Milliy g‘oya ta`limi nazariyasi


Uchinchi masalaning bayoni: Test



Download 196,68 Kb.
bet24/46
Sana01.11.2022
Hajmi196,68 Kb.
#859034
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Bog'liq
maruza-matnlari

Uchinchi masalaning bayoni: Test (ingl. - sinov birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F. Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fanlari doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan ishlab chiqildi. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik metodlar ham qo‘llanila boshlandi. Bunday metodlar o‘z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.16
XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o‘quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo‘nalish: aqliy (intelektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo‘llash hamda o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo‘ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo‘llash sohalari rivojlana boshladi.
Test tuzuvchilar turli odamlarda reaksiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy (intelektual) qobiliyatlarini o‘rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib keldi. Test sinovlarining asosiy maqsadi ham o‘tilgan darslarni o‘zlashtirish darajasn to‘g‘risida, ham navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dars hajmi to‘g‘risida o‘qituvchiga axborot berish; o‘qituvchiga o‘qitish metodini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. O‘quvchilarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga o‘rganib ko‘rilgan. CH.Grin (1926) o‘zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi:
- test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;
- mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li bilan aniqlash;
- o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;
- test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va mantiqan muvofiqligini tekshirish;
- topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri
va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda muhim vositalardan bo‘lgan test nazoratining ijobiy jihatlari:
1. Savodli tuzilgan test obektiv pedagogik o‘lchash vositasi bo‘lib, uning natijasi imtihon oluvchi o‘qituvchiga bog‘liq emas.
2. Pedagogik test o‘quv materialining dasturiy mazmunini to‘liq qamrab olishi mumkin.
3.Test nazoratida texnikani qo‘llash oson, bu ma’lum bir materialni yoki butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, ommaviy nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Bu uning muhim ustunliklaridan biridir.
Test usuli ham ayrim nuqsonlardan xoli emas. Masalan, test o‘quvchining mustaqil fikrlash qobiliyatini qoliplaydi, ya’ni cheklaydi; o‘quvchi o‘zining ruhiy kechinmalarini namoyon qila olmaydi; o‘quvchining boshqa shaxsiy sifatlarini baholab bo‘lmaydi.
Shunga qaramay, pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari juda katta. Testdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘qish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi, o‘quvchining bilish faolligini oshiradi. Test topshiriqlariga qo‘yiladigan didaktik talablar mavjud. Tuzilgan test topshiriqlarini hammasini ham birdek ishonchli deb bo‘lmaydi. Test savollari mukammal bo‘lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilishi zarur.

Download 196,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish