Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi



Download 1,32 Mb.
bet81/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Qadimgi Xitoyda ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar miloddan avvalgi VII asrlarda vujudga kela boshlagan. Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixida Konfusiyning (551-479) g‘oyalari alohida о‘rin tutadi. U qadimiy yozma yodgorliklardan “Qо‘shiqlar kitobi”, “Bahor va kuz” kabi kitoblarni tuzishda qatnashgan. Ilohiy kuchni tan olgan Konfusiy “kishilarning hayoti taqdirga bog‘liq, boylik va ulug‘lik esa Iloh tomonidan beriladi” deb uqdiradi.

Konfusiyning falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy о‘rin tutadi. “Hamma odamlar о‘z tabiatiga kо‘ra bir-biriga о‘xshaydilar, tarbiyaga qarab ular bir-birlaridan farqlanadilar”, “yangini bilish uchun eskini о‘rganish kerak”, “mulohazasiz ta’limot foydasizdir, ta’limotsiz mulohaza bо‘lmaydi” degan fikrlar Konfusiyning axloq haqidagi ta’limotida asosiy о‘rin olgan.

Konfusiy qarashlarida Li degan tushuncha alohida ahamiyat kasb etadi. Li – tartib, qoida degan ma’noni anglatadi. Li bо‘lmasa jamiyat ravnaq topmaydi, tartib-qoida har qanday jamiyat rivojining omilidir. Konfusiy Li tushunchasini hatto ilohiylashtirishgacha borib yetadi.

Qadimgi Xitoydagi yirik falsafiy maktblardan biri daosizm maktabi edi. Dao – qonun, yо‘l degan ma’noni bildiradi. Daosizm maktabining asoschisi Laotszi hisoblanadi (mil.avv. IV asrda yashagan). Daosizm g‘oyalariga kо‘ra, olam moddiy, moddiy dunyo dao qonuniyati asosida tо‘xtovsiz harakat va о‘zgarishda ekanligini qayd etdilar. Daoistlar moddiy dunyoni bilish mumkinligini, bilish sezgilardan boshlanib tafakkur bilan yakunlanishini kо‘rsatib berishga harakat qildilar. Ular bilishdan maqsad olamning mohiyatini, ya’ni daoni bilishdan iborat deb ta’kidladilar.



2. Turon zaminda yuzaga kelgan adabiy yodgorliklarda ham jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy ziddiyatlar aks etgan. Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha bu yerda zardushtiylik va u bilan bog‘liq bо‘lgan dualistik dunyoqarash tarqalgan edi. Zardushtiylik faqat din bо‘lib qolmay, balki о‘sha davrning hukmron mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarning ifodasi sifatida kо‘rina boshlaydi.

Birinchi Prezident I.Karimovning «О‘zbek tom ma’noda bunyodkordir”, degan sо‘zlarida bunyodkorlik boqiy g‘oya sifatida о‘z ifodasini topgan. Bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolardan merosdir. Insoniyat tarixida odamlar ongiga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g‘oyalar urug‘ini sepgan zot, Zardusht yaratgan “Avesto” kitobidagi yuksak g‘oyalar buyuk vatandoshimiz Zardushtning о‘lmas mafkurasi edi.

Qariyb uch ming yil muqaddam – ma’rifat ziyosini jaholat bulutlari qoplab olgan davrda buyuk vatandoshimiz Zardusht yakkaxudolik va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilishni boshlagan edi. Zardusht ta’limotida insonni ezgulikka da’vat etuvchi g‘oyalar markaziy о‘rinni egallaydi.

Ezgulik va yovuzlik kuchlari о‘rtasidagi g‘oyaviy kurash Avestoda ham bayon etilgan. Unda harbiy tо‘qnashuvlar, bosqinchilik, jonivorlarni azoblash, odamlarga adolatsizlik, xiyonat qilish g‘oyalari qoralanadi, osoyishta hayot kechirish, mehnat, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadigan g‘oyalar ulug‘lanadi. Zardushtiylikda yer, suv, havo, tabiat e’zozlanadi, bog‘-rog‘ yaratgan odam ilohiyat rahmatiga uchraydi. Zardushtning bunyodkor g‘oyalari odamlarni tinch-totuv yashashga, halol mehnat qilib, yurtini obod qilishga da’vat etadi.

Avestoda vatanparvarlik g‘oyasi ulug‘lanib, odamlarni barkamol bо‘lishga da’vat etilgan. “Menga barkamol va dinogoh, vatansevar va anjumanaro, ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan qutqaruvchi farzandlar bag‘ishla. Toki ular manzil, shahar, о‘lka va uning nom va ovozini kо‘tarsinlar”.1

Avestoda aks etgan “Ezgu niyat, ezgu sо‘z, ezgu amalni olqishlayman! Niyat, sо‘z va amallar ichidan men qabih andisha, qabih sо‘z va qabih amaldan yuz buraman”,1 degan hikmatli sо‘zlari bugun ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu о‘lmas g‘oyalar keyinchalik paydo bо‘lgan dinlar, jumladan, xristianlik va islom tomonidan ham qabul qilindi. Demak, bu kitob о‘z davrida shakllangan g‘oyalar tizimidan iborat bо‘lgan jamiyat mafkurasi edi.

zardushtiylikdan yangi oqim – moniychilik kelib chiqadi. Bu ta’limotning asoschisi Moniy degan kishi bо‘lib, u 216-217 yillarda Botlda tug‘ilgan, 276 yilda Jundishopur shahrida qatl etilgan.

Moniy ta’limoticha, olamda nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi – yovuzlik mavjud. Ular о‘rtasida abadiy kurash boradi. Pirovard natijada yaxshilik tantanaqilishi, inson о‘z xulqi va butun hayoti bilan yorug‘likning zulmat bilan kurashiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun xizmat qilishi kerak.

Moniy ta’limoti quldorlik davlatiga, shuningdek, hukmron dinga qarshi qaratilgani uchun uning tarafdorlari qattiq quvg‘inga duchor bо‘ldilar.

V asrning oxiri va VI asr boshlarida О‘rta Osiyo va Eronda kuchayib borayotgan zulmga qarshi Mazdak boshchiligida xalq qо‘zg‘oloni kо‘tarildi. Bu harakat ayovsiz ravishda bostirildi. Mazdakning о‘zi esa dahriylikda ayblandi. Lekin mazdakiylikni butunlay yо‘q qilib yuborish mumkin emas edi. Chunki, xalq unda о‘zining kо‘p asrlik orzu-umidlarining amalga oshish yо‘llarini kо‘rar edi.

Mazdakchilar mafkurasi jamoa yerlarini bosib olishga qaratilgan harakatni himoya qilishga qaratilgan edi.

Shunday qilib, Mazdak ta’limotida ijtimoiy zulmga qarshi muqaddas vazifa sifatida talqin etiladi va unga diniy tus beriladi. Mazdakchilar jamoaga asoslangan holda har bir kishi mulkka teng ega bо‘lishi kerak deb hisoblaydi.


Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” risolasida jamiyatni boshqarish tizimi haqidagi ilmiy-nazariy qonuniyatni yaratdi. Forobiyning demokratik jamiyat haqidagi ta'limoti asosida adolat va axloq, qonunchilik g‘oyasi yotadi. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar (ya'ni mamlakat) shunday bo‘ladiki, -deb ta'kidlaydi Forobiy, – shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan va o‘zi tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma'nosi bilan ozod bo‘ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo‘lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo‘ladi”3.

Odil – demokratik jamiyat barpo etish haqida gap borar ekan, A.Temur va temuriylar davriga alohida to‘xtalmoq lozim. Chunki, bu davrda demokratik jamiyat nazariyasi emas, balki uning real voqyelikda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq muhim ilmiy-falsafiy g‘oyalarni uchratishimiz mumkin.

Ma'lumki, XII-XIII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasini mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi shakllanayotgan milliy davlatchilik tamoyillari rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, ma'naviy hayotda, iqtisodiyotning izchil rivojlanishida va ijtimoiy munosabatlarda bu ta'sir yaqqol namoyon bo‘lgan edi. Markaziy Osiyo xalqlarining qattiq jabr-zulm ostiga olinishi, mehnatkash mahalliy aholining qattiq ezilishi, ularga nisbatan zo‘ravonlik siyosati tarixdan bizga ma'lum. Eng ayanchlisi shundaki, ming yillar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meroslar, moddiy meroslarimiz bo‘lgan ilm-fan maskanlari, madrasalar va qiroatxonalar yakson qilinadi. Ana shunday, bir murakkab davrda Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi va Markaziy Osiyoda mustaqil davlatchilik tizimini shakllantirishi mamlakatda ichki nizolarni, mahalliy-xalqqa nisbatan adolatsizlikni bartaraf etishga olib keldi.

Amir Temurning Markaziy Osiyo halqlari tarixida adolatli davlat barpo etishda tutgan o‘rni alohida ahamiyatga molikdir. U markazlashgan yirik davlatga asos solgan buyuk siymodir.

E'tiborli jihati shundaki, musulmonlarga diniy masalalardan ta'lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tavsif, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilganligi sohibqironning demokratik tizimni ijtimoiy hayotga joriy etish uchun ma'naviyat, mafkura va g‘oyaning ahamiyatiga alohida e'tibor qaratganini ko‘rsatadi. Ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga tayangan holda faoliyat yuritish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish o‘sha davr boshqaruvining o‘ziga xos jihatlaridan biri edi. Temur esa, davlatni boshqarishda alohida ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatlarini himoya qilmasdan, davlat tizimining qatlamlariga, har bir fuqaroga tayanadi. ”Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir... Adolat va ozodlik - dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin”4, - deydi Amir Temur.

Markaziy Osiyoda demokratik jamiyat barpo etish va bu jarayonda ma'naviyat, mafkura va milliy g‘oyaning naqadar muhimligi haqidagi ta'limotlar, hozirgi davrda ham nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga molik nazariyalardan hisoblanadi.

Ana shunday yirik mutafakkirlardan Alisher Navoiy o‘z faoliyatida amaliyot bilan nazariyaning birligini mujassam etgan siymolardan biri hisoblanadi.

Alisher Navoiy nazariyotchi va amaliyotchi sifatida xalq hokimiyati va davlat siyosatining adolatga asoslanganligini va uning mafkuraviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, adolatsizlik, fuqarolarning fikrini inobatga olmaslik davlat boshqaruv tizimi tanazzuliga sabab bo‘ladi va pirovard natijada demokratik jamiyat emas, balki jamiyatni jaholatga olib keladi.

A.Navoiy o‘zining shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Mahbub ul – qulub” nomli asarida, “Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arzu dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim”5, – deydi. A.Navoiyning ijtimoiy-falsafiy ta'limotining asosida adolatli jamiyat g‘oyasi yotadi. Adolatli jamiyat esa, kishilarning jamiyat hayotidagi tengligini ta'minlay oladi. Bunday jamiyatga erishishda, nafaqat podshohning adolatliligi, balki kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning yuksak ma'naviyat va mafkura asosida sog‘lom bo‘lishi lozimligiga e'tiborni qaratadi.

Yurtimizga islom dini kirib kelishi bilan adolatli jamiyat haqidagi tarixiy ma'lumotlarning barcha ko‘rinishlarida islom falsafasi, fiqh ilmi arkonlarining qarashlari o‘z ifodasini topgan.

Binobarin, islom dini jamiyatda insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib-tashviq qiladi. Unda, birovlarning haqiga ko‘z olaytirish, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘g‘rilik kabi qabih ishlar bilan shug‘ullanish, fohishabozlik, poraxo‘rlik qattiq qoralanadi. Odamlarni harom-harish yo‘llardan uzoq yurishga, insofli-diyonatli bo‘lishga, o‘zidan yaxshi iz qoldirishga undaydi. tomonidan, “Ko‘hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni o‘z-o‘zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib, yomonlaridan xolos bo‘lishga chorlagan. Har bir alohida insonga, oila, jamoa, mintaqa, bir so‘z bilan aytganda, umumxalqqa rahnamo bo‘lgan. Uni og‘ir-og‘ir sinovlarga bardosh berishga, yorug‘ kunlarga intilib yashashga da'vat qilgan, ishontirgan. Bunday da'vat, o‘z navbatida, odamlarga kuch-quvvat bag‘ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehru oqibatini oshirgan... Asrlar davomida din odamlarni eng ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashishga, hamjihat bo‘lishga undagan”6, deb ta'kidlanishi islomning odil jamiyat qurishda o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Ijtimoiy voqyelikning turli sharoitlarida O‘zbekistonda odil jamiyat, demokratik jamiyat haqidagi nazariyalar va ta'limotlar tarixiga oid misollarning goh unisi, goh bunisi o‘z mohiyatini, ahamiyatini ko‘proq namoyon qilishi mumkin. Ammo bizning nazarimizda, yuqorida ko‘rib chiqqan jihatlar bugungi kunda O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatning tarixiy-nazariy asoslari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi I.Karimov ta'kidlaganidek: “Bugun O‘zbekiston xalqi ulug‘ ajdodlarining an'analarini, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o‘z qo‘liga olib, qaddini rostlab, el-yurtimizda osoyishtalik, barqarorlikni, millatlararo ahillik va fuqarolar totuvligini avaylab-asrab, yangi tarixiy sharoitda kelajagini qurmoqda, milliy davlatchilikni tiklamoqda”7.

Shu o‘rinda, ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan boy rang-barang ijtimoiy-falsafiy, ma'naviy-madaniy, meroslarining tiklanib borishi va xalqimiz hayotiga kirib borishini alohida ta'kidlamoq kerak. Ayniqsa, jahon ilm fani va tafakkuri taraqqiyoti tarixida muhim o‘rin egallovchi ilmiy-falsafiy meros, turli tarixiy davrlarda, xususan, yillar mobaynida yaratilgan ma'naviy meros bilan birga, moddiy madaniyatimizning nodir namunalari ham, o‘zimizga xos bo‘lgan demokratik jamiyatning shakllanishida o‘z o‘rniga egadir. Shunday ekan biz ularni asrab-avaylashimiz kelgusi avlodlarga sog‘-omon yetkazishimiz bizning muqaddas burchimizdir.

Kelajagi buyuk davlatni barpo etish jarayonida o‘zining tub negizlariga asoslangan milliy g‘oyalarimiz O‘zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etish, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, qobiliyat negizida, o‘z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib, millat taraqqiyoti yo‘lida jipslashib bir maqsad sari harakat qilishga zamin bo‘lib xizmat qiladi.


Mustaqillik yurtimizda yashayotgan barcha xalqlar uchun eng ulkan tarixiy burilish davri bо’ldi, tabiiyki, bu davr о’ziga xos asosli g’oyalarning shakllanishini

ham talab qildi. Tarixiy jihatdan zaruriyat, hayotiy ehtiyoj hisoblangan bunday g’oyalar Islom Karimov tomonidan vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik kabi milliy, ayni paytda, umuminsoniy qadriyatlar sifatida asoslab berildi.

Milliy g’oyasining qator muhim tarixiy vazifalari bor:

birinchidan, milliy g’oya aholini, avvalambor, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el – yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bо’lishi zarur;

ikkinchidan, u Vatanimizning shonli о’tmishi, buguni va buyuk kelajagini uzviy bog’lab turishga, о’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yо’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da‘vat qiladigan g’oya bо’lishi kerak;


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish