"QIDIRIB TOP" O`YINI
O`yinga tayyorlanish. O`yin sport mydonchasida, dam olish boglarida o`tkaziladi.O`yinda to`rtta o`quvchi onaboshi qilib saylanadi.
O`yin tavsifi. O`qituvchi signal bergandan so`ng to`rtta o`quvchi o`yinboshi bo`lib o`girilib yoki bolalarga orqasini o`girib ko`zlarini yumib turgan holda quyidagi so`zni aytadilar.
Oyog‘ingga tagida osh taxta,
Ko`zingga qumu, paxta
Shu so`zni aytib bo`lganlaridan so`ng orqalariga qaramaydilar, qolgan o`yinchilar esa har tomonga tarqalib yashirinib oladilar. Yashirinib olganlaridan so`ng ular turli joylarga, chuqurlarga, butalarga, daraxtlar, predmetlar orasiga yashirinishlari mumkin. Shundan so`ng o`yinbosxilar yashiringan o`yinchilarni maydon o`rtasiga olib keladilar. Agarda yashiringan o`yinchilarni bitta yoki ikkitasini topolsalar, unda o`yinbosxilar o`rtaga chikib biz yengildik deb aytadilar. maydon o`rtasiga olib keladilar
O`yin qoidalari. 1 . Ro`mol boshini siqmaydigan qilib bog‘lanishi lozim. 2 Agar ro`mol adras bo`lmasa, ko`p qatlamlilik bo`lishi shart. 3. Har ikkala tomonda o`ynovchilarining yangi nomlari sir saqlanishi kerak. 4. Chertayotgan o`ynovchi og‘ritmasdan sekin chertishi darkor.
Pedagogik ahamiyati. O`yin bolalarda diqqat- etiborni, sezgirlik qobilyatlarini tarbiyalaydi. O`yin chidamlilik, epchillik, tezkorlik aniq mo`ljal olish sharoitparini rivojlantirishga yordam beradi. O`yinni o`ziga xos harakati sekin bildirmasdan yurishdir.
"URIB QOCHDI" O`YINI
O`yinga tayyorlanish. O`yin yoshlarni chaqqonligini, tezkorlik, oyoq va qo`llarni birday ishlatishga o`rgatadi. O`yin uchun bir dona ko`rpacha 10 m li arqon tayyorlanadi. Guruh yoki komandaga bo`linib o`yinga bo`ladi. O`ynovchilarning hammasida ro`moldan qilingan durra bo`lishi lozim.
O`yin tavsifi. Bir kishi maysa yoki chimzor ichiga yotadi uning ustiga ko`rpa yopilib qo`liga 10m li arqon ushlatib qo`yiladi. Arqonni bir uchi qo`riqlovchini uchida bo`ladi. qo`riqlovchida (ham hakam yoki o`yinboshi vazifasini bajaradi) ham durra bo`ladi. Komandalar navbat bilan yotgan o`ynovchini durra bilan urishga yoki oyoq bilan tepishga harakat qiladilar. Qo`riqlovchi ularni yaqinlashtirmaslikka harakat qiladi, durra bilan uradi yoki oyog‘i bilan tepadi. U kimni durra bilan ursa yoki oyog‘i bilan tepsa shu o`ynovchi ko`rpa ostiga yotqiziladi. Shuning uchun o`ynovchilar yotgan o`ynovchini urib birdan qochishlari, tutqich bermasliklari va belgilangan chegaradan chiqib ketishlari kerak. Komanda a’zolaridan biri qo`lga tushsa, komandalar joylarini almashadilr.
O`yin qoidalari. 1. Ko`rpa ostidagi erga qarab yotadi. 2. Qo`riqchi ham ko`rpa ostidagi o`yinchi ham arqonni qo`yib yubormasliklari kerak. 3. Erda yotgan u yoki bu yokqa siljimaydi. 4. Qo`riqchi faqat o`zining chegarasida urish va tepish mumkin. 5. O`yinchilarga zarb bilan urish va tepishga ruxsat berilmaydi.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yinda bolalarni birday axil bo`lib harakat qilishga, chaqqonlikka, tezkorlik bilan harakat qilishga o`rgatadi. O`yinni o`ziga xos harakati aniq urish va yugurish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |