utopik (hayoliy) mafkuralar esa - salbiy natija beruvchi vayronkor mafkuralar
sifatida tasniflanadi.
9
Umuman g‗oya va mafkuralarning yuqorida qayd etilgan tasniflarini tо‗liq
e‘tirof etish mumkin. Ammo real, (amaliy) mafkuraning ijobiy natija beruvchi
bunyodkor mafkura sifatida, utopik (hayoliy) mafkuraning salbiy natija beruvchi
vayronkor mafkura sifatida tavsiflanishi biroz bahslidir. Zero, har qanday
bunyodkor yoki vayronkor mafkura ham real (amaliy) bо‗lishi va, shuningdek, hali
amalga oshmagan, hozirgi kunda utopik (hayoliy) sanalgan, mafkuralar ham
bunyodkorlik yoki vayronkorlik mohiyatiga, yо‗nalishiga ega bо‗lishi mumkin.
Ayrim hollarda g‗oya va milliy g‗oya, mafkura va milliy mafkura
tushunchalarining farqlariga yetarli darajada e‘tibor berilmaydi. Xususan, g‗oya
milliy g‗oya ma‘nosida, mafkura esa - milliy mafkura sifatida talqin etiladi. Agar
g‗oya tushunchasi asosan aqliy faoliyat bilan bog‗liq bо‗lsa, milliy g‗oya
tushunchasi milliy his-tuyg‗u, millat mentaliteti bilan uzviy bog‗liqdir. Milliy
g‗oya - halqning qalbidan chiquvchi, uning orzu-umidlarini о‗zida ifoda etuvchi,
xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr-qiymatini yuksaltirishga
undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g‗oya xalqning о‗zligini anglatuvchi, milliy
tuyg‗ularini uyg‗otuvchi, milliy g‗urur va oriyatini qо‗zg‗atuvchi fikrdir. Milliy
g‗oya xalqni uyushtiruvchi, uning qadr-qiymatini tiklovchi, о‗zligini anglatuvchi,
ijodkorlik va yaratuvchanligini rо‗yobga chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini
insonparvarlik yо‗nalishiga yetaklovchi kuch sifatida namoyon bо‗ladi. Milliy
g‗oya vatanparvarlikka, xalqning tarixiy xotirasiga, о‗zligini anglashiga asoslanadi.
Bizning milliy g‗oyamiz millatning, davlatning, yurtning qadr-qiymatini
yuksaltiradi, iqtisodiy, sotsial, siyosiy va ma‘naviy salohiyatini yuzaga chiqaradi,
oriyat va g‗ururini asraydi, istiqbolini belgilaydi, kelgusi taraqqiyot uchun yо‗l-
yо‗riqlar kо‗rsatadi. Milliy g‗oya о‗zbek millatining о‗ziga xosligi nimada
ekanligini asoslab beruvchi ilmiy-nazariy va falsafiy qarashlar sistemasidir.
10
Milliy g‗oyaning fikrlar, g‗oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga
erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va
jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai
nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‗ich bosqichi
sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari
amalga oshirilmoqda.
Bugun mamlakatimizda shakllanish bosqichiga kirib ulgurgan milliy
g‗oyaning bunyodkor g‗oya sifatida namoyon bо‗lib, uning jamiyatni jamiyat,
millatni millat, xalqni xalq qilishdagi о‗rni va ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: