OSHIQ O`YINI
O`yinga tayyorlash. Bu o`yin sport zali yoki maydonchada o`tkazilishi mumkin. Boshlanishdan oldin dastro`molchaga bironta tennis koptogidan kattaroq – oshiq, tosh va xakozo narsani tugib, uni maydonga uloqtirishdan oldin o`ynovchilarga ataladigan sovrin e’lon qilinadi.
O`yinning tavsifi. Boshlovchi maydon yoki zalning bir chekkasida saflanib turgan o`yinchilarga tugunchani ko`rsatib uloqtiradi. O`yin ishtirokchilari otilgan narsani qanday bo`lmasin, boshlovchining qo`liga o`z qo`li bilann olib kelib berishi shart. O`yin qatnashchilari narsani olib kelayotgan o`yinchidan tortib olishga harakat qiladi.
O`yinning pedagogik ahamiyati. Bu o`yin bolalarda diqqat-e’tiborini, sezgirlik va uloqtirish malakalarini tarbiyalaydi. O`yinda bolalarni to`g‘ri koordinatsiyasini, harakat tezligini, va aniq nishonga uloqtirishni rivojlantiradi. O`yinni o`ziga xos harakati-yapaloq toshni nishonga otish.
Do'stlaringiz bilan baham: |