Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari deb, uning shakllanish xususiyatlari va amal qilish usullarini imkoniyatlari va yo‘llarini belgilab beradigan yo‘nalishlarga aytiladi. Bunday yo‘nalishlar ko‘p va har biri keng qamrovlidir. Milliy g‘oya quyidagi asosiy tamoyillarga ham asoslanadi:
mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning hududiy yaxlitligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlashga yordam berish;
qonunning ustuvorligi, demokratiya va o‘z-o‘zini boshqarishning hayotda mustahkam o‘rin egallayotganiga asoslanganlik;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga tayanish;
xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi;
davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanishi;
o‘tish davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi;
jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning tadrijiylik tamoyillariga xizmat qilishi.
O‘zbekiston ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makon, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatning eng ko‘hna o‘choqlaridan biridir.
Bu zaminda jahonni hayratga solgan buyuk svilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub qadriyat va an’analar shakllangan. Qadimgi yunon faylasufi Geraklit bu yurtni «falsafiy tafakkurning beshigidir» deb e’tirof etgan.
Ta’lim–tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi komil inson tarbiyasidir. Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi, davlat va jamiyat nazoratidagi umummilliy masaladir. Ta’lim va tarbiya bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan uyg‘unlikda olib borilishi lozim.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Milliy ong, milliy iftixor, milliy tafakkur, Milliy g‘oya ta’limining asosiy ustuvor yo‘nalishlari, axloq, axloqiy ong, axloqiy hissiyot va axloqiy hatti-harakatlar, axloq tuzilmasi , ma`naviy-axloqiy g‘oyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari, urf-odat, an’ana va marosimlar, ma’rifat, ta’lim tarbiya, diniy qadriyatlar, axloqiy fazilatlar, madaniy yodgorliklar, osori atiqalar, qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy meros va tarixiy xotira, san’at va milliy adabiyot asarlari.
MAVZUNI O‘ZLASHTIRISH YUZASIDAN SAVOLLAR:
Milliy g‘oya ta’limining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini sanab bering.
Axloq tuzilmasi qanday tushunchalarni qamrab oladi?
Axloqiy qadriyatlarga misol keltiring...
Sharq va G‘arbda axloqiy tamoyillarga munosabat...
Inson hayotida ma’naviy axloqiy g‘oyalarning qanday ahamiyati bor?
Jamiyat hayotida-chi?
Nima uchun bugungi kunda mamlakatimizda umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan boyitilgan ta`lim tizimini shakllantirish zarur?
Xalqimizning milliy ma’naviy qadriyatlarining tarkibiy qismlarini sanab bering...
5-mavzu:“Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitushda shaxs xususiyatlarini hisobga olish” mavzusidagi ma’ruza bayoni:
Reja:
Dars davomida bugungi kunda erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashning dolzarb muammolari
Milliy g‘oya va ma’naviyat ta’limida shaxs manfaatlari ustuvorligi
Milliy g'oya va ma’naviyat asoslari darslarida fuqarolik burchiga itoatkorlikni shakllantirish masalalari
Do'stlaringiz bilan baham: |