2.2. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi.. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish
Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, ularning harakat shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi. Milliy hisoblar tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi.Hammaga ma’lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan»1 mamlakat edi.1991 yil sentyabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldik.68Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.Makroiqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, xalq xo‘jaligi, yaxlit tarzdagi mamlakat iqtisodiyoti – bular bir-biriga ayniy tushunchalar bo‘lib, ma’lum hududiy chegaralarda tarixan tarkib topgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimini tavsiflaydilar. Milliy iqtisodiyot uni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi tarixiy, tabiiy-geografik, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi.Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollaShuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning er maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning makrodarajadagi o‘zaro aloqasi jamiyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan ob’ektiv jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga tushadi.Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo‘lib alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo‘lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondoShuv;3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;4) makroiqtisodiy nazariya muauyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tuShunish;5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tuShunish.
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, Ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YAMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyasiya va boshqa Shu kabilar hisoblanadi.Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarishni bir zumga ham to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki u bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan turli ishlab chiqarish jarayonlari o‘rtasidagi aloqalarning uzilishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishiga va jamiyat a’zolari ehtiyojlarining qondirilmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko‘proq faqat o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo‘lgan.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, uning hajmi iqtisodiyot taraqqiyotida ahamiyatli o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, milliy mahsulot hajmini aniqlash, uning tarkibi va harakat shakllarini o‘rganish doimiy ravishda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy muammolaridan biri bulib hisoblanadi. Milliy mahsulot turli davrlarda turli malakatlarda turlicha atalib, turlicha hisobga olinishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoqdosh respublikalar, Shu jumladan bizning respublikamizda ham oldingi davrda mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tauyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan.Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun boshqa qator mamlakatlar bilan birgalikda bizning mamlakatda ham hozir milliy hisob tizimiga o‘tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan milliy mahsulot, Ya’ni tovarlar va xizmatlar yig‘indisi yalpi ichki mahsulot deb atala boshlandi. Yalpi ichki mahsulot - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib etadigan barcha tauyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati. YAlpi ichki mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy samarasi bo‘lib hisoblanadi.Oldingi davrlarda ko‘pgina mamlakatlarda, hozir ham ayrim mamlakatlarda milliy mahsulot yalpi milliy mahsulot deb atalib, Shu shaklda hisobga olingan. YAlpi milliy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulotning farqi Shundaki, yalpi milliy mahsulotga har bir mamlakat ichidagi va boshqa turli mamlakatlardagi korxonalarida va qo‘shma korxonalarida vujudga keltirilgan mahsulotlar (Shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi) hisobga olinadi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan mazkur mamlakat hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo‘shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. Yalpi ichki mahsulotda esa mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo‘shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo‘shilib) hisobga olinadi.YAMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. YAlpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.YAlpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan xorijiy mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldig‘iga teng bo‘lgan miqdorga farq qiladi. Ya’ni, YAIM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan keluvchi tuShumlari (omillar bo‘yicha daromadlari) hamda mazkur mamlakatda xorijiy investorlar tomonidan olingan omillar bo‘yicha daromadlar o‘rtasidagi farqni qo‘shilsa YAMM ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
YAIM hududiy jihatdan hisoblanadi. Bu, milliy mansubligidan qat’iy nazar, muauyan mamlakat hududida joylashgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning jami qiymatidir.YAMM – bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylaShuvidan qat’iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati.YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YAIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YAIMdan foydalanishni tavsiya etadi. YAqin vaqtlarga qadar AQSH va YAponiyada YAMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YAIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.Jami ijtimoiy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi farqni aniq tuShunish uchun 3-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.
XULOSA
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. U muayyan davrda rezident va norezidentlar tomonidan mamlakat hududida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini aks ettiradiLekin har qanday yaratilgan tovar va xizmatlar ham YAIM tarkibida hisobga olinmasligi mumkin. Tovar yoki xizmat YAIMda aks ettirilishi uchun u tugallangan bo‘lishi lozim. Masalan, non ishlab chiqarishni olaylik. Faraz qilaylik, fermer xo‘jaligida 1 million so‘mlik bug‘doy yetishtirildi. Yetishtirilgan bug‘doy tegirmonga olib boriladi va u yerda unga aylantiriladi, unning qiymati 1,5 million so‘mni tashkil etsin. U holda bug‘doyni unga aylantirishda qo‘shilgan qiymat 500 ming (0,5 million) so‘m bo‘ladi. Endi, un tayyor non ishlab chiqarish uchun non sexlariga jo‘natiladi, non ishlab chiqarish qiymati 1,8 million deb faraz qilsak, u holda un mahsulotidan non ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 300 ming so‘m (1,8 million-1,5 million=0,3 million yoki 300 ming so‘m)ga teng bo‘ladi. Demak, non ishlab chiqarishda yaratilgan jami qo‘shilgan qiymat 1 million.+ 0,5 million.+0,3 million.=1,8 million. so‘mga teng bo‘ladi.Mana shu tarzda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning qiymatlari hisoblanib, ularning yig‘indisi olinsa, yaratilgan
YAIMning qiymati hosil bo‘ladi. Ushbu usul iqtisodiyotda YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deb ataladi.Milliy iqtisodiyotda YAIMni bosh¬qa usullar yordamida ham hisoblash mumkin. Ulardan biri - daromadlar usulidir. Ushbu usulga ko‘ra, YAIM – mamlakatdagi barcha iqtisodiy birliklar tomonidan olingan daromadlarning yig‘indisidir.Bu nimani anglatadi? Ma'lumki, iqtisodiy birliklar turlicha bo‘lishi mumkin: yollanma ishchilar, tadbirkorlar, sarmoya egalari (investorlar), yer egalari, aksiyadorlar va hokazo. Yollanma ishchilar mehnat haqi ko‘rinishida daromad oladi. Tadbirkorlarning daromad manbai foyda, kapital egalarining daromadi esa foiz ko‘rinishidagi daromadlar hisoblanadi. Yer egalarining daromadi renta va aksiyadorlarning daromadi esa dividend hisoblanadi. Ta'rifga ko‘ra, ushbu daromad turlarining yig‘indisi mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotga teng bo‘ladi.Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning keng tarqalgan usullaridan yana biri - yakuniy iste'mol (xarajatlar) usulidir. Ushbu usulda YAIM uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari, davlatning joriy xarajatlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining joriy xarajatlari, investitsiya xarajatlari va sof eksportning (eksport va import orasidagi farq) yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ushbu usul yordamida aholining xarajatlari va uning tarkibi, investitsion faollik va mamlakatning tash¬qi dunyo bilan aloqalarini iqtisodiy jihatdan baholash mumkin.Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzada ta'kidlaganidek, «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foizga o‘sdi». Bu esa mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan faol ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning natijasidir.
2015 yilda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,5 foizni, qishloq xo‘jaligi 16,6 foizni tashkil etgan. YAIM hajmining ortishi aholi turmush darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Birinchidan, YAIMning ortishi aholi daromadlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili 1 tonna pomidor yetishtirilib, kilosi 1500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, jami daromad 1,5 million so‘mni tashkil etadi. Bu yil esa xuddi shu yer maydonidan pomidor yetishtirishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda 1,5 tonna pomidor yetishtirilib sotilsa, jami daromad 2,25 million so‘mni (pomidor narxi o‘zgarmagan deb olinsa) tashkil etadi.
Ikkinchidan, yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi natijasida byudjetga kelib tushuvchi soliq tushumlari hajmi ortadi. Bu esa davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Uchinchidan, YAIM hajmining ortishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratiladi va aholining ish bilan bandligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |