dan tushgan ko‘p kanalli elektr signali bilan modulyasiyalanadi;
- moslashtiruvchi qurilma (MQ), u optik nurlanishni optik uzatish muhitiga minimal mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan kiritish vazifasini bajaradi;
Optik nurlanish manbai va moslashtiruvchi qurilma uzatuvchi optik modul (UzOM) deb ataladigan bitta blokka kiradi;
4) optik uzatish muhiti (OUM), optik nurlanishni uzatish vazifasini bajaradi; OOA tizimida bu atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin, TOA tizimida esa optik toladir;
5) optik retranslyator (OR), signalning optik uzatish muhiti bo‘ylab tarqalgandagi so‘nishini kompensatsiya qiladi va turli buzilishlarni korreksiyalaydi; optik retranslyatorlar xizmat ko‘rsatadigan va xizmat ko‘rsatmaydigan bo‘lishi mumkin, ular retranslyasiya uchastkalari deb ataladigan ma’lum masofalar oralig‘ida o‘rnatiladi; optik retraslyatorlarda optik signalni elektr signalga aylantirish yo‘li bilan elektr signalni qayta ishlash (kuchaytirish, korreksiyalash, regeneratsiyalash va b.q.) amalga oshiriladi, so‘ng bu regeneratsiyalangan elektr signal qaytadan optik signalga aylantiriladi; optik retranslyatorlarda shuningdek optik signallar ham qayta ishlanadi, ya’ni optik kvant kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi;
6) optik qabul qilgich (OQq), optik nurlanishni qabul qilish va elektr signalga aylantirishni ta’minlaydi, optik qabul qilgich moslashtiruvchi qurilma (MQ) va optik nurlanish qabul qilgichi (ONQq) dan iborat; moslashtiruvchi qurilma optik nurlanishni uzatuvchi muhitdan minimal yo‘qotishlar bilan qabul qilish uchun kerak; moslashtiruvchi qurilma va optik nurlanish qabul qilgichi qabul qiluvchi optik modul (QqOM) ni tashkil etadi;
7) qabul qilish qurilmasining muvofiqlashtiruvchi kurilmasi (MvQ), u QqOM chiqishida signalni KHQUga mos keluvchi ko‘p kanalli signalga aylantiradi;
8) qabul qilish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), teskari aylantirish, ko‘p kanalli signalni alohida tipli kanal va trakt signallariga ajratishni amalga oshiradi.
OA tizimida optik tashuvchini ko‘p kanalli elektr signal bilan modulyasiyalash uchun chastota modulyasiyasi (CHM), faza modulyasiyasi (FM), amplituda modulyasiyasi (AM), qutblangan modulyasiya (QM), intensivlik bo‘yicha modulyasiyalash va modulyasiyaning boshqa turlarini qo‘llash mumkin. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyasiyalash turi ko‘proq qo‘llaniladi. Bunga sabab, modulyasiyaning bu turi keng chastota diapazonida oddiy texnik qurilmalar yarim o‘tkazgich nurlanish manbalari (yorug‘lik diodi, lazer diodlar) uchun bajariladi. Yarim o‘tkazgich manbaning nurlanish intensivligini boshqarish uchun modulyasiyalaydigan elektr signal bilan mos holda injeksiya tokini o‘zgartirish etarlidir. Bu tok kuchaytirgich ko‘rinishidagi elektron sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyasiyasi teskari jarayon optik signalni elektr signaliga aylanish masalasini engillashtiradi. Darxaqiqat, fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor kvadratik asbob hisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining kvadratiga proporsional.
Intensivlik bo‘yicha modulyasiyalangan optik signalni bevosita fotodetektorga berib, osongina uni boshlang‘ich signal ko‘rinishini saqlagan elektr signaliga aylantirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli to‘g‘ridan-to‘g‘ri fotodetektorlash usuli deyiladi.
OOA tizimining uzatuvchi muhitlari yuqorida aytib o‘tilgandek atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin.
Kosmik aloqa tizimlarini loyihalashtirishda asosiy masala bu uzatish va qabul qilish antennalarining o‘lchamlarini mos ravishda to‘g‘ri tanlash orqali yo‘qotishlarni bartaraf etish hisoblanadi.
OOA tizimlarining uzatish va qabul qilish antennalarini aniq yo‘naltirishga qaratilgan yuqori talablar, optik nurlanish manbalarining foydali ish koeffitsientining kichikligi, qabul qilishda shovqin sathining yuqoriligi, atmosfera xarakteristikalarining aloqa sifatiga ta’siri kabi bir qator kamchiliklari sababli ular telekommunikatsiya tarmoqlarida va umumiy foydalanish tizimlarida keng qo‘llanish topmagan.



Download 117,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish