Shavkat Mirziyoyev
Inson oziq-ovqat, kiyim-kechak, yashash joyga muxtoj. Hayvonot dunyosi ham oziq-ovqatga muxtojlik sezadi. Inson ishlab chiqarish orqali о’z ehtiyojlarini
qondiradi, hayvonlar esa hech nima ishlab chiqarmaydilar. Insonlarning moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va bu borada yuzaga keladigan munosabatlarni iqtisodiyot fani о’rganadi. Iqtisod va ma‘naviyat о’zaro chambarchas bog’liq. Ma‘naviyatsiz iqtisod va iqtisodiyotsiz ma‘naviyat yuksak bosqichga kо’tarila olmaydi. Oldin iqtisodiy masalalarni, vazifalarni hal qilib, sо’ng ma‘naviyat bilan
shug’ullanish lozim deguvchilar qattiq adashadi va aldanadilar. Bunday yо’l, usul
xato va notо’g’ridir.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligini Islom Karimov bozor munosabatlariga о’tishning asosiy tamoyillaridan biri ekanligini qayta-qayta uqtirirgan. Bundan ayrim kishilar bizga mafkura, siyosat kerak emas, degan notо’g’ri xulosaga kelib ijtimoiy fanlarga nisbatan notо’g’ri munosabat bildira boshlagan davrlar ham bо’ldi. Bu nо’noq, uzoqni kо’ra bilmaydigan odamlar fikri.
Inson hayotini moddiy va ma’naviy turmush tarziga bo’lish mumkin. Ma’naviy ishlab chiqarish sohasiga adabiyot, san’at, musiqa asarlari bilan bir qatorda ilmiy bilimlar, falsafiy ta’limotlat, axloqiy, estetik, siniy, badiiy qashlar taalluqlidir. . Ma’naviy ishlab chiqarish natijasida dastavval obrazalar, g’oyalar, nazariyalar yaratiladi. Ma’naviy sohaning asosini ma’naviy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bu jrayon ong, ya’ni g’yalar, qarashlar tasavvurlar ishlab chiqadi. . Ma’naviy ishlab chiqarish ijtimoiy ongni, ma’naviy qadriyatlarni yaratishdan iboratdir. . Ma’naviy ishlab chiqarish aqliy va intellektual mehnatga asoslanadi. Ma’naviy ishlab chiqarish eng avvalo mehnatning ijodiy xarakterini namoyon qiladigan sohadir.
Oldingi ma‘ruzalarimizda aytganimizdek, ma‘naviyatsiz jamiyat bо’lishi mumkin emas. Har qanday iqtisodiy masalalarni ma‘lum ma‘naviyat va ma‘rifat sohiblari hal etadilar. Mamlakat qanchalik iqtisodiy rivojlangan bо’lsa, bu mamlakatda ma‘naviyat va ma‘rifat shuncha yuksak bо’ladi. Yuksak ma‘naviyat va ma‘rifatga ega bо’lgan mamlakatning iqtisodiy kuch-qudrati ham yuqori bо’ladi. Demakki, ma‘naviyati va ma‘rifati yuksak inson yurt, mamlakat, xalqi oldida о’ziga yuklatilgan mas‘uliyatni chuqur his etadi. Shu yurt, mamlakat, xalq
uchun halol, fidokorona yaratuvchilik, bunyodkorlik mehnati bilan uning yuksaklikka parvozi uchun о’z hissasini qо’shishi kerakligini teran his etadi. Shunday qilib, yuksak ma‘naviyat va ma‘rifat yuksak iqtisod, yuksak iqtisod esa yuksak ma‘naviyat va ma‘rifat bilan bog’lanib ketadi. Ayrim kishilar erkin bozor iqtisodi sharoitida ma‘naviy-ma‘rifiy va axloqiy qadriyatlarning qiymati tushib ketadi, madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanadi, ma‘naviy qashshoqlik avj oladi, deb da‘vo qiladilar. Erkin bozor iqtisodiyoti bilan ma‘naviyatni bunday qarama-qarshi qо’yish mutlaqo о’rinsiz, aksincha yuqorida aytganimizdek ular bir-birlarini tо’ldiradi, chunki faqat ma‘naviy sog’lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bо’lishi mumkin.
Jamiyat ma’naviy hayotining negizini ma’naviy faoliyat tashkil etadi. Ma’naviy faoliyat deganda insonning aqliy, jismoniy, tashkilotchilik va boshqa hatti-harakatlari majmui tushuniladi. Ma’naviy faoliyat ma’naviy qadriyatlarni yaratishga yo’naltirilib, san’at asrlari, falsafa, ilmiy tadqiqotlar o’z ifodasini topadi. Ma’naviy faoliyat aqliy, ijodiy mehnat bilan shug’ullanadigan alohida olingan inson yoki kishilar guruhiga xos xususiyatdir.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: eng avvalo kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar. Moddiy hayotning eng muhim jihatlaridan biri bu moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish munosabatlaridir
Demak, ma‘naviyat va iqtisod bir-birini inkor etmaydi, balki bir-birini quvvatlab, о’zaro ta‘sirlanib, rivojlanib boradi. Hozirda iqtisodiy islohotlarning yangi, yuqori bosqichiga о’tayotgan ekanmiz, demak ishlab chiqarish tarmoqlari ishga tushib, iqtisodiy yuksalish yuz beradi. Bu esa fan, madaniyat va ma‘naviyat taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir qiladi. Islom Karimov aytganidek, О’zbekiston о’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda fahrlanadi. Bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari istiqbolli joylar aniqlangan. Ularning birgalikdagi qiymati mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislar bahosiga kо’ra 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotir.
Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bо’yicha О’zbekiston dunyoda yetakchi о’rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bо’yicha О’zbekiston dunyoda 4-о’rinda, qazib olish bо’yicha 7-о’rinda, mis zahiralari bо’yicha 10-11- о’rinda, uran zahirasi bо’yicha 7-8-о’rinda turadi. О’zbekiston noyob yoqilg‗i-energetika resurslariga ega ekanligi bilan ham ajralib turadi. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kub metrga yaqin, kо’mir - 2 milliard tonnadan ortiq, 350 million tonnaga yaqin neft zahiralari mavjud. О’zbekistonning yirik sanoati 200 tarmoqni о’z ichiga oladi. 2000 dan ziyod zavod va fabrikalarda juda kо’p sohada qо’llaniladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Respublika rivojlangan ichki transport va aloqa tizimiga egaligi bilan ham ajralib turadi. Chunonchi, temir yо’llar tarmog’i uzunligi 6700 km, avtomobil yо’llarining uzunligi 80 ming kilometr. О’zbekiston qudratli ilmiy-ma‘naviy potensialga ham egadir. Respublika hududida Fanlar akademiyasi, 120 dan ziyod ilmiy tadqiqot institutlari, 60 dan ortiq Oliy о’quv yurtlari mavjud. Ilmiy xodimlar soni 100 mingdan ortiq bо’lib, ular orasida 200 dan ortiq akademik, 2200 ga yaqin fan doktorlari va professorlar, 14600 dan ziyod fan nomzodlari va dotsentlar bor. О’zbekiston rivojlangan, kо’p tarmoqli qishloq xо’jaligiga egadir. О’zbekiston qimmatbaho xom ashyo - paxta yetishtiradigan jahondagi eng yirik о’lkalardan biri
hisoblanadi. О’zbekiston bu ekinni yetishtiradigan mamlakatlar orasida jahonda tо’rtinchi о’rinni va paxta mahsulotlarini eksport qiladigan mamlakatlar ichida ikkinchi о’rinni egallaydi. Har yili mamlakat dalalarida, bog’larida 5 million tonnagacha meva va sabzavotlar yetishtiriladi. О’zbekistonning mehnatsevar, iste‘dodli va mehmondо’st xalqi Respublikaning chinakam boyligidir. О’rta Osiyodagi barcha mehnat resurslarining 40% ga yaqini О’zbekiston hissasiga tо’g’ri keladi.
Mustaqillik yillari О’zbekistonda barqarorlik va tinchlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlik saqlanib turibdi. Yaxshi qо’shnichilik va insonparvarlik о’zbeklar tabiatidagi tug’ma milliy va diniy fazilat hisoblanadi. Barcha zamonlarda О’zbekiston kо’p millatli davlat bо’lib kelgan va kelajakda ham shunday davlat bо’lib qoladi. Xullas, yuqorida kо’rganimizdek juda katta boyliklar mavjudligi, qudratli sanoat bazasi, ilmiy va intellektual salohiyat, davlat suvereniteti yangi jamiyat barpo etish, О’zbekistonni rivojlangan, gullab yashnayotgan davlatga aylantirish uchun zarur bо’lgan iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy, ma‘rifiy asos bо’lib qoladi.
O‘zbekistonda quyidagi muvaffaqiyatlarga erishildi: birinchidan, jamiyatda iqtisodiy va ma'naviy omilni uyg‘un qabul qilish immuniteti shakllandi; ikkinchidan, iqtisodiy va ma'naviy uyg‘unlikdagi mustahkam baza yaratildi; uchinchidan, inson va jamiyat hayotida iqtisodiy va ma'naviy omillarning uyg‘unligi zarurat ekanligi milliy tajribadan o‘tdi.
Keltirilgan misollardan ma'lum bo‘ladiki, iqtisodiy va ma'naviy omillarning uyg‘unligi dialektik zaruratdir. Shu ma'noda quyidagi ikki jihatga diqqat qilish lozim:
1. Iqtisodiy omil ustuvor bo‘lib, ma'naviy omil ikkinchi darajada bo‘lsa:
insonning ma'naviy-ruhiy dunyosi qashshoqlashadi;
jamiyatda ijtimoiy muhit muvozanati buziladi;
davlatning byurokratik roli oshadi;
xalq ongida bir yoqlama fikrlar, qarashlar va tushunchalar shakllanadi;
istiqbolli rivojlanish shubha ostida qoladi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |