ECHKI BOLALAR
O`yin tavsifi. O`yinda 8 – 10 ta o`yinchi qatnashadi. Ulardan biri ona echki bo`ladi. Echki bolalarni qo`l ushlashib aylana shaklida turadilar. Ona echki o`rtada ovqat pishiradi. 1 ta echki bolasi kelib ovqat pisharamiz deb so`raydi. Onasi yo`q birpas o`ynab tur dedi. Birozdan so`ng 2 chi echki bolasi keladi. Onasi pishdi, bor idishlarni yuvib kel dedi. Shunda bola echki idishlarni sindirib qo`yadi. Idishlar sindi deb hamma bolalar baqiradi. Ona echki bolalarni quvib ketadi. Kaysi birining ushlab olsa, o`sha ona echki bo`ladi. O`yin qaytadan boshlanadi.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yinda bolalarni diqqat, sezgirlik malakalarini tarbiyalaydi. O`yin bolalarda chaqqonlik, tezlik, chidamlilik koordinatsiya harakatlarini rivojlantiradi. O`yinning asosiy harakati yugurish hisoblanadi.
«JAMBIL»
O`yinning tavsifi. Bu o`yinda o`quvchilar 2 guruhga bo`linadi. O`yinchilar asosan har ikki guruhda 5 – 6 tadan bo`ladi. 1 chi guruh o`yinchilari bergilangan uzoqlikdan to`pni katakchalar ichiga taxlangan toshchalarga otishadi. Katakchalar ichidagi toshlar 4 ta bo`ladi.
Agar to`p dumalatilganda katak ichidagi toshga tegib toshlar yiqilsa, 2 chi guruh o`yinchilaridan bir o`yinchi jambil atrofida to`p bilan qo`riqlaydi. Agar birinchi guruh o`yinchilari toshlarni kataklarga qo`yish uchun yaqinlashganda, qo`riqlovchi uni koptok bilan ursa, u o`yinchi o`yindan chiqadi. Agar Shu guruh toshlarni kataklarga aniq qo`yib chiqsa bu guruh yutadi. Agar qo`yolmasa ular yutqazadi. O`yindan keyin 2 chi guruh asosiy o`yinda o`ynashadi. O`yin shu tarzda davom etadi.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yinda nishonga uloqtirish malakasini to`pni otishni va mustaqil harakat qilishni rivojlantiradi. O`yin asosiy harakati-koptokchalar ichidagi toshlarni aniq nishonga olish hisoblanadi.
TO`PTOSH O`YINI
O`yinning tavsifi. Bu o`yinda 3 dan ortiq bolalar (7-10) tagacha) qatnashadilar. Ular avval har xil kattalikdagi toshlarni to`pib, ularni ustma-ust qo`yadilar, eng ustiga 1 ta kichgina tosh qo`yib qo`yadilar va o`zlariga ham bittdan yapaloo` tosh oladilar. Erga aylana chizib o`rtasiga boyagi terim toshlarni qo`yib, o`zlari 5-6 mert uzoqlikda turadilar. U erni to`g‘ri chizib qo`yadilar va navbat bilan toshlarni uloqtirib, xaligi toshlarni tarqatishga harakat qiladilar. O`yin davomida bolalar toshlarni uloqtirganda, to`ptosh tarqalib, eng ustidagi kichgina tosh qancha uzoqlikga ketsa oyoq bilan o`lchab u Shuncha ko`p ochko oladi. Omadi Yurishmaganlar esa o`yindan chiqib tomashabin bo`ladilar. G‘olib chiqqan 1 bola tag‘in o`yinni boshlaydi. Bolalar zerikkanlaricha o`ynashlari mumkin.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yinda bolalarni ustma-ust qo`yilgan toshlarni aniq mo`ljalga olish, sezgirlikni tarbiyalaydi. O`yinda o`yinchilarni shaxsiy qiziqishini va o`rtoqlarini kuchini ijobiy baholashni tarbiyalashga yordam beradi. O`yinni o`ziga xos harakati nishonga yapaloq toshni aniq uloqtirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |