PODSHO va VAZIR O`YINI
Bunda 4 ta kichiki qog‘ozga podisho vazir askar o`g‘iri deb yoziladi. Buklab erga sochib yuuboriladi. Uni 4 ta o`yinchi oladi. Kimga nima tushsa, sezdirmay o`zi o`qiydi. \podisho\ yoozuvi tushgan uyinchi \vazir ugirini\ topsin deb buyrik kiladi. vazi ugrini topsa Askar ugirisga jozo beradi. agar topmasa ugri olodigan jazani vazir oladi. Shu tarika uyin dovom etadi.
DO`PPI YASHIRAR O`YINI
O`yinchilar 2 guruhga bo`linib, har bir guruhda 4-5 tadan o`yinchi qatnashadi. Guruhlar 1,5 -2 metr masofada bir –birlariga qarama –qarshi o`tirishadi. Ikkala guruhda ham bittadan do`ppi bo`lib, avval, qaysi guruh o`yinni boshlashi kura tashlab aniqlanadi. O`yinchilardan biri 2guruhga ko`rsatmay do`ppini yashiradi. Bo`ladi deyilgandan so`ng hama qo`lini qo`vishtirib o`tiradi. 2 guruh o`yinchilaridan birortasi do`ppini kim yashirganligini ko`rsatadi. Agar to`g‘ri topsa, guruhga 1 ochko beriladi. Topa olmasa o`sha guruh yutqazgan hisoblanadi. Bu o`yin navbatma-navbat davom ettiriladi va oxirida yutiqlar jamlanib g‘olib guruh aniqlanadi.
«BUTA SOLDI» O`YINI
Bu o`yin qizlar o`rtasida o`ynaladi. Qizlar aylana bo`lib, o`tirishadi. Ulardan biri qo`liga ro`mol olib, orqasidan aylanib o`tadi. Aylana turib, bittasining orqasiga sezdirmay tashlab o`tib ketadi. Agar yana qaytib kelguncha szmasa, uni ro`moli bilan uradi. Agarda sezib qolsa, ro`molni olib (qizlarni) aylantirib uning o`zini quvadi. Etib olsa uradi. Eta olmasa uning o`rniga kelib o`tiradi. Ro`molni olgan o`yinchi o`yinni davom ettiradi.
«BESH TOSH» O`YINI
(qizlar uchun)
Besh tosh oq 4 toshdan yasalgan bo`lib, yumoloq shaklda bo`ladi. O`yin quydagicha bo`ladi.
Beshta toshni ham toshni erga tashlaymiz va bittadan toshni qo`limizga olib, qolgan toshlarni erdan ilib olamiz.
Yana toshlarni erga tashlaymiz bu gall erdan 1 ta olib qolganlarni ikkitalab erdan ilib olamiz.
Yana toshlarni erga tashlab, ulardan birini olamiz va qolganlarini uchtalab ilib olamiz.
Bitta toshni tepaga otib tepadagi toshni ilib olib, bu tosh bilan erdagilarni qo`shib birga ilib olamiz.
Toshlarni erga tashlaymiz, 1 ta toshni qo`lga olib, erdagi yana 1 ta toshni ilib olamiz uchinchi toshni ilib olayotganimizda 1 ta toshni nargi qo`limizga o`tkazamiz, erda qolgan yana 2 toshni ham Shu taxlitda ilib olib, toshlarni hammasini chap qo`limizga olamiz.
Toshlarni erga tashlaymiz. 1 ta bitta toshni qo`limizga olib, yana bitta toshni oldingi olgan toshimizni osmonga otib ilib olamiz 3 tasini ilib olayotganda qo`limizdagi 1 ta toshni tushirib yuuboromiz toshni necha marta tushirib yuboromiz. Toshni necha marta tushirish kerak bo`lsa tushirib yana ilib olamiz.
4 –o`yinni yana qaytaramiz.
Toshlarni erga tashlab ikkita barmog‘imizni (chap qo`lda) dumaloq shaklda qilamizda, bitta toshni ilib, qolgan to`rta dumaloqqa kiritamiz hammasini kiritib bo`lgach dumaloqqa kirgan toshlarni ilib olamiz.
Beshala toshni o`ng kaftimizga qo`yib, toshlarni yuuqoriga otamiz va ung qo`limizni ustiga toshlarni tushiramiz. Nechta tosh tushsa, Shuncha yuutuq (ochka) hisoblanadi.
«QULOQ –CHAKKA» O`YINI
Bu o`yin 4-5 o`yinchi qatnashadi. O`yinchilar kuchda teng bo`lishi kerak. O`yinni kim boshlashi aniqlab olinadi. Bu o`yinchi tik turgan holda o`ng qo`lini o`ng chakkasiga, chap qo`lini esa o`ng qo`ltig‘iga kafti ko`rinadigan qilib qo`yadi va o`yinchilarga qaramay turadi. O`olgan o`yinchilar ketma-ket bir vaqitda uning oldiga kelishadi va ulardan bittasi shu o`yinchining kaftiga kafti bilan uradi va hamma o`yinchi bosh barmog‘ini kursatib turadi. Bu ishora «men urdim»degan ma’noni bildiradi. Agar u urgan o`yinchini topsa, o`sha o`yinchi oldingi o`yinchidek chakkasini ushlab turadi. O`yin Shu tariqa davom ettiriladi. Qaysi o`yinchi ko`p chakkasini ushlab tursa, o`sha o`yinchi yutqazgan hisoblanadi. O`yinchi chakkasini ushlab turgan vaqtda boshqa urayotgan o`yinchilarga qaramasligi shart hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |