Bugungi kunda republikamizda 137 ta milliy madaniyat markazlari mavjud bo’lib ular 3 yo’nalishda foliyat olib bormoqda
Har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqasini jonlantirish
|
O’zbekistonni o’zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga sadoqat bilan xizmat qilish
|
O’zbekiston davlatig nom bergan o’zbek xalqi bilan do’stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash, uning tili, madaniyati va tarixini bilishga ktta e’tibor qartish
|
Masalaga mamlakatimiz misolida qaraydigan bo’lsak, bag’rikenglik va millatlararo totuvlikning ta’minlanishi ijtimoiy tarqqiyotning muhim omili sifatida xizmat qilayotganini ta’dilash mumkin. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillaridan biri bo’lgan millatlararo totuvlik va bag’rikenglik g’oyasi mamlakatimiz ta’lim tizimidagi asosiy masalalardan biri sifatida o’rin olgan. O’zbekistonda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining farzandlari maktablarda 7 tilda ta’lim olmoqdalar.
O’zbekiston hududida qadimdan qator millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Millatlararo munosabatlarda uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’pmillatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratdi” deb belgilab qo’yilgan. Mazkur konstitutsiyaviy qoidada O’zbekistonda yashovchi ko’p sonli millat va elatlarga nisbatan o’zaro hurmatda bo’lish, ularning urf-odat va an’analarini rivojlanitishni belgilab qo’yilgan.
Bag’rikenglik o’zgalarning fikri, qarashlari va xatti-haratiga ergashish, ularni to’gridan- to’g’ri qabul qilish kerkligini anglatmaydi. Agar shunday bo’lsa har qanday yot va zararli g’oyalar ayniqsa ekstrimizm va terrorizm, diniy adidaparastlarga ham yon berish kerak degan o’ta xato xulosa kelib chiqadi. Bag’rikenglik ekstrimizga qarshi tushuncha chunki unda zo’ravonlik, og’dirib olishga o’xshash majburlov ko’rinishlari yo’q. Odamlar, turli guruhlar, xalqlar, ijtimoiy guruhlar o’rtasida bir-birini tushunish, ijobiy hamkorlik yo’lidagi faol muosabatlarni bag’rikenglik doirasiga kiritish mumkin. Bag’rikenglik tufayli xilma-xil ko’rinishdagi munosabatlarda umumiylik holati yuzaga keladi. Ya’ni turli millat va din vakillari yagona hududida til va madaniyat nuqatai nazaridan teng turmush kechiradi. Bag’rikenglik har qanday jamiyatda ijtimoiy adaolat va tenglik g’oyalarining qaror topshini ham ta’minlaydi. Shu orqali jamiyat hayotida rang-baranglik kuzatiladi. Hozirgi kunda bunday turfa xillikni jamiyat hayotining barcha javhalarida ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |