Milliy g’oyada siyosiy institutlar va mafkuralar xilma xilligi tamoyili



Download 82 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi82 Kb.
#391209
  1   2
Bog'liq
MILLIY G\'OYANING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, RIVOJLANISH MEXANIZMLARI


MILLIY G'OYANING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, RIVOJLANISH MEXANIZMLARI VA VOSITALARI

REJA:



  1. Milliy g‘oyaning rivojlanish mexanizmlari.




  1. Milliy g‘oya ta’sirchanligini oshirish mexanizmlari.




  1. Milliy g'oyaning o'ziga xos xususiyatlari


Milliy g‘oyaning rivojlanish mexanizmlari.

Demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonida demokratiyadagi milliylik va umuminsoniylikning namoyon bo‘lishi. Demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonida demokratiyadagi milliylik va umuminsoniylikning namoyon bo‘lishi - Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratik g‘oyalarni shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Birinchi prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir». Shu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o‘rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an’analarini puxta o‘rganish va o‘zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi.

Har bir jamiyat, davlat o‘zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlaydi. O‘zbekiston ham o‘zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Milliy tarbiya - o‘zlikni asrab-avaylash va saqlab qolish demokratiyaning hususiyatlarini namoyon etish omili - Umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning manfaatlari yo‘lida ko‘pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuni-ladi. Batafsil tahlil qilinganda esa demokratiya - xalqning o‘z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, o‘zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yo‘sindagi harakatlardan himoya qilish ham, fuqarolarning o‘z-o‘zini bosh-qarish shakli ham ekanligi bo‘ladi.

Milliy tarbiyaning bosh maqsadi deganda:

a) eski totalitar mafkuradan ozod;

b) qullik, mute’likni tan olmaydigan;

v) ma’naviy zulmdan ozod;

g) haq-huquqini tanigan;

d) o‘z kuchi, imkoniyatlariga ishongan;

ye) o‘z fikri, qarashiga ega bo‘lib, atrofdagi voqea-hodisalarni xoli-sona tahlil qila oladigan;

j) hirsu havolardan qutulgan, salohiyatli, fidokor, ezgu niyatli shaxslar, komil insonni shakllantirish tushuniladi. 
Milliy tafakkur va milliy ahloqning demokratik ko‘rinishlari - Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo‘nalishda rivojlanib borgan. Demokratiyaning shakllari:

1. Sharqona demokratiya (o‘zida milliy umumbashariy, mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, o‘ziga xos ko‘rinish).

2. Siyosiy demokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlash-tirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish).

3. Ijtimoiy demokratiya (bugungi davr demokratik islohotlar jarayoniga e’tibor) ko‘rinishlari mavjud bo‘lib kelgan.

Xususan, Sharq demokratiyasining bir qator ustuvor jihatlari mavjud: 1) Foyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik (ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma’naviy merosi) negizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) Sharq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «me’yor» tushunchasi aslida demokratik me’yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) Sharqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi Sharqda o‘z xususiyatlariga ega. Sharqda jamoatchilik fikri ham keng rivojlangan.

Milliy g‘oya va ishbilarmonlik, yosh iste’dodlarni qo‘llab quvvatlash, texnika va texnologiyani egallashga bo‘lgan intilishga ehtiyojning zarurligi - Umuman, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikka ma’qul yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Frantsiya (boshqa Yevropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin har biri o‘z milliy ruhi, an’analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e’tiqod udumlar negizida amal qilmoqda.

Mehr-muruvvat, inson qadri va demokratiya - Demokratiya - faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo‘lib qolmay, shu bilan birga xalqning turmush tarzi va uning butun ruhiyati, an’analari, madaniyati, psixologiyasining xususiyatlari hamdir. Demokratiya g‘oyalarini bayon qilish mumkin. Siyosatda demokratiyani yuqoridan «tushirish» mumkin. Lekin bu bilan demokratiya sizu bizning amaliy hayotimizga singmaydi. Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir. Ba’zi davlatlarda bunga erishguncha ko‘plab avlodlar o‘tgan.

Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat ekanligi - Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o‘zaro uyg‘un va bir biri bilan bog‘liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo‘lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, O‘zbekiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo‘lga kiritganda bir - biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.

Demokratik rivojlanish sharoitida milliy g‘oyaning umuminsoniy ahamiyati - Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab yetib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko‘p. Zero, demokratiya - erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o‘z irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bemalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to‘la kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak ma’naviyat egasi bo‘lish, mas’uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas’uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‘liq ekanini har soatda bizga bildirib turadi. Shu bois huquq va burch, erkinlik va mas’uliyat hamma vaqt birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zero, yaxlit bir tizim markazida ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak. O‘zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o‘zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo‘ravonlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xalqimiz asrlar davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi. Bu g‘oya xalqimizni erkinlik va yuksalish ‘allalarida ham, o‘z mustaqilligidan judo bo‘lgan davrlarda ham tark etmadi. Bugungi kunda o‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo‘lib, bu g‘oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini ifodalaydi. Inson muayyan makonda tug‘iladi va hayot kechiradi, shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan sanaladi. Dilida Vatan tuyg‘usi shakllanmagan, kindik qoni to‘kilgan zaminga mehr tuyg‘usi jo‘sh urmagan kishini chinakam Inson deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga inson baxt-saodat uchun tug‘iladi. U ana shu baxt-saodatga o‘zi tug‘ilib-o‘sayotgan Vatanida erishmoqni orzu qiladi. Bu unga o‘z baxt-saodatini yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uyg‘un ko‘rishni anglatadi.

«Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalari shu jihatdan o‘ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi. Ozod Vatan – o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish huquqini to‘la ro‘yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo‘lgan mamlakatdir. Obod Vatan – fuqarolari erkin va ozod yaratuvchanlik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir. Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy nehmatlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir. Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni, ma’naviyatni tiklab, odamlarimiz qalbida milliy g‘urur va iftixor hamda vatan’arvarlik tuyg‘ularini kamol to‘tirishga zamin yaratdi. Shuningdek, mustaqilligimizning o‘ziga xos mafkurasiga aylangan milliy istiqlol g‘oyasi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelgan millatimiz ma’naviyati sarchashmalaridan, butun insoniyat to‘lagan tajriba va qadriyatlardan oziq oladi. Shu ma’noda ushbu g‘oyaning milliy va umuminsoniy jihatlari haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tish joiz. Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz - deb tahkidlaydi prezident Islom Karimov, - milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va tahsirchanligini kuchaytirishdir. Lekin turli qarash va fikrga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning o‘ziga xos maqsadlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oya – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati - barchamiz uchun birdek muqaddas bo‘lishi shart.

Tom ma’noda mana shunday olijanob tuyg‘ular milliy g‘oya va milliy mafkuramizning ma’no-mazmuniga, mana shu yurtda yashaydigan har qaysi insonning hayot dasturiga aylanishiga erishish darkor. Yurtimizda yashab ijod qilgan islom falsafasi namoyondalari - imom BuXoriy, imom At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abulqosim ZamaXshariy, AbduXoliq G‘ijduvoniy, buyuk qomusiy olimlar - Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug‘bek, mutafakkir shoirlar - Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, ulug‘ sarkardalar va davlat arboblari Amir Temur, Bobur, AbdullaXon ijodida va seminar faoliyatlarida erkin, farovon jamiyat g‘oyalari aks etganligi bejiz emas. Shu bilan birga Sharq mutafakkirlari inson’arvar jamiyat qurish g‘oyasini odil shohga bog‘laydilar (Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Bahoviddin Naqshband, Najmiddin Kubro, G‘azzoliy, Bedil va b.)2. Bu kabi mutafakkirlar hokim va Xalq, shoh va saltanat munosabatlarida adolatli ish tutish, davlatni qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning Xalq tomonidan qo‘llanishi kabi ijtimoiy muammolarni ko‘taradilar.3 Bu ozod Vatan, Xalq’arvar tuzum ideallarini asoslash edi.

Tasavvufning ko‘pgina namoyondalari ham o‘z ilmiy va seminar faoliyatlarida erkin jamiyat g‘oyasini ilgari surganlar. g‘asan Basriy, Abdulla Ansoriy, Abulhasan g‘araqoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xo‘ja Ahror Valiy, Ma’dumi Ahzam Kosoniy adolat, haqiqat kuychilari bo‘ldilar. Darhaqiqat, barcha davrlar va xalqlar mutafakkirlari baxt-saodat keltiradigan tuzum haqida orzu qilib kelganlar. Bu haqda ko‘plab mutafakkirlarimiz qarashlari to‘g‘risida ko‘p va xo‘p ga’irish mumkin. Lekin birgina Forobiy qarashlari misolida baxt-saodatga, farovonlikka jamiyat ahli qanday erishadi degan g‘oyaning milliy g‘oyamizda aks etgan jihatlariga to‘xtalib o‘tish joiz.

Forobiy fikriga ko‘ra, har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa ahzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shu ma’noda, Forobiy fikriga ko‘ra, haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan jamiyat fozil jamiyatdir.

Abu Nasr Forobiy o‘zining «Talxisu Navolisi Aflotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») asarida fozil jamiyat kontse’tsiyasini bayon qilishni qonunlar haqida fikr yuritishdan boshlaydi. Buyuk mutafakkirning fikriga ko‘ra, insonning xavfsiz yashashi uchun birgina farovonlikning o‘zi yetishmaydi. Inson jasorati esa tashqi urushdagi jasorat emas, balki odamlarning o‘z illatlari ustidan g‘olib kelib, tinchlikni tahminlashlaridir1. Demak, insonlarning o‘zaro munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan harakatidan farovon jamiyat sari intilishning ilk bosqichi kelib chiqadi.

Forobiyning qarashlariga ko‘ra, «eng mushkul ish - qonunni joriy qilishdir. qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir.» Bugungi huquqiy davlat barpo etish jarayonlarida bu kabi o‘gitlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Ayniqsa uning qonunga hurmat bilan qarashning ahamiyati haqidagi fikrlari ehtiborga molik. Buyuk alloma shunday deb yozadi: «qonunning o‘zi o‘z holicha oliyjanob va yuqori martabali bo‘lishi kerak va uning nomidan hamda u (qonun) haqda nimaiki ga’irilsa ham mo‘htabar hisoblanishi lozim… Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur o‘rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o‘ziga foyda keltiradilar. Aks holda qonundan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi».

Demak, Forobiy har qanday odamda ham tahsinga loyiq insoniy quvvat ham hayvoniy kuch mujassamligini tahkidlagan holda qonun aynan tahsinga sazovor insoniy quvvatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Shaharning hamma aholisiga kelganda, agar ular tahsinga sazovor quvvat kasb etishga kuchlari yetmasa, yo‘l ko‘rsatuvchi qonun sohiblarining adolatlariga bo‘ysunishi kerak bo‘ladi.

Fozil jamiyat haqidagi tasavvurlarni bugungi kunda demokratiya deb nomlanayotgan qadriyatlar tizimiga ko‘p jihatdan mosligini ko‘ramiz. Xususan, demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri bo‘lgan qonunlarni joriy qilish muammosi ham bundan mustasno emas. Uning fikriga ko‘ra, chinakam qonun o‘rnatuvchi yangi qonun qabul qilayotganida mamlakatdagi barcha tabaqalar, avlodlarga, viloyatlar aholisiga baxt-saodat, shod-hurramlik, erkinlik va farovonlik keltirishini hisobga oladi. qonun turli-tuman fehl-atvor hamda xislatlarga ega bo‘lgan odamlar xayrixohlik bilan kutib olishiga arziydigan bo‘lishi zarur.

Ma’lumki, Forobiy fozil jamiyatning asosiy xususiyati deb baxt-saodatga intilishni tushunadi va baxt-saodatga intilmaydigan jamiyatni johil jamiyat deb baholaydi. Baxt-saodat esa oliy darajadagi ezgulik bo‘lib, unga sog‘liq, go‘zallik, boylik kabi qadriyatlar yetaklaydi. Johil va adolatsiz odamlar uchun ezgulik yo‘q va ular baxtga erisha olmaydilar. Ular uchun hatto hayot ham bir kulfatdir. Mutafakkir fikriga ko‘ra, saodatga oqillik va unga hamisha intilib yashash orqali erishish mumkin. Shunday ekan, qonun mustahkam ruh va oqil idrok tarbiyasiga yo‘naltirilgandagina farovonlik tomon yetaklaydi. Demak, rahbar xalq, ommani tarbiyalashga, uning ruhi va idrokini mustahkamlashga harakat qilmog‘i zarur.

Bugungi kunda biz barpo etayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini tahminlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog‘atga keltiradigan birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni shunga xizmat qiladi. Shunga bog‘liq tarzda aytib o‘tish joizki, XX asr boshlarida ozod yurt qayg‘usida yashagan Abdulla Avloniy bu haqda shunday degan edi: «Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi. Insonlar bir daqaqa yasholmas edilar… Alhosil, har bir millatning taraqqiy va taoliysi ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay tartib ila yuritmakg‘a bog‘liqdur… Ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerida, o‘zlari tinch va rohatda umr o‘tkarurlar».

O‘z yurtlarini ozod va obod ko‘rishni orzu qilgan jadid ziyolilar ham tarbiya masalasiga alohida ehtibor qilganlari bejiz emas edi. Yana bir bor Avloniyning Forobiy fikrlariga hamohang fikriga ehtibor beraylik. «har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati – deb tahkidlaydi Avloniy, - yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur».

Ko‘rinib turibdiki, Forobiy va Avloniy turli davrda yashaganliklariga qaramay, odamlarni erkin va farovon jamiyatga tarbiya orqali yetaklashga dahvat qilganlar. Forobiy g‘oyasiga ko‘ra, fozil jamiyat faqatgina odamlar jamoasi borligi uchungina fozil deb atalmaydi, balki adolatli qonunlarga va boshqaruv qoidalariga rioya qilgani, dono rahbarga ega bo‘lishga, odamlarning tahsinga loyiq odatlari va axloqini ro‘yobga chiqarishga shart-sharoit yaratgan jamiyat bo‘lgani uchun ham fozildir. Mamlakatdagi tuzumning go‘zal va yaxshi bo‘lishi xukmdorning bilimdonligi va o‘zga tuzumlardagi farovonlik va boshqa ijobiy jihatlardan xabardorlik bilan bog‘liq degan fikr ham Forobiyni zamonaviy demokratiya nazariyotchilari qatoriga qo‘yishimizga imkon beradi. Buning ustiga, fuqarolik jamiyati haqidagi hozirda ko‘plab bildirilayotgan fikr-muhazalar ham mutafakkirning nazaridan chetda qolmagan. Forobiy mamlakat aholisi xushxulqqa ega bo‘lmagan taqdirda kuchli hokimiyatga ehtiyoj tug‘iladi deb tahkidlaydi. «…hokimiyat ixtiyoriy qabul qilinganda ko‘proq ma’qul va har tomonlama qulay hisoblanadi… johil odamlar ustidan hukmronlik va ularni hokimiyatga bo‘ysundirish haqiqatan to‘g‘ri ish bo‘lishi bilan birga, erkin va mehr-shafqatlilarni bo‘ysundirish o‘ta bema’nilikdir». Darhaqiqat, komil inson ustidan hukmronlikka ehtiyoj yo‘q. Komillikka intiluvchi insonlar faoliyati fozil jamiyatni shakllantiruvchi omillardan biridir.

Mutafakkir fozillar shahrining ziddi bo‘lgan shaharlar (jamiyat) haqida ham fikrlar bildiradiki, bu holat hozirgi zamon jamiyatining ayrim jihatlariga tanqidiy munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Forobiyning ogohlantirishi shundaki, johil jamiyat aholisi baxt-saodatga intilmaydi, baxt-saodat nimaligini bilmaydi ham. Chunki, jahil odam hech qachon baxt to‘magan va baxt-saodatga ishonmaydi ham. Farovonlikka kelsak, jahil odam (haqiqiy obodonlikni bilmasdan) bahzilar nazarida baxtu-davlat bo‘lib ko‘rinadigan o‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol-dunyoni, jismoniy lazzatlarni, xirsu-shahvatni, obro‘, amal, shon-shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o‘ylaydi. Shu nehmatlardan har biri jahil odam nazarida hayotdan maqsad, baxt-saodat bo‘lib ko‘rinadi. Moddiy va ma’naviy nehmatlarning barchasi birgalikda uyg‘unlashgan chog‘dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu nehmatlarning teskarisi – tan kasalliklari, kambag‘alchilik, zavq va lazzatdan ma’rumlik, hurmat va obro‘ning yo‘qligi – baxtsizlikdir. Yolg‘iz jismi talablarini, hirsini qondirish, ishrat, kayf-safoga intilish baxt-saodatni bildirmaydi. Ehtiroslar tizginini jilovlamay, shaxsiy istaklarini tinimsiz qondirishga intilishlar ham shular jumlasidandir. Forobiy shuningdek bir-birlarini maqtashni, ko‘kka ko‘tarish, bir-birlarining oldida yoki begonalar ko‘ziga ulug‘vor, shon-shavkatli bo‘lib ko‘rinishga soxta urinishlarni ham johillikning ko‘rinishi sifatida baholaydi.

Farovonlikka intiladigan jamiyat ahzolarining o‘z g‘oyalari, ixtiyoriy amal qilishga jazm etgan qadriyatlariga sobitligini talab etadi. Forobiy fikriga ko‘ra, fozil jamiyat aholisining nazariy qarashlari va seminar ishlariga nisbatan begona g‘oyalar asta kirib olib, ularning qarashlarini o‘zgartirib yubormasligi kerak. Zero, inson baxt-saodat nimaligini tushungan bo‘lsayu, unga erishishni maqsad qilib olmasa, g‘oya va xohishiga aylantirmagan bo‘lsa, unga nisbatan ozgina bo‘lsada, shavq va zavq sezmasa, istak va mulohazasini, kuch va quvvatini boshqa narsalarga sarflasa, bu qilmishlari noo‘rindir. Insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi. Inson avvalo baxt-saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni o‘ziga g‘oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak. Keyin bu baxt-saodatga olib boradigan amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini bilib olishi zarur. So‘ngra esa baxt-saodatga eritiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim bo‘ladi. Forobiyning ushbu fikrlari bugungi kunda o‘z milliy g‘oyasining pirovard maqsadi sifatida fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko‘zlayotgan jamiyatimizning maqsadlariga hamohang ekanligini anglash mushkul ish emas.

Xullas, farovon jamiyat g‘oyasi mustaqil va barqaror taraqqiyot yo‘liga kirayotgan jamiyatlar uchun ikki hissa qadrlidir. Shu ma’noda uning umuminsoniy jihatlariga, demokratik mohiyatiga ulkan ehtibor berilayotganligi tabiiydir. prezident Islom Karimov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ozod va obod Vatan, demokratik jamiyat qurish jarayoniga davlat siyosati darajasida ehtibor qaratayotganligi ham shundan. Zero, mamlakatimizda farovon, ilg‘or jamiyat barpo etish - maqsad, amalga oshirilayotgan islohotlar - vosita bo‘lib, jamiyatimizda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik o‘z navbatida islohotlar uchun shart-sharoitdir.

Demokratiyani jamiyatning ustuvor qadriyatiga, uning barqaror taraqqiyoti omiliga aylantirish demokratik rivojlanish an’analarini avaylab o‘stirish, jahon xalqlari demokratik an’analarini, adolatli jamiyat orzusi yo‘lida insoniyat to‘lagan tajriba va seminarotni muttasil o‘zlashtirish zarur. Bunda sharqona demokratiya tamoyillari tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ammo, inson tabiati ziddiyatlidir. U boshqalar intilishlariga teskari bo‘lgan intilishlarga ega bo‘lishi va shu vaqtning o‘zida o‘zgalar bilan hamkorlikka moyil bo‘lishi mumkin. Inson tabiatiga xos ana shu qarama-qarshilik uning jamiyatdagi hayoti va hatti-harakatlarini ham belgilaydi. Odamlar bir tomondan shaXsiy erkinlikka intilsalar, ikkinchi tomondan ijtimoiy tenglikni talab qilishga moyil bo‘ladilar. Odamlar o‘z manfaatlarini ko‘zlashlari bilan birga umumiyijtimoiy manfaatlarga ham intiladilar. Ammo bu qarama-qarshi tendentsiyalarni, shaxsiy manfaat bilan jamiyat manfaatlarini qanday qilib muvofiqlashtirish mumkin? Jamiyat bu muammoning yechimiga demokratiya mexanizmlarini ishga solish orqaligina kela oladi. Aynan demokratiya va umumiy manfaatlar vobastaligi ijtimoiy munosabatlarni muvozanatga keltirishga Xizmat qiladi. Demokratiya doimiy qutb - «ziddiyat - kelishuv - birdamlik» orqali o‘ziga yo‘l ochar ekan, kishilarning o‘zaro roziligi, kelishuviga tayanadi. Gap shundaki, demokratiya - bu yolg‘iz o‘z maqsad va talablarini amalga oshirish vositasi bo‘lmay, balki o‘zaro munosabatlarning maqbul qoidalariga rioya etishdir. Umuminsoniy, xususan demokratik qadriyatlarga tayangan milliy istiqlol g‘oyasi ana shu qutbiy intilishlarni muvofiqlashtirish orqali umumiy manfaatlarni o‘zida ifoda etadi.





Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish