Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Milliy g‟oyada ma‟naviy va moddiy hayot uyg‟unligi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

Milliy g‟oyada ma‟naviy va moddiy hayot uyg‟unligi 
Reja:  
1.
 
Ma‘naviy  va  moddiy    hayot  tushunchalari  ma‘no  mazmuni.    Milliy 
g‘oyaning  ma‘naviy va moddiy hayot uyg‘unligiga asoslanishi.  
2.
 
Moddiy  ehtiyojlarni  insonning  ruhiy  olamiga  qarama-qarshi  qoyish, 
ularning biriga ustunlik berishning samarasiz ekanligi. 
3.
 
Moddiy  va  ma‘naviy  omillarni  o‘zaro  uyg‘unlashtirish,  shu  asosda 
inson, davlat va jamiyat hayotini yuksaltirish masalasi. 
Inson oziq-ovqat, kiyim-kechak, yashash joyga muxtoj. Hayvonot dunyosi ham 
oziq-ovqatga  muxtojlik  sezadi.  Inson  ishlab  chiqarish  orqali  о‗z  ehtiyojlarini 
qondiradi,  hayvonlar  esa  hech  nima  ishlab  chiqarmaydilar.  Insonlarning  moddiy 
ishlab  chiqarish  jarayonlari  va  bu  borada  yuzaga  keladigan  munosabatlarni 
iqtisodiyot fani о‗rganadi.  
 Iqtisod  va  ma‘naviyat  о‗zaro  chambarchas  bog‗liq.  Ma‘naviyatsiz  iqtisod  va 
iqtisodiyotsiz ma‘naviyat yuksak bosqichga kо‗tarila olmaydi. 
Oldin  iqtisodiy  masalalarni,  vazifalarni  hal  qilib,  sо‗ng  ma‘naviyat  bilan 
shug‗ullanish lozim deguvchilar qattiq adashadi va aldanadilar. Bunday yо‗l, usul 
xato va notо‗g‗ridir. 
Iqtisodiyotning  siyosatdan  ustivorligini  yurtboshimiz  Islom  Karimov  bozor 
munosabatlariga  о‗tishning  asosiy  tamoyillaridan  biri  ekanligini  qayta-qayta 
uqtirib  kelmoqdalar.  Bundan  ayrim  kishilar  bizga  mafkura,  siyosat  kerak  emas, 
degan  notо‗g‗ri  xulosaga  kelib  ijtimoiy  fanlarga  nisbatan  notо‗g‗ri  munosabat 
bildira  boshlagan  davrlar  ham  bо‗ldi.  Bu  nо‗noq,  uzoqni  kо‗ra  bilmaydigan 
odamlar  fikri.  Oldingi  ma‘ruzalarimizda  aytganimizdek,  ma‘naviyatsiz  jamiyat 
bо‗lishi  mumkin  emas.  Har  qanday  iqtisodiy  masalalarni  ma‘lum  ma‘naviyat  va 
ma‘rifat sohiblari hal etadilar. Mamlakat qanchalik iqtisodiy rivojlangan bо‗lsa, bu 
mamlakatda  ma‘naviyat  va  ma‘rifat  shuncha  yuksak  bо‗ladi.  Yuksak  ma‘naviyat 
va  ma‘rifatga  ega  bо‗lgan  mamlakatning  iqtisodiy  kuch-qudrati  ham  yuqori 
bо‗ladi.  Demakki,  ma‘naviyati  va  ma‘rifati  yuksak  inson  yurt,  mamlakat,  xalqi 
oldida о‗ziga  yuklatilgan  mas‘uliyatni  chuqur his  etadi.  Shu  yurt,  mamlakat,  xalq 
uchun  halol,  fidokorona  yaratuvchilik,  bunyodkorlik  mehnati  bilan  uning 
yuksaklikka  parvozi  uchun  о‗z  hissasini  qо‗shishi  kerakligini  teran  his  etadi. 
Shunday  qilib,  yuksak  ma‘naviyat  va  ma‘rifat  yuksak  iqtisod,  yuksak  iqtisod  esa 
yuksak ma‘naviyat va ma‘rifat bilan bog‗lanib ketadi. 
Ayrim  kishilar  erkin  bozor  iqtisodi  sharoitida  ma‘naviy-ma‘rifiy  va  axloqiy 
qadriyatlarning  qiymati  tushib  ketadi,  madaniyat  ikkinchi  darajali  narsaga 
aylanadi,  ma‘naviy  qashshoqlik  avj  oladi,  deb  da‘vo  qiladilar.  Erkin  bozor 
iqtisodiyoti  bilan  ma‘naviyatni  bunday  qarama-qarshi  qо‗yish  mutlaqo  о‗rinsiz, 
aksincha  yuqorida  aytganimizdek  ular  bir-birlarini  tо‗ldiradi,  chunki  faqat 
ma‘naviy sog‗lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bо‗lishi mumkin. 
Demak,  ma‘naviyat  va  iqtisod  bir-birini  inkor  etmaydi,  balki  bir-birini 
quvvatlab,  о‗zaro  ta‘sirlanib,  rivojlanib  boradi.  Hozirda  iqtisodiy  islohotlarning 
yangi,  yuqori  bosqichiga  о‗tayotgan  ekanmiz,  demak  ishlab  chiqarish  tarmoqlari 
ishga tushib, iqtisodiy yuksalish yuz beradi. Bu esa fan, madaniyat va ma‘naviyat 
taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir qiladi. 


Yurtboshimiz  Islom  Karimov  aytganidek,  О‗zbekiston  о‗z  yer  osti  boyliklari 
bilan haqli suratda fahrlanadi. Bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining 
deyarli  barcha  elementlari  topilgan.  Hozirga  qadar  2700 dan  ziyod  turli  foydali 
qazilma  konlari  istiqbolli  joylar  aniqlangan.  Ularning  birgalikdagi  qiymati 
mamlakatimiz  va  xorijiy  mutaxassislar  bahosiga  kо‗ra  3,3 trillion  AQSH 
dollaridan ortiqroq baholanayotir. 
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali 
qazilmalar olinmoqda. 
Bir  qator  foydali  qazilmalar,  chunonchi,  oltin,  uran,  mis,  tabiiy  gaz,  volfram, 
kaliy  tuzlari,  fosforitlar,  kaolinlar  bо‗yicha  О‗zbekiston  dunyoda  yetakchi 
о‗rinlardan  birini  egallaydi.  Masalan,  oltin  zahiralari  bо‗yicha  О‗zbekiston 
dunyoda 4-о‗rinda, qazib olish bо‗yicha 7-о‗rinda, mis zahiralari bо‗yicha 10-11-
о‗rinda, uran zahirasi bо‗yicha 7-8-о‗rinda turadi. 
О‗zbekiston  noyob  yoqilg‗i-energetika  resurslariga  ega  ekanligi  bilan  ham 
ajralib turadi. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kub metrga yaqin, kо‗mir - 
2 milliard tonnadan ortiq, 350 million tonnaga yaqin neft zahiralari mavjud. 
О‗zbekistonning  yirik  sanoati  200 tarmoqni  о‗z  ichiga  oladi.  2000 dan  ziyod 
zavod  va  fabrikalarda  juda  kо‗p  sohada  qо‗llaniladigan  mahsulotlar  ishlab 
chiqariladi. 
Respublika  rivojlangan  ichki  transport  va  aloqa  tizimiga  egaligi  bilan  ham 
ajralib  turadi.  Chunonchi,  temir  yо‗llar  tarmog‗i  uzunligi  6700 km,  avtomobil 
yо‗llarining uzunligi 80 ming kilometr. 
О‗zbekiston  qudratli  ilmiy-ma‘naviy  potensialga  ham  egadir.  Respublika 
hududida Fanlar akademiyasi, 120 dan ziyod ilmiy tadqiqot institutlari, 60 dan ortiq 
Oliy  о‗quv  yurtlari  mavjud.  Ilmiy  xodimlar  soni  100 mingdan  ortiq  bо‗lib,  ular 
orasida  200 dan  ortiq  akademik,  2200 ga  yaqin  fan  doktorlari  va  professorlar, 
14600 dan ziyod fan nomzodlari va dotsentlar bor. 
О‗zbekiston  rivojlangan,  kо‗p  tarmoqli  qishloq xо‗jaligiga  egadir.  О‗zbekiston 
qimmatbaho xom ashyo - paxta yetishtiradigan jahondagi eng yirik о‗lkalardan biri 
hisoblanadi.  О‗zbekiston  bu  ekinni  yetishtiradigan  mamlakatlar  orasida  jahonda 
tо‗rtinchi  о‗rinni  va  paxta  mahsulotlarini  eksport  qiladigan  mamlakatlar  ichida 
ikkinchi  о‗rinni  egallaydi.  Har  yili  mamlakat  dalalarida,  bog‗larida  5 million 
tonnagacha meva va sabzavotlar yetishtiriladi. 
О‗zbekistonning mehnatsevar, iste‘dodli va mehmondо‗st xalqi Respublikaning 
chinakam boyligidir. О‗rta Osiyodagi barcha mehnat resurslarining 40% ga yaqini 
О‗zbekiston hissasiga tо‗g‗ri keladi. 
Mustaqillik yillari О‗zbekistonda barqarorlik va tinchlik, fuqarolar osoyishtaligi 
va  millatlararo  totuvlik  saqlanib  turibdi.  Yaxshi  qо‗shnichilik  va  insonparvarlik 
о‗zbeklar tabiatidagi tug‗ma milliy va diniy fazilat hisoblanadi. Barcha zamonlarda 
О‗zbekiston  kо‗p  millatli  davlat  bо‗lib  kelgan  va  kelajakda  ham  shunday  davlat 
bо‗lib qoladi.  
Xullas, yuqorida kо‗rganimizdek juda katta boyliklar mavjudligi, qudratli sanoat 
bazasi, ilmiy va intellektual salohiyat, davlat suvereniteti yangi jamiyat barpo etish, 
О‗zbekistonni  rivojlangan,  gullab  yashnayotgan  davlatga  aylantirish  uchun  zarur 
bо‗lgan iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy, ma‘rifiy asos bо‗lib qoladi. 



Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish