QUYONLAR POLIZDA O`YINI
O`yinga tayyorgarlik. Polda yoki erda avtomobil pokrishkalaridan doira hosil qilinadi.Doirani diametri 4-5 m bo`ladi. Hamma o`ynovchilar – “quyonlar”- doirani tashqarisida turadilar, o`yinboshi –“qorovul”- polizda doirani ichida turadi.
O`yin tasnifi. O`qituvchining signalidan keyin quyonlar pokrishkani ustidan sakrab-sakrab polizga to`shadilar va orqaga qaytib chiqadilar. qorovul, doira ichiga turib, iloji boricha ko`proq quyonni ushlashga harakat qiladi. Bir necha daqiqadan keyin o`yin to`xtatiladi, qo`lga tushganlar qo`llaringizni yuqoriga ko`taringlar deb aytiladi. O`qituvchi ularni sinab chiqadi va yaxshi o`ynagan o`yinchilardan yangi ona boshi saylanadi.O`yin qaytadan davom etadi.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yini diqqat jasoratni, zexn o`tkirlikni tarbiyalashga yordam beradi. O`yinda tezlik va epchilikni, kuch chidamlikni, sikrovchanlikni rivojlantiradi. O`yindagi asosiy harakat – chap berib yugurish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |