O`yin qoidalari. 1. Oraliq masofa o`qituvchi tomonidan o`zgartirili-shi mumkin. 2. Koptokni tik turgan, cho`kkallagan holatda otish mumkin.
3. Koptok tekkandan so`ng o`yinchilar joylarini almashadilar.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yinda epchillik, chaqqonlik, tezkorlik, sezgirlik, jasurlik, chidamlilik tarbiyalashga yordam beradi. O`yinni o`ziga xos harakat – yugurish, chap berish, aniq nishonga otishdir.
ANIQ NISHONGA TUSHIRISH
O`yinchi tayyorgarlik. O`yinchilar teng 2-3 komandaga bo`linadi. Komanda qatnashchilari bitta qatordan bo`lib, avtomobil pokrishkalaridan yig‘ilgan minora oldida 3-4 m masofada belgilab qo`yilgan joyda qator bo`lib turadilar.
O`yin tasnifi. O`yinchilarni yoshi va jismoniy tayyorgarligiga bog‘liq ravishda avtomobil pokrishkasi bilan ular orasidagi masofa 2-5 m gacha bo`lishi mumkin. Har bir o`yinchini qo`lida bittadan kichik to`p bo`ladi (voleybol to`pi yoki qum to`ldirilgan haltacha)
O`qituvchining buyrug‘i bilan o`yinchilar o`yinchilar navbati bilan to`pni minorani ichiga tashlaydilar. Vazifani aniq bajargan o`yinchi, chetga chiqib turadi,to`pni minoraga tushiraolmagan o`yinchi esa to`pni olib o`zini qatoriga qayta tashlash uchun borib turadi.Hammadan oldin minorani ichiga to`pni tashlagan komanda o`yinchilari o`yinda g‘olib chiqadi.
O`yining pedagogik ahamiyati. O`yin koptokni otish va ilib olishi malakalarni mustaxkamlaydi va takomillashtiradi.
O`yinda bolalarni, diqqatini, merganligini rivojlantiradi. Kuch chaqqonlik tezkorlik, chidamlikni takomillashtiradi.
QUYONLAR POLIZDA O`YINI
O`yinga tayyorgarlik. Polda yoki erda avtomobil pokrishkalaridan doira hosil qilinadi.Doirani diametri 4-5 m bo`ladi. Hamma o`ynovchilar – “quyonlar”- doirani tashqarisida turadilar, o`yinboshi –“qorovul”- polizda doirani ichida turadi.
O`yin tasnifi. O`qituvchining signalidan keyin quyonlar pokrishkani ustidan sakrab-sakrab polizga to`shadilar va orqaga qaytib chiqadilar. qorovul, doira ichiga turib, iloji boricha ko`proq quyonni ushlashga harakat qiladi. Bir necha daqiqadan keyin o`yin to`xtatiladi, qo`lga tushganlar qo`llaringizni yuqoriga ko`taringlar deb aytiladi. O`qituvchi ularni sinab chiqadi va yaxshi o`ynagan o`yinchilardan yangi ona boshi saylanadi.O`yin qaytadan davom etadi.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yini diqqat jasoratni, zexn o`tkirlikni tarbiyalashga yordam beradi. O`yinda tezlik va epchilikni, kuch chidamlikni, sikrovchanlikni rivojlantiradi. O`yindagi asosiy harakat – chap berib yugurish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |