Mavzuning maqsad va vazifasi: Yoshlar fikri va hoxish irodasidan kelib
chiqib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilgan holda, sog’lom turmush
tarzi, asosida tarbiyalab, yigit va qizlarimizning aql-zakovati, kuch-g’ayratini o’z
tadbir va tanlovlarida namoyon qilishga intilish. Birgina «Kelajak ovozi» ko’rik
tanlovining o’tkazilishi yoshlarimizni xohlagan sohada o’z bilim va hunarlarini
namoyon etishga, uni sinab ko’rishga imkon berish.
5
I. Bob “MILLIY G‟OYA VA MA‟NAVIYAT ASOSLARI”NI
SINGDIRISH USUL VA VOSITALARI.
1.1. O‟quvchilar qalbi va ongiga “Milliy g‟oya va ma‟naviyat
asoslari”ni singdirish usul va vositalari.
O’quvchilar qalbi va ongiga milliy g’oya va mafkurani singdirish va
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni shu asosda tashqil etish bugungi dolzarb vazifadir.
Chunki chetdan bo’layotgan yot mafkuraviy tajovuzlar natijasida ba’zi yoshlar
ongi va tafakkurida cheklanishlar, zararli ta’sirlar sezilmoqda, boqibeg’amlik,
loqaydlik alomatlari paydo bo’lib, ularning boshqa oqimlarga og’ib ketish holatlari
ham uchramoqda. Bularning barchasi ayrim yoshlar qalbida mustahkam e’tiqod,
ongida yuksak dunyoqarash shakllanmaganligi sababli sodir bo’lmoqda. Bunday
noxush holatlarning oldini olish, yoshlarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon
hayot qurish ishiga safarbar etish uchun ularning qalbi va ongiga milliy g’oya va
mafkurani singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ish usullaridan keng foydalanishni talab
etmoqda.
Bugun Prezidentimiz Islom Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlari,
chiqishlaridagi ma’naviy-ma’rifiy mavzuda ilgari surilgan fikrlar asosida to’zilgan
«Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi asosiy manba
bo’lib xizmat qiladi. Ana shu risolaning ma’no-mazmunini tarbiya dasturlariga
singdirish orqali ta’lim-tarbiya mazmunini mustaqil fikrli, yuksak fazilatli, iymon-
e’tiqodli, barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratish lozim.
«Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida ilgari
surilgan g’oyalarni, ma’naviyat asoslarini xalq ta’limiga joriy etish o’quvchilarni
istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalash, ularda yangicha dunyoqarashni shakllantirish
mezonlarini belgilab beradi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar milliy g’oya va mafkura tamoyillaridan kelib
chiqqan holda, yosh avlod qalbi va ongida quyidagi ma’naviy-ruhiy ko’nikmalarni
shakllantirishga xizmat qiladi:
- milliy g’oya va mafkuraga ishontirish;
6
- ma’naviy-ruhiy rag’batlantirish;
- g’oyaviy immunitetni shakllantirish;
- yuksak e’tiqodni shakllantirish;
- ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy islohatlarning mohiyatini
chuqur anglab etish va faol ishtirok etishlariga ko’maklashish.
Boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an’analarimizga, umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy g’oyaga sadoqat ruhida
tarbiyalash, keng fikrli, sog’lom, jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan barkamol,
iqtisodiy islohatlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni hayotga tatbiq eta
oladigan, milliy g’oya va mafkura mustahkam bo’lgan shaxslarni shakllantirishda
ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilishining ahamiyati kattadir.
Bunda «Milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongiga singdirishda
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish» mazmuni quyidagilardan iborat
bo’ladi:
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va
ma’naviy merosi asosida o’quvchilarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
insonparvarlik, iymon-e’tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlarni
shakllantirish;
- o’quvchilarni Vatanga muhabbat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Konstitustiyasi va Davlat ramzlariga amaliy sadoqat ruhida tarbiyalash;
- ma’naviy, aqliy, jismoniy barkamollik, iqtisodiy, huquqiy savodxonlik,
mehnatsevarlik, iste’dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash. «Oila, mahalla,
maktab» konstepstiyasini hayotga tatbiq etish;
- yoshlarimiz ongida ona-vatanga, Buyuk ajdodlarimiz merosi va
xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirib
borish;
- tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma’rifat
maskanlari, muzeylar, ko’rgazmalarga ekskursiya va sayohatlar tashqil etish;
- ota-onalarni ta’lim muassasalariga taklif etish, hokimiyat qoshidagi voyaga
etmaganlar bilan ishlovchi komissiyalar ishida, korxonalardagi maktab hamkorlik
7
kengashlarida, bola ta’lim-tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan yig’ilishlarda, tarbiyaviy
tadbirlarda qatnashish;
- xalqaro terrorizm, diniy ekstremizmning reakstion mohiyatini keng
tushuntirish, ularning yoshlarga ta’sirining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqish hamda uni hayotga tatbiq etish;
- respublikamizda yashovchi turli xalq va millatlar vaqillari o’rtasida do’stlik
va totuvlikni targ’ib qilish va har tomonlama tushuntirish ishlarini olib borish;
- ta’lim – tarbiya jarayonini tashqil etishda vatan va o’z xalqi bilan faxrlanish
, uning buyuk tarixiga hurmat bilan qarash, ularning ulug’’ kelajagini ta’minlash
uchun daxldorlik va javobgarlik tuyg’ularini tarbiyalovchi tadbirlarni amalga
oshirish;
- mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari : «Mustaqillik»,
«Konstitustiya», «Xotira va qadrlash», «O’qituvchilar va murabbiylar»,
«Xalqaro xotin-qizlar», «Vatan himoyachilari» kunlari va boshqa bayramlarning
tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o’tishini ta’minlash;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o’quvchilar ongiga mustaqillik mafkurasi
va milliy g’oyani singdirish;
- pedagog, psiholog, tibbiyot xodimlari, ichki ishlar nazoratchisi, «Mahalla»
faollari, ota-onalar bilan hamkorlikda tadbirlar tashqil etish;
- o’quvchilarni har tomonlama kamol toptirish, sport, badiiy, estetik, texnik,
ekologik, sayyohliq va o’lkashunoslik, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yosh
iqtisodchi, notiqlar, biznesmen, menejerlar tg’garaklariga, huquqiy savodxonlikka
yo’naltiruvchi klublarga, ularning qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab jalb
qilish;
- sportning turli yo’nalishlari bo’yicha o’yinlar, «Umid nihollari», «Barkamol
avlod», «Universiada» musobaqalari va boshqa sport tadbirlarini o’tkazish;
- iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, o’quvchilarning
qobiliyat va mahoratini ochishga keng imkoniyatlar yaratish, turli xil ko’rik-
tanlovlar, musobaqalar, anjumanlar o’tkazish, ta’lim muassasalari faoliyatini
8
muvofiqlashtirish, o’quvchilarning o’z yo’nalishi bo’yicha olgan kasb mahoratini
ochib berishga sharoit yaratish, yoshlarda erkin fikrlash qobiliyatini kengaytirish.
Respublika ommaviy tadbirlarini yuqori darajada tashqil etish, asosan, milliy
g’oyani o’quvchilar ongiga singdirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga
oshirish maqsadida umumta’lim maktablarida quyidagi tadbirlarni o’tkazish
mumkin:
-
Siz qonunni bilasizmi? ko’rik tanlov;
-
Siz tarixni bilasizmi? ko’rik-tanlovi;
-
Konstitustiya-hayotimiz qomusi ko’riktanlovi;
-
«Suv – hayot manbai» ko’rik-tanlovi;
-
-
«Kitobsevarlar» ko’rik-tanlovi;
-
«Ijodkor o’quvchi (o’quvchi)lar» anjumani;
-
«O’zbekiston qo’shiq bayrami »;
-
«Nafosat» yosh qalamkashlar anjumani;
-
«Istiqlol chechaklari» ko’rik-tanlovi;
-
Temir yo’llar orqali «Vatanimiz tarixini o’rganamiz» sayohati;
- Buyuk ipak yo’li marshruti bo’yicha xalqaro yosh velosayyohlar
musobaqasi;
-
«Yoshlar badiiy ijodiyot festivali» va hokazolar.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida targ’ibot-tashviqotda rasmiyatchilikka,
tadbirbozlikka chek qo’yishimiz kerak. Shuni doim yodimizda tutishimiz kerakki,
balandparvoz, chiroyli so’zlar, quruq ma’ruzalar har qanday g’oyani
obro’sizlantiradi. Yoshlar bilan teng muloqotga kirishish, ularning qalblariga
xalqchillik, samimiyat bilan kirish, qanotlantirish, mafkuraviy kurashlar davrida
milliy g’oya tashviqotini jangovar darajaga ko’tarish kerak.
Dunyoda bo’layotgan o’zgarishlar milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirish
orqali ularni hayotga tayyorlashda yangicha innovastion uslublarni ta’lim-tarbiya
jarayoniga tatbiq etib borishni taqozo etmoqda.
9
Ilmiy xulosalarga ko’ra, odamning xotirasida 90 % hollarda – o’zi bajargan
ish, 50 % hollarda – ko’rgani va 10 % hollarda – eshitgani saqlanib qoladi.
Demak, g’oyaviy tarbiyada yoshlarni ko’proq o’zlari bevosita ishtirok etadigan
amaliy mafkuraviy ishlarga jalb qilishimiz kerak. Buning uchun targ’ibot-tashviqot
ishlarining rang-barang, ta’sirchan usullarini joriy qilish lozim.
Yoshlar tarbiyasi ta’lim muassasalarining ustuvor vazifasidir. Shu o’rinda
«Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz, hech kimdan kam bo’lmaymiz ham»
tamoyilining yoshlar tarbiyasida tutgan o’rnini alohida ta’kidlab o’tish joiz.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda o’quvchilar tarbiyasining
asosiy yo’nalishlarini to’g’ri belgilash zarur. Tarbiyaning ijtimoiyligi, tarixiyligi,
umuminsoniy va milliy xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Shu bilan bir qatorda
tarbiya uslublarini takomillashtirib, zamonaviylashtirib borish zarur.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ongli intizom, mas’uliyatlilik, madaniy xulq,
insonparvarlik hislarini hamda fidoyilik, qat’iyatlilik fazilatlarini tarbiyalash zarur.
O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosati jamiyatda yuksak
ma’naviy muhitni qaror toptirishga qaratilgan. Jamiyatni ma’naviy-axloqiy
yangilash milliy taraqqiyot uchun zamin yaratibgina qolmay, unga kuch baxshida
etadi. Shuni e’tiborga olib, o’quvchilarga yangilanayotgan O’zbekistonning
ma’naviy-axloqiy negizlari haqida tushunchalar berib borish lozim.
Davlat va jamoatchilik tashqilotlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi
hamkorlikning asosiy yo’nalishlari va ishlash tizimini yaxshi yo’lga qo’yish
lozim. Bu tizimning samarali ishlashi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |