Mashhur iqtisodchi A.Marshall (1925 y.) birinchilar qatorida milliy daromadni hisoblash prinsiplarini ishlab chiqdi. U milliy daromad ko'rsatkichini
quyidagicha ta'rifladi. Mamlakatning kuzatilayotgan davrdagi sof daromadi mamlakatda ishlab chiqarilgan hamma tovarlarning, \izmatlarning va
chet el investitsiyasidan olingan sof daromadlarning yig'indisidan shu tovar va \izmatlarni ishlab chiqarishda ishlatilgan tovarlar va asosiy kapital
amortizatsiyasi qiymatini ayrilganiga teng. Milliy daromadning bu ta'rifi o'tgan davrlarda juda kam o'zgardi va uning o'zagi MHTda hozirgi zamon
talabidan kelib chiqqan holda rivojlantirildi.
Milliy daromad statistikasini va milliy hisobchilik rivojiga angliyalik olim K.Klark va amerikalik iqtisodchi S.Kuznetslar
ham juda katta hissa
qo'shdilar. Ular milliy daromadni hisoblash va MHT schyotlarini tuzish
uslubiga bir qator oydinliklar, aniqliklar kiritdilar. Masalan, K.Klark uy
xo'jaliklarining o'z uylarida turganliklari uchun «shartli ravishda hisoblangan ijara» miqdorini milliy daromad tarkibiga qo'shish kerakligini asoslab
berdi. Bundan tashqari, u inflyatsiya natijasida qiymat o'sishini milliy daromaddan chegirishni va milliy daromadni bozor baholarida hisoblashni
taklif qildi. K.Klark birinchilar qatorida milliy daromad va milliy mahsulot kategoriyalarining farqiga bordi va milliy hisoblarni choraklar mobaynida
hisoblash zarurligini asoslab berdi. Uning bu sohada qilgan ishlari hozirgi zamon milliy hisobchiligida keng ishlatilayapti.
S.Kuznes makroiqtisodiyot va milliy hisobchilik sohasida uning asosiy tushunchalari va qoidalariga muhim takliflar kiritdi. Jumladan, milliy boylik
va milliy daromad kategoriyalariga, davlat boshqaruv idoralarining nobozor xizmatlarini baholash usullariga aniqliklar kiritdi. U, pirovard iste'molni
oraliq iste'moldan farqlash zaruratini va davlat boshqaruv idoralarining ko'rsatayotgan xizmatlarini qay birini pirovard iste'mol yoki oraliq iste'mol
sifatida qarash kerakligini asoslab berdi. Uning fikriga ko'ra, davlat boshqaruv idoralarining aholiga ko'rsatgan xizmatlarining
bevosita foydasi
bo'lgan qismi (meditsina, maorif, madaniyat va san'at sohalari) milliy daromad tarkibiga kiritilishi lozim. Qolgan xizmat sohalarini (militsiya,
havfsizlik
va mudofaa, umumdavlat boshqaruvi) oraliq iste'mol sifatida qarash va bular milliy daromad tarkibiga qo'shilmasligi kerak, degan
g'oyani ilgari surgan. Lekin, uning bu takliflari MHTda inobatga olinmay, davlat boshqaruv idoralarining hamma xizmatlari pirovard iste'mol sifatida
qaraladigan bo'ldi
MHT bo'yicha olimlar fikrlari
Do'stlaringiz bilan baham: