Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Ozod va  obod  Vatan  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etishdir



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

Ozod va 
obod  Vatan  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etishdir
.  Bu  g‗oya  xalqimizning 
azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma‘no – mazmunini belgilaydi. 
Har  bir  inson  uchun  muqaddas  bо‗lgan  Mustaqillik,  Ozodlik,  Vatan  obodligi, 
shaxsning  erkinligi  va  farovon  hayot  tushunchalari,  yuksak  qadriyatlarni  о‗zida 
mujassam  etadi.  Milliy  g‗oyaning  bosh  maqsadida    ozodlik  sо‗zining  ustuvor  va 
yetakchi о‗rinda turishi mustaqillik barcha orzu-intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz 
va yorug‗ kelajagimizning asosi ekanligidan dalolat beradi. Milliy g‗oyaning bosh 
maqsadi uzviy ravishda uning mohiyatini tо‗ldiradigan, xalqimiz, jamiyatimizning 
bugungi taqdiri va kelajagiga bog‗liq bо‗lgan tub manfaatlarimizni aks ettiradigan 
bir  qancha  g‗oyalarni  taqozo  qiladi.  Milliy  g‗oyaning  bosh  maqsadi 
mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning tub hayotiy maqsadlarini, yashash 
va  kelajak  sari  intilish    yо‗lidagi  say-harakatlarini  ifoda  etadi.  Zero,  bu  dunyoda 
yashayotgan har bir inson yо‗qki,  hech kimga qaram, mute bо‗lmay, ozod va obod 
yashashni, erkin va farovon hayot kechirishni  orzu qiladi, chin yurakdan istaydi va  
ana  shu  maqsadlarni  diliga  tugib  umrguzaronlik  qiladi.  Milliy  g‗oyaning  bosh 
maqsadi mamlakatimizda qonun ustuvorligi, fikrlar xilma xilligi, e‘tiqod erkinligi 
ta‘minlanishi taqozo etadi. Ana shunday huquq va erkinliklar qaror topgandagina 
erkin  va  farovon  hayot  kechirish  sari  yо‗l    ochiladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  Milliy 
g‗oyaning bosh maqsadi fuqarolarning ozod va obod Vatanda yashashlarini о‗zlari 
ta‘min etishlari uchun ham ularning zimmalariga yuksak burch va mas‘uliyatlarni 
ham yuklaydi, ularni Vatan ravnaqini ta‘minlashga, xalq farovonligiga erishishga, 
о‗z  farzandlarini  komil  inson  qilib  tarbiyalashga,  yurt  tinchligini  asrashga  da‘vat 
etadi.  
Asosiy  g‗oyalar    xalqning  mustaqil  taraqqiyot  yо‗lidagi  bosh  g‗oyasidan 
kelib  chiqadi va о‗zining  ma‘no-mohiyati,  falsafasi,  jozibasi bilan bosh  maqsadni 
millat qalbi va ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi.  Bular quyidagilardir: 
Vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi,  xalq  farovonligi,  komil  inson,  ijtimoiy  hamkorlik, 
millatlararo totuvlik, dinlararo bag‗rikenglik. 
Vatan  ravnaqi  g‗oyasi  har  bir  insonga  о‗zi  tug‗ilib  о‗sgan,  kindik  qoni 
tо‗kilgan muqaddas zaminini asrab avaylash, uni kо‗z qorachig‗idek asrash, vatan 
uchun  fidoyi  inson  bо‗lish  mas‘uliyatini  yuklaydi.  Vatan  ravnaqiga  xizmat 
qilmaydigan  g‗oya  hech  qachon  milliy  g‗oya  bо‗la  olmaydi.  Jamiyatda 
tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlat iqtisodiy qudrati 
ortayotgani,  xalq  ma‘naviyati  boyib,  ilm-ziyo  salohiyati  yuksalayotgani  Vatan 


ravnaqining  asosi  bо‗ladi.    Vatan  ravnaqi  avvalo,  uning  farzandlari  kamoliga 
bog‗liq. Shoir aytganidek: 
    Men Vatandan paydo bо‗ldim, 
    Demak men ham Vatanman. 
    Oxir Vatan tuprog‗iga, 
    Qо‗shiluvchi bir jonman.  
Yurt  tinchligi  g‗oyasi    esa  har  bir  inson  uchun  ulug‗  ne‘mat,  ulug‗  saodat 
bо‗lgan  tinchlikni  saqlash,  atrofidagi  voqea  hodisalarga  sergaklik  bilan  qarash, 
ogoh bо‗lish, tinchlikni qadrlashga da‘vat etadi. Zero, tinchlik eng oliy ne‘mat. Bu 
ne‘matni  asray  bilish  har  birimiz  uchun  ham  qarz  ham  farz.    Hech  kim  urushni 
xohlamaydi.  Birgina  ikkinchi  jahon  urushining  о‗zida  50  milliondan  ortiq  kishi 
halok bо‗ldi. Ana shularning ichida  263005 nafar О‗zbekistonliklar bor. 132670 ta 
vatandoshimiz nom-nishonsiz yо‗qoldi. 60452 kishi nogironlar safidan joy oldi. Bu 
о‗tmishda  edi.  199  yilgi    Toshkentdagi  Fevral  voqealarini,  2001  yildagi 
Surxondaryoning  Uzun  va  Sariosiyo  tumanlaridagi  xunrezliklarni,  yoki  2005 
yildagi  Andijon  voqealarini  oling.  Xalqimizning  asl,  zabardast  о‗g‗lonlari 
hayotdan  erta  kо‗z  yumib,  bevaqt  xazon  bо‗ldilar.    Ular  tinchligimizni  asrash 
uchun о‗z jonlarini qurbon qildilar.  Shu bois bugun tinchlikni asrashni har birimiz 
о‗z muqaddas burchimiz deb bilmog‗imiz lozim. 
Xalq  farovonligi  g‗oyasi  quyidagi  qoidaga  asoslanadi:  har  qaysi  inson  va  
oila badavlat bо‗lsa, jamiyat va davlat ham kuchli va qudratli bо‗ladi. Farovonlik 
tushunchasi aslini olganda  bir qadriyat hisoblanadi. Chunki har bir yuksalishning 
zamirida  farovonlik  tushunchasi  yotadi.    YA‘ni,  biror  bir  davlat  chinakkam  
ma‘noda  rivojlangan    mamlakatlar  qatoridan  о‗rin  olishi,  iqtisodiy,  ma‘naviy  va 
siyosiy  jihatdan  baquvvat  bо‗lishi  uchun  avvalo  mazkur  davlat  fuqarolarining 
turmush  darajasi  kо‗tarilib,  tо‗kis  va  farovon  yashashlari  ta‘min  etilgan  bо‗lishi 
kerak.  Insonning  baxt saodatga  erishuvida  ham  farovonlik  eng muhim  omillardan 
hisoblanadi.  
 
О‗zbek  xalqida  «avval  iqtisod,  keyin  siyosat»  degan  naql  bor.  Agar 
odamzotning  qorni  och  bо‗lsa,  shubhasiz  unga  hech  narsa  yoqmaydi.  Qorinni 
tо‗yg‗azish uchun esa avvalambor uning о‗zi harakat qilishi, sо‗nggina unga davlat 
yordam berishi kerak. Albatta bu о‗rinda ishbilarmonlik, tadbirkorlik, har bir ishga 
sidqidildan,  vijdonan  yondashish,  izlanuvchanlik,  aql  va  tafakkurga  tayanib  ish 
yuritish kabi fazilatlar muhim ahamiyat kasb etadi.  
 
Demak,  farovonlikning  manbai  –  aql,  tafakkur,  bilim,  malakadir.  Buning 
uchun  esa  dehqon  о‗z  dalasida,  chо‗pon  о‗z  otarida,  chorvador  о‗z  fermasida, 
ishchi  о‗zining  ishlab  chiqarish  korxonasida,  tadbirkor  о‗zi  tanlagan  sohasida 
fidokorona  mehnat  qilishi  kerak.  Kezi  kelsa,  olim  ham  о‗z  ilmiy  izlanishlarini 
fidokorlik bilan, sidqidildan olib borishi lozim. Har bir kasb sohibi oqilona mehnat 
qilsa, avvalo о‗z farovonligini, sо‗ng oilasining tо‗kisligini ta‘min etadi, albatta bu 
bilan el-yurt farovonligiga ham ulush qо‗shgan bо‗ladi.  
Komil  inson  g‗oyasi  –  odamzotga  xos  eng  yuksak  ma‘naviy  va  jismoniy 
mukammallikni  о‗zida  mujassam  etgan,  uni  hamisha  ezgulikka  undaydigan 
oliyjanob umuminsoniy g‗oyadir. 


Komil  inson  insoniyatning  asriy  orzusi,  idealidir.  Mashhur  faylasuf  Abu 
Nasr  al  Forobiy  komil  inson  haqida  ajoyib  ta‘rif-tavsiflar  keltiradi.  Komil  inson 
bо‗lishi  uchun  odamga  kо‗p  sifat  va  fazilatlar  zarur  ekanligini  uqtiradi.  Ayni 
paytda komil inson haqida sо‗z yurita turib, Alisher Navoiyning mana bu ta‘rifini, 
tо‗g‗rirog‗i maqsadini keltirib о‗tish lozim: « ...dunyoga kelibmizki, kamolot kasb 
etmoq vazifamizdir».  
Ijtimoiy  hamkorlik  g‗oyasi  xilma  xil  fikr  va  qarashlarga  ega  bо‗lgan,  turli 
millat,  irq  va  dinga  mansub  shaxs  va  guruhlarning  umumiy  maqsad  yо‗lidagi 
hamjihatligini    ta‘minlashga  xizmat  qiladi.  Ijtimoiy  hamkorlik  murosa  falsafasi 
bо‗lib, xilma xil fikr va qarashlarga ega bо‗lgan., turli millat, irq va dinga mansub 
shaxs  va  guruhlarning  umumiy  maqsad  yо‗lidagi  hamjihatliklarini,  jamiyatda 
tinchlik, totuvlik, barqaror taraqqiyotni ta‘minlaydi va quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish