Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Milliy g‟oya – O‟zbekiston xalqining ishonch-e‟tiqodi manbai



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

Milliy g‟oya – O‟zbekiston xalqining ishonch-e‟tiqodi manbai 
Reja:  
1. Jamiyatni erkinlashtirish va davlat qurilishini demokratlashtirishda milliy 
g‘oyaning roli.  
2.  Demokratiya  tamoyillari  tizimida  mafkuraviy  plyuralizmning  ahamiyati. 
G‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni qonuniy-huquqiy boshqarish masalalari. 
3. ―Vatanni sevmoq iymondandir‖ g‘oyasining mazmuni va ahamiyati.  
 
  Mustaqillik  yillarida  shakllanish  yо‗liga  kirgan  milliy  istiqlol  mafkurasi 
xalqimizning  asriy  an‘ana  va  qadriyatlarini,  milliy  о‗zligimizni  о‗zida 
mujassamlashtirib, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari 
hamda  ilg‗or,  taraqqiyparvar  g‗oyalar  bilan  boyitib,  mamlakatimiz  о‗z  oldiga 
qо‗ygan ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks ettiradi. Uning vositasida har 
bir  vatandoshimiz  biz  qanday  jamiyat,qanday  davlat,  qanday  tuzum  barpo 
etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy asoslari nimalardan iborat, 
degan savollarga javob topa oladi. 
Davlatimiz  rahbari  Islom  Karimovning  «О‗zbekistonning  о‗z  istiqlol  va 
taraqqiyot  yо‗li»,  «О‗zbekiston  buyuk  kelajak  sari»,  «О‗zbekiston  XXI  asrga 
intilmoqda» kabi asarlarida hamda kо‗plab ma‘ruza va nutqlarida О‗zbekiston xaqi 
qanday  maqsad sari intilayotgani, qanday  jamiyat barpo etgani ilmiy asosda keng 
va atroflicha yoritib berilgan. 
Ayniqsa,  Prezidentimizning  «О‗zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  asarida 
mustaqil  taraqqiyot  yillarida  orttirilgan  tajribalarga  tayangan  holda,  sobiq  sovet 
tuzumining  og‗ir  asoratlariga  qaramay,  yurtimiz  katta  rivojlanish  yо‗li, 
О‗zbekiston  yangi  asrga  qanday  rejalar  bilan  kirib  borayotgani  asoslanadi. 
Yurtimizda  ma‘no-mohiyatiga  kо‗ra  butunlay  yangi  jamiyat  barpo  etish  va  XXI 
asrning  dastlabki  yillariga  mо‗ljallangan  taraqqiyot  strategiyasining  ustuvor 
yо‗nalishlari kо‗rsatib berilgan. 
Ma‘lumki,  biz qanday  jamiyat  barpo  etmoqdamiz,  degan  masala  mustaqillikka 
erishganimizdan  buyon  dolzarb  ahamiyat  kasb  etib  kelmoqda.  Bu  masala 
Prezidentimizning  mazkur  asarida  ayniqsa  о‗zining  tugal  va  mukammal  ifodasini 
topdi.  Unda  qurilajak  yangi  jamiyatning  ilmiy-falsafiy  konsepsiyasi,  jamiyat 
hayotini  tubdan  isloh  etishning  navbatdagi  strategik  vazifalari  asoslab  berilgan. 
Ana  shu  masalalarni  bajarish  milliy  istiqlol  g‗oyasining  pirovard  maqsadlarini 
belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi. 
Bizning  bosh  strategik  maqsadimiz  –  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon 
hayot,  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  erkin  demokratik  jamiyat  barpo  etishdir. 
Bozor  iqtisodiyoti,  eng  avvalo,  kо‗pmulkchilikka  va  ular  о‗rtasidagi  raqobatga 
tayanadi.  Unda  mulkning  barcha  qonuniy  shakllari  teng  huquqqa  ega  bо‗lib,  bu 
huquq  davlat  tomonidan  kafolatlanadi.  Iqtisodiy  taraqqiyotni  bozordagi  talab  va 
taklif  yо‗lga  soladi  va  boshqara  boshlaydi.  Uni  markazdan  turib  boshqarishga, 
mablag‗  va  fondlarni  rejali  taqsimlashga  hojat  qolmaydi.  Sobiq  sotsialistik 
mamlakatlarning  tajribasi  shuni  kо‗rsatadiki,  markazdan  turib  boshqariladigan 
rejali iqtisodiyot oxir-oqibatda baribir tanazzulga yuz tutadi. 


Kо‗pmulkchilikka  asoslangan  bozor  iqtisodiyotini  joriy  qilish  orqali  yurtimizda 
yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot 
sharoiti  yaratib  berish,  rivojlangan  demokratik  mamlakatlardagi  kabi  kafolatlangan 
turmush  darajasi  va  erkinliklarni  ta‘minlash —  davlatimiz  siyosatining  mazmun-
mohiyatini ifodalaydi. 
Lekin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‗tish va ularni amalda joriy qilishning 
tayyor  andozasi  yо‗q.  Bu  borada  biz  hatto  jahondagi  eng  yuksak  rivojlangan 
mamlakatlar  tajribasini  ham  kо‗r-kо‗rona  qо‗llay  olmas  edik.  Chunki  bizning 
mamlakatimiz  iqtisodiyotining  tarkibiy  tuzilishi,  qazilma  boyliklari  va  iqlim 
sharoiti,  tabiiy  resurslari,  xalqimizning  mentaliteti,  aholi  tarkibi  va  о‗sishi  biror 
mamlakatnikiga  aynan  о‗xshamaydi.  Boshqa  davlatlarda  yaxshigina  samara 
beradigan  taraqqiyot  modeli  bizda  hech  qanday  natija  bermasligi  yoki  aksincha, 
inqirozni  yanada  chuqurlashtirishi  mumkin  edi.  (Masalan,  ayrim  Hamdо‗stlik 
mamlakatlarining  shok  terapiyasi  usulini  qо‗llab,  qiyin  ahvolga  tushib  qolganini 
eslang). 
Shu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va о‗zimizga mos rivojlanish bu 
— ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg‗a borishni taqozo 
etadigan  yо‗ldir.  Milliy  istiqlol  g‗oyasi  ana  shu  yо‗lda  fuqarolarni  birlashtiradi, 
yakdil  va  hamfikr  bо‗lishlariga  xizmat  qiladi.  Jamiyat  taraqqiyotining  ustuvor 
yо‗nalishlarini qat‘iy belgilab olib, asosiy kuch va imkoniyatlarni bir joyga tо‗plab, 
avvalo  ana  shu  ustuvor  yо‗nalishlar  bо‗yicha  taraqqiyotni  ta‘minlash,  islohotlarni 
bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  orqali  bozor  munosabatlariga  asoslangan 
demokratik  odil  jamiyat  barpo  etish  О‗zbekiston  tanlagan  yо‗lning  ma‘no-
mazmunini tashkil etadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish