Ikkinchi masalaning bayoni: Talaba – yoshlarga milliy g’oya tushunchalari uning bosh va asosiy g’oyalari tushunchalarini singdirish borasida interfaol uslublarni qo’llashning bir qancha turlari mavjud. Bunday uslublardan foydalanish o’qituvchidan o’z ustida ijodiy ishlash, yangiliklardan doimiy xabardor bo’lish bilan birga talaba – yoshlar bilan yanada yaqinroq muloqotda bo’lish va talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Shunday usullardan biri “klaster” usulidir. Bu usulning asosiy vazifasi talabalardan o’rganilayotgan pedagogik jarayonni, yangi mavzuni qismlarga ajratish orqali o’zlashtirishga yo’naltiradi. Mavzu boyicha fikr –mulohazalarni erkin bayon etish malakalarini oshirishga yordam beradi. Bu usulda biror – bir mavzu yoki matn tanlanib talaba - yoshlarning diqqatini aynan shu mavzuga qaratish yuzasidan markazga yoziladi. Talabalar mavzuga oid barcha fikrlarini markazining atrofiga joylashtiradi. Firlar bayon etilgandan keyin har bir fikr yoki so’zlarni toifalarga ajratib chiqadilar: Milliy istiqlol g’oyasi: bosh g’oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish; asosiy g’oyalari – vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik.
Amaliy mashg’ulot yoki seminar darsi davomida talabalarga topshiriq berish mumkin: milliy g’oyaning asosiy g’oyalariga doir fikrlaringizni aytib bering. Shunga doir xalq maqollarini keltiring va ma’nosini izohlang.
Mavzu boyicha klaster usulidan foydalanish oxir – oqibatda yangi bilimlarni o’zlashtirish fikrlarning turli – tumanligini yaxlitlash asosida umumiy natija qo’lga kiritiladi.
Klaster usulidan foydalanish uchun guruh talabalarini kichik ijodiy guruhlarga ajratib amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir guruhda mavzuga oid darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, mavzuga oid kartochka va manbalar bo’lishi mumkin.
Klaster usulidan foydalanishda quyidagilarga e’tibor beriladi.
1) Kichik guruhlar soniga qarab chizma qog’ozlari doska taxtasiga osib qoyiladi va milliy g’oya tushunchasi o’qituvchi tomonidan yoziladi.
2) Mavzuga oid fikrlar qog’ozga yoziladi.
3) Asosiy tushuncha va fikrlar o’rtasidagi bog’liqlik chizmada ko’rsatiladi.
4) Talabalarning firlari umumlashtiriladi va yakuniy xulosa chiqariladi.
5) Dars jarayonida o’qituvchi talabalarning faoliyatini nazorat qilib boradi, ularning mavzuga oid tushunchalarini baholaydi.
Biz klaster usuli xususida to’xtaldik. Dars jarayonida interfaol usullarning “aqliy hujum”, “tanqidiy fikrlash”, “ajurli arra”, “menyular”, “debatlar”, “sinkveyn”, “insert”, “zig-zag”, “qarorlar shajarasi” kabi turlaridan va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali samarali natijalarga erishiladi. Jamiyatni axborotlashtirishdagi eng muhim yo’nalishlardan biri ta’lim tizimini axborotlashtirishdir. Bu esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshishining asosiy shartidir. Ta’limni axborotlashtirish ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash, uning faol metod va vositalaridan foydalanish, ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirish, uning sifat va samaradorligini oshirish, yoshlarni axborotlashgan jamiyatning faol ishtirokchisi etib tarbiyalash masalalarini o’z ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |