Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Milliy g‟oyaning o‟ziga xos xususiyatlari, rivojlanish mexanizmlari va



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

Milliy g‟oyaning o‟ziga xos xususiyatlari, rivojlanish mexanizmlari va 
vositalari 
Reja:  
1.
 
Milliy  g‘oyaning  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Milliy    g‘oyaning  muayyan 
mamlakat yoki xalq maqsadlari va taraqqiyot yo‘li bilan bog‘liqligi.  
2.
 
Milliy  g‘oyani  rivojlantirish  tushunchasi,  ma‘no-mazmuni,  milliy  g‘oya 
rivojlanishining ong va tafakkur, turli xil omillar bilan bog‘liqligi.  
3.
 
Milliy  g‘oya  ta‘sirchanligini  oshirish  mexanizmlari.    ―Fikr  –  g‘oya  – 
mafkura – tizim‖ munosabati. Milliy g‘oya va OAV. 
 
      Mafkura  va  g‗oyalar  tarixiy  taraqqiyotda  yetakchi  mavqelardan  birini 
egallaydi.  Insoniyatning  kо‗p  ming  yillik  о‗tmishi  buni  yaqqol  tasdiqlaydi.  Yer 
yuzida  dastlabki  odamzod  paydo  bо‗lib,  uning  urug‗,  jamoa  yoki  xalq  sifatida 
shakllanishi  rо‗y  bergan  dastlabki  davrlardayoq  ularni  birlashtirib  turadigan 
umumiy  g‗oya  va  mafkuraga  ehtiyoj  tug‗ildi.  Prezidentimiz  Islom  Karimov 
ta‘kidlaganidek:  «Chunki,  mafkura  –  jamiyatda  yashaydigan  odamlarning  hayot 
mazmunini,  ularning  intilishlarini  о‗zida  mujassamlashtiradi»34.  Ma‘ruzada  bu 
holat va zaruriyat turli misollar orqali isbotlanishi lozim. 
   Jamiyat  tarixini  о‗rganish  shuni  kо‗rsatadiki,  ilk  moddiy  va  ma‘naviy 
madaniyat  maskanlarining  kо‗pchiligi  dastlab  Sharqda  shakllangan  va  bu 
insoniyatning  keyingi  taraqqiyoti  uchun  zamin  bо‗lib  xizmat  qilgan.  Xususan, 
qadimgi  Misr,  Vavilon,  Turon,  Eron,  О‗indiston  va  Xitoyda  vujudga  kelgan 
sivilizatsiyalar tarixda muhim о‗rin tutadi. Јadimgi Sharq zamini xalqlari dunyoda 
birinchilardan  bо‗lib  yerga  ishlov  berdilar,  tabiatdan  tanlab  olish  yо‗li  bilan 
madaniy  о‗simliklarning kо‗plab  navlarini  yetishtirdilar.  Ular murakkab  sug‗orish 
inshootlari  va  moslamalarini  yaratdilar,  tarixga  ma‘lum  bо‗lgan  birinchi  suv 
tegirmonlari va objuvozlarni qurdilar, dastlabki uy hayvonlarini qо‗lga о‗rgatdilar, 
ipak  qurti  boqib,  undan  tabiiy  ipak  olishni  kashf  etdilar.  Nihoyatda  murakkab 
me‘morchilik  san‘atiga  asos  soldilar,  tabiat  kuchlari  qarshisida  qanchalik  sabr-
toqatli,  irodali,  о‗tkir  fikrli,  jismonan  baquvvat  va  ruhan  yengilmas  bо‗lishni 
jahonga namoyon etdilar. Shu asnoda xilma-xil g‗oyalarni yaratdilar, ularni amalga 
oshirdilar.  Bu  misollar  xolisona,  «Osiyomarkazchilik»  g‗oyalaridan  xoli  bо‗lgan 
holda, umuminsoniy nuqtai nazardan tushuntirilishi lozim. 
   Mafkuraviy  jarayonlar  tarixiy  va  ijtimoiy  shart-sharoit  bilan  uzviy  aloqador 
bо‗lib,  davrlar  almashuvi  bilan  yangilik  tomon  о‗zgaradi.  Ma‘ruzada  buni 
qadimdan  Turon  va  Turkiston  mintaqasi  deb  nomlangan,  bugungi  kunda  uning 
markazi  hisoblangan  hozirgi  О‗zbekiston  hududida  yuz  bergan  jarayonlar  bilan 
isbotlashga harakat qilish mumkin. 
  Ma‘lumki,  milliy  g‗oya  va  mafkuraning  tarixiy  shakllari  va  kо‗rinishlari 
xalqimizning kо‗p ming yillik о‗tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, 
Sug‗diyona  va  Baqtriyada  ilk  bor  shakllangan,  ajdodlarimiz  tomonidan  bundan 
2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba – «Avesto» kitobida ham ezgulik 
g‗oyalari  ilgari  surilgan.  Yaxshilik  bilan  yomonlik  о‗rtasidagi  azaliy  kurash  aks 
                                                 
34
 
Ислом Каримов. Миллий исти
і
лол мафкураси – хал
і 
эъти
і
оди ва буюк келажакка ишончдир. – «Фидокор» газетаси, 2000 
йил, 8-июн.
 


ettirilgan.  Zardо‗shtiylikning  ezgulik  va  insonparvarlik  haqidagi  qarashlari 
mintaqamizga  islom  dini  kirib  kelgunga  qadar  asosiy  g‗oyalar  edi.  Shuningdek, 
turkiy  xalqlar  о‗rtasidagi  Kо‗k  tangrisiga  (osmon  va  quyoshga)  sig‗inish 
(shamanizm)  va  buddizm  (buddaviylik)  ham  diniy  e‘tiqod  sifatida  zardо‗shtiylik 
bilan yonma-yon yashab keldi. 
  Zardо‗shtiylik  mintaqada  ilk  bor  shakllangan  dastlabki  davlat  birlashmalari: 
Xorazm,  Sug‗diyona  va  Baqtriyada  davlat  dini  darajasiga  kо‗tarildi  va  rasmiy 
mafkura vazifasini ham bajardi. Kushon davlati davriga kelib zardо‗shtiylik bilan bir 
qatorda, buddaviylik ham davlat dini vazifasini о‗tay boshladi. 
Ammo,  Turonning  vaqti-vaqti  bilan  bosqinchilar  hujumiga  uchrab  turishi 
jamiyatdagi  barqarorlikni  izdan  chiqarar  edi.  Miloddan  avvalgi  VI-IV  asrlarda 
Ahmoniy  shohlari,  329-327 yillarda  Aleksandr  Makedonskiyning  bosqinchilik 
yurishlari mintaqada mavjud bо‗lgan mustaqil davlatchilikka ma‘lum muddatga chek 
qо‗yilishiga sabab bо‗ldi. Xalqimiz о‗z mustaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga 
qarshi  yillar  davomida  kurash  olib  bordi.  Mustaqillik  g‗oyalari,  о‗z  milliy 
davlatchiligini tiklash uchun kurash xalqimizning о‗sha paytdagi orzu-umidlari, ta‘bir 
joiz  bо‗lsa,  uning  g‗oya  va  mafkurasini  tashkil  qiladi.  Ularga  asoslangan  xalqimiz 
Kushon podsholigi va Buyuk Turk Xoqonligi kabi ulkan saltanatlarga asos soldilar. 
     Bunda  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  psixologik  ta‘sir  о‗tkazishning 
yangidan  -  yangi  usullaridan  foydalanadilar.  Xususan,  milliy  hayotimizga  xos 
muayyan  xususiyatlarni  ochiqdan-ochiq  qoralash,  yerga  urish  yoki  ayrim  tarixiy 
voqea-hodisalarni  umuman  bо‗lmagandek,  jahon  madaniyati,  ilmu-faniga  ulkan 
hissa  qо‗shgan  ulug‗  allomalarimizni  bizga  aloqasi  yо‗qdek  qilib  kо‗rsatishga 
urinishlar mavjud. 
     Shuningdek,  mintaqa  davlatlari  о‗rtasida  ziddiyatlar  keltirib  chiqarish  va 
jahon  afkor  ommasida  О‗zbekiston  haqida  notо‗g‗ri  tasavvur  tug‗dirishga 
bо‗layotgan intilishlarni hech qachon e‘tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. 
     Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, 
xilma-xil  qarashlarning  mafkura  maydonida  hukmronlik  qilishga  intilishi  tabiiy, 
albatta.  Bunga  e‘tiqod  umumiyligiga  asoslangan  holda  yakka  mafkura 
hukmronligini  ta‘minlash  orqali  jahon  maydonlarini  mafkuraviy  jihatdan  о‗ziga 
qaram  qilishga  bо‗layotgan  xatti-harakatlarni  misol  keltirish  mumkin.  Diniy 
aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar 
ijtimoiy,  milliy  xususiyati,  qaysi  davlatga  mansubligidan  qat‘iy  nazar,  barcha 
musulmonlarning ma‘naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona 
xalifalik  ostida  siyosiy  birlashuvi  g‗oyasini  asoslashga  harakat  qiladi.  Kо‗rinib 
turibdiki,  bu  diniy-siyosiy  ideologiya  diniy  asosda  birlashuv  g‗oyasini  birinchi 
о‗ringa qо‗yadi. U diniy-ma‘naviy zamindagi uyg‗unlik mamlakatlarning iqtisodiy, 
madaniy-ma‘rifiy,  ilmiy-texnik  sohalardagi  hamkorligiga,  ular  salohiyatining 
birlashishiga  va  xalqlar  taraqqiyotiga  yо‗l  ochsa  buning  nimasi  yomon  degan 
savolni  о‗rtaga  tashlaydi.  Yuzaki  qaraganda  bu  gap  tо‗g‗riga  о‗xshaydi.  Bunday 
mafkura  tarafdorlari  о‗z  qarashlarini  aksariyat  hollarda  ana  shunday  «beozor» 
shaklda taqdim etishga harakat qiladilar. 
 
 



Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish