Milliy g‟oyada milliy va diniy bag‟rikenglik tamoyili
Reja:
1.
―Milliy bag‘rikenglik‖ va ―Diniy bag‘rikenglik‖ tushunchalarining
ma‘no-mazmuni. Milliy bag‘rikenglik va ko‘pmillatlilik.
2.
Ko‘pdinlilik,
dinlararo
bag‘rikenglik,
vijdon
erkinligi
kabi
tushunchalarning mazmuni va mohiyati.
3.
Milliy g‘oyaning milliy bag‘rikenglikka zid holatlar, milliy ayirmachilik
va separatizm kabilarning oldini olishdagi ahamiyati.
Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish masalalari O‗zbekistonda titul,
davlatga o‗z nomini bergan millat bo‗lgan o‗zbek-larga alohida mas‘uliyat
yuklaydi. Chunki bu yerda ta‘kidlab ko‗r-satmasak ham jahonda mamlakatga o‗z
nomini bergan millat vakil-lari kam sonli millat vakillariga tazyiq o‗tkazayotgan
davlatlar ho-zir ham uchrab turadi. Bunday holat esa bizning tariximiz va milliy
istiqlol g‗oyamizga butunlay ziddir.
I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: ―Respublika aholisi o‗rtasida ko‗pchilikni
tashkil qiladigan o‗zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‗z milliy
madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot
kechiruvchi kamsonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o‗ziga xos madaniy-
ma‘naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‗zligini namoyon
etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas‘ul
bo‗lishdan ham iboratdir‖.
Davlat o‗zini demokratik davlat deb e‘lon qilgani bilan mil-latlararo
munosabatlar bilan bog‗liq muammolar yo‗q bo‗lib qol-maydi. Huquqlarni
deklaratsiya qilish bilan bir qatorda uni amalga oshirish yo‗lida konkret ishlar
qilinsagina, tenglik real xarakter kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, respublikamizda milliy-mada-niy ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan institutsional asoslar-ning yuzaga kelishi uchun ham tegishli
shart-sharoitlar yaratildi. Millatlararo munosabatlarni yanada takomillashttirshp,
milliy qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom
ettirish hamda milliy-uslubiy yordam berishni yo‗lga qo‗yish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan Respublika baynalmilal
madaniyat markazining tash-kil etilgani fikrimizning isboti bo‗la oladi.
1991 yilda bor-yo‗g‗i 10 tacha bo‗lgan Milliy madaniyatlar mar-kazlari soni
2005 yilning 1 martiga kelib 138 taga yetdi. Ular bu-gungi kunda milliy
qadriyatlarni tiklash yo‗lida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.
Viloyatlar bo‗yicha olinganda Qoraqalpog‗iston Respublikasida -5, Andijon –
5, Buxoroda – 11, Jizzaxda – 5, Qashqadaryoda – 4, Na-voiyda – 7, Namangan – 4,
Samarqandda- 11, Sirdaryoda – 9, Surxon-daryoda – 4, Farg‗onada – 4, Xorazmda
– 2, Toshkent viloyatida – 31, Toshkent shahrida – 23 va respublika miqyosida 13
ta Milliy mada-niyat markazlarida faol ish olib borilmoqda.
Milliy mansublik bo‗yicha olinganda, respublika bo‗yicha 1 ta-dan arab,
belorus, bolgar, boshqird, grek, guruzin, dungan, litva, xi-toy, qrim tatarlari va
qoraqalpoq, 3 tadan polyak va buxoro yaxu-diylari, 4 tadan ozarbayjon va ukrain, 5
tadan arman, nemis, uyg‗ur, tojik, turk va yaxudiy, 6 tadan qirg‗iz va turkman, 9 ta
tatar, 14 ta qozoq, 19 ta rus, 29 ta koreys Milliy madaniyat markazlari faoliyat olib
bormoqda.
Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish bilan bog‗liq tadbirlarni tashkil
etishda ayrim xorijiy ommaviy axborot vosi-talarida quyidagi masalalarga alohida
urg‗u berilayotgani va mamla-katimizdagi real voqelik buzilib talqin
qilinayotganiga e‘tibor berish maqsadga muvofiq:
– Mamlakatimizda tashqi migratsiya jarayonlari barqarorlashgan bo‗lsa-da, u
bilan bog‗liq faktlar buzib talqin qilinmoqda;
– respublikamiz xukumati tomonidan olib borilayotgan ishlar noxolis
baholangan holda, Orolbo‗yi muammosiga milliy tus berish-ga harakat
qilinmoqda;
–O‗zbekistonning go‗yoki qo‗shni davlatlarga hududiy da‘volari mavjudligi
haqida gapirilmoqda;
– milliy g‗oya masalasi faqat o‗zbeklarning g‗oyasi sifatida tal-qin etilmoqda;
– go‗yoki, milliy tillarda axborot maydonining qisqarib borayot-gani haqida
gapirilmoqda. Vaholanki, faktlar buning aksini ko‗rsa-tadi. Birgina misol.
Mustaqillik yillarida televedenieda rus tilidagi efir hajmi 4.4 barobar, boshqa
tillardagi efir hajmi esa 30 barobar o‗sadi.
Bugungi kunda televidenieda o‗zbek, qoraqalpoq va rus tillari-dan tashqari
mamlakatimiz xalqlarining 7 tilida ko‗rsatuvlar olib borilmoqda.
Radioda sodir bo‗lgan o‗zgarishlar bundan ham sezilarlidir. Mustaqillikkacha
jami 6 (o‗zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik va qirim-tatar) tilda eshittirishlar olib
borilgan. Ayni paytda, bu tillar qatoriga qirg‗iz, uyg‗ur, boshqird-tatar tillardagi
eshit-tirishlar ham qo‗shildi.
―Ta‘lim tizimida boshqa millat va elat vakillarning ulushi kamayib
bormoqda‖ degan mutlaqo o‗rinsiz va noto‗g‗ri bo‗lgan ma‘-lumotlar
tarqatilmoqda. Vaholanki, 7 tilda oliy va o‗rta ta‘lim olib borilmoqda. Oliygohlar
talabalarining milliy tarkibi aho-lining umumiy milliy tarkibini aks ettirishi
barobarida qardosh tillarda faoliyat ko‗rsatayotgan 20 dan ortiq fakultet va
bo‗limning 30 foizi mustaqillik yillarida ochildi.
Bundan tashqari, Milliy madaniyat markazlari qoshida ―Yakshan-ba‖
maktablari faoliyat ko‗rsatmoqda. Masalan, polyak, ukrain, grek milliy madaniy
markazlari qoshida tashkil etilgan ―Yakshanba‖ maktablarida tahsil olgan 10 dan
ortiq yoshlar o‗z ona tillarini mu-kammal o‗rganib olib, etnik vatanlari
oliygohlarida o‗qimoqda.
1989 yildagi aholini ro‗yxatga olish 200 mingga yaqin koreys-larning 99 foizi
ona tilida o‗qish va yozishni bilmasligini ko‗rsat-gan edi. Hozirgi kunda koreys
―Yakshanba‖ maktablarida ta‘lim oluv-chilarning 72 foizi koreyslar bo‗lsa, 10
foizini o‗zbeklar, 18 foizi-ni boshqa millat va elat vakillari tashkil etadi.
Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ivrit tili, yahudiy xalqi tarixi,
madaniyati o‗rganila boshlagani ham mustaqillik ber-gan imkoniyat samarasidir.
Millatlararo totuvlik haqida so‗z ketar ekan, mustaqil O‗zbekis-tonda,
xalqning turmush tarzida bag‗rikenglikning barcha ko‗rinish-lari mavjudligini
alohida ta‘kidlash lozim(III. 4-chizma).
Qayd etilgan ayrim fikrlar va dalillar ham respublikamizda amalga
oshirayotgan milliy siyosatning mohiyatini anglab yetishga xiz-mat qiladi. Aynan
shunday siyosat tufayli mamlakatimizda etnik munosabatlarning tenghuquqlilik,
o‗zaro hurmat, do‗stlik va hamkor-likka asoslangan o‗ziga xos sifatiy holati –
millatlararo totuvlik qaror topdi.
Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek: ―alohida g‗urur va iftixor bilan ta‘kidlab
aytmoqchimanki, O‗zbekistonning boyliklari ko‗p, lekin bizning eng katta
boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz, bu – jamiya-timizda hukm surayotgan
tinchlik, millatlararo do‗stlik va hamjihat-likdir‖.
Diniy bag‗rikenglik ozod va farovon Vatan qurishning sharti sifatida.
Mamlakatimizda barcha millat vakillarining tinch va ahil yashashiga o‗zbek
xalqining azaliy diniy bag‗rikengligi, Preziden-timiz va hukumatimizning oqilona
siyosati ham muhim rol o‗yna-moqda.
Yuqorida keltirilgan chizmadan ko‗rinib turibdiki, oilaviy, ham-kasblar,
qarindoshlar, qo‗shnilar, mahalla, millat, millatlar totuvligi kabi bag‗ri kenglikning ham
ko‗rinishlari va namoyon bo‗lishi turlichadir.
Ma‘lumki, diniy bag‗rikenglik (tolerantlik) – xilma xil din-larga e‘tiqod
qo‗ygan kishilarning ezgu g‗oya va niyatlar yo‗lida ham-kor va hamjihat bo‗lib
yashashi, jamiyat ravnaqi yo‗lida mehnat qilishlarini anglatadi.
Insoniyat o‗zini anglagan juda qadim zamonlardan boshlab, nima-largadir
ishonib, e‘tiqod qilib kelgan. Mohiyatiga ko‗ra dinlar ez-gulik g‗oyasiga
asoslangan bo‗lib, yovuz kuchlar azaldan ulardan o‗z maq-sadlari yo‗lida
foydalanishga harakat qilganlar. Natijada mil-lionlab insonlar begunoh qirilib
ketishgan. Inkvizatsiya tufayli minglab kishilar dahshatli qiynoqlar bilan
o‗ldirilgan.
Hozir insoniyat taraqqiyotning shunday bir davrida yashamoqdaki, uning buguni va
kelajagi uchun insonni insonga dushman qiladigan har qanday diniy talqinu, ta‘limotlar
yadro qurollaridan ham xavfliroqdir.
Bizning yurtimizda qadim qadimdan zardushtiylik, buddaviy-lik, xristianlik
va yahudiylik dinlariga e‘tiqod qilgan kishilar ahil yashab kelganlar. Bu asriy
an‘ana hozirgacha davom etmoqda. Diyorimizda turli millat va dinga mansub
kishilar o‗z taqdirlari va farzandlari kelajaklarini O‗zbekiston bilan bog‗lab diniy
bag‗ri-kenglik qilayotganlari haqida Prezidentimiz shunday deydi: ―Bizda mu-rosaning
ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz hududida
islomning o‗lmas va mangu qadamjolari bilan yapon olimi Kato Surxondaryo vohasida
topgan noyob budda madaniyati yodgorliklari, yahudiy yodgorliklari, Buxoroda
nasroniylarning ziyo-ratgohlari bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.
Bugungi kunda shaharlarimizda turli dinlarga mansub muas-sasalar –
musulmonlarning masjidlarini, yahudiy sinagogalarini, katolik va protestant
mazhablarining tarli shaxobchalariga oid ibodatxonalarini ko‗rishingiz mumkin‖.
Ma‘lumki, din ham, mafkura ham, siyosat ham odamlarni ishon-tirishga,
ya‘ni insonning ma‘naviy dunyosiga tayanadi. Shunday ekan, diniy bag‗rikenglik
milliy istiqlolimiz g‗oyasining asosiy shart-laridan biri bo‗lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |