«BO`SH O`RIN» O`YINI
. Boshqaruvchi o`yinchidan boshqa hamma o`yinchilar bir-biridan bir qadam oraliqda aylana hosil qilib turadilar. Boshqaruvchi aylana atrofida yura turib o`yinchilardan birini asta turtadi va u yoxud bu tomonga qarab yuguradi. Qo`l tekkan o`yinchi esa qarama-qarshi tomonga yugurib tezroq o`z o`rnini, ya`ni bo`sh turgan joyni egallab olishga harakat qiladi. Aylana atrofiga yugurib kelib, bo`sh joyni birinchi egallab olgan o`yinchi o`sha erda turib qoladi. Etib kela olmagan o`yinchi boshqaruvchi bo`lib qoladi. O`yin yana davom ettiriladi. YUgurish musobaqasini oyoqda sakrash bilan ham almashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |