Milliy g‘oya, milliy mafkura hamda iqtisodiy islohotlar mohiyatini tushunish



Download 20,01 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi20,01 Kb.
#90511
Bog'liq
Hozirgi kunda biologiya ta


Hozirgi kunda biologiya ta’limini takomillashtirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Zero, zukko yoshlarimiz qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, minglab turdagi tabiiy usullarda olinadigan oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechaklar, sanoat va qurilish hamda xalq xo‘jaligining turli ehtiyojbop mahsulotlari bugungi kun biologiya fanining yutuqlari mahsuli ekanini anglamoqdalar. Shu bois umumta’lim muassasalarida mazkur fanni chuqur o‘qitishga alohida ahamiyat qaratil­moqda. Jumladan, maktablarning zamo­naviy texnik vositalar, o‘quv-laboratoriya jihozlari, o‘quv filmlari, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar bilan jihozlanishi hamda ta’lim mazmuni va sifatini oshirish maqsadida fan o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanmalarning yaratilayotgani buning yorqin isbotidir.

O‘z oldiga qo‘yilgan murakkab, mas’uliyatli va ayni paytda, dolzarb bo‘lgan qator vazifalarni bajarishi uchun biologiya fani o‘qituvchisidan quyidagilar talab etiladi:

— milliy g‘oya, milliy mafkura hamda iqtisodiy islohotlar mohiyatini tushunish;

— umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarimizni chuqur bilish;

— shogirdlari qalbiga vatanga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak fazilatlarni singdirish maqsadida ta’sirchan, samarali usullarni izlab topish va amaliyotda qo‘llay olish.

Yangi o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarini biologiya fanini o‘qitishdagi muammolar va ularning yechimi, darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish, oddiy va elektron darsliklar, qo‘llanmalarni o‘z vaqtida olish, fan xonasini jihozlash, o‘quv-laboratoriya vositalaridan samarali foydalanish, ularni saqlash hamda fanga oid yangiliklar kabi masalalar bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq.

Yig‘ilishlarda laboratoriya jihozlaridan foydalanib amaliy ishlarni tajriba tariqa­sida ko‘rsatish, o‘quvchilarda mazkur ji­hoz­lardan samarali foydalanish mada­niyatini rivojlantirish, o‘tkazilayotgan tajribalarning xavfsiz bo‘lishini ta’minlash, kimyoviy moddalarni ehtiyotkorona va unumli qo‘llash, elektron darslik va qo‘l­lan­malardan foydalanish yo‘llari, fanga qiziquvchi o‘quvchilar uchun to‘garakda o‘rgatiladigan mavzular to‘g‘risida ma’ru­za, seminar va amaliy mashg‘ulotlar hamda masalalar yechishga doir mashqlarni o‘tkazish tavsiya etiladi.

O‘quvchilarni ijodkorlikka undash maqsadida o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni olib kirish, mavjud elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalari, filmlaridan dars jarayonida foydalanish, darslarni kompyuter texnikasidan foydalanib tashkil etish, bular asosida mustaqil fikrlovchi, ijodkor, barkamol shaxsni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni fidoyilik bilan amalga oshirish lozim.

Ta’limda yuqori sifat va samara­dorlikka erishish uchun fan yo‘nalishidagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘quvchilarning mazkur fanga qiziqishlarini oshirish, hozirgi zamon fan-texnikasini o‘rganishga intilishini o‘stirish talab etiladi.

Murakkab mavzularni o‘qitishda quyidagi omillarga e’tibor qaratish zarur:

— yuqori darajadagi kasbiy mahorat;

— ijodiy yondashuv;

— dars jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

— axborot-kommunikatsiya texnolo­giyalari (elektron darslik, o‘quv filmi, virtual laboratoriya ishlari va animatsion ko‘rgazmali tajribalar)dan samarali foydalanish;

— ta’lim jarayonining o‘quv-metodik jihatdan ta’minlangani.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlar ustida ishlash ham muhim ahamiyatga ega. Bo‘shliqlar paydo bo‘lishining qator sabablari mavjud bo‘lib, ular asosan quyidagilardir:

— o‘qituvchilarning mavzuni tushuntirish jarayonida o‘quvchilarga tabiatda fexnolo­gik kuzatishlar olib borishni to‘liq tushun­tir­mayotgani, masalan, botanikadan o‘quv­chilarga yaxshi tanish bo‘lgan sabzi, sholi, zubturum, qashqarbeda, kungaboqar kabi o‘simliklar gullarini kuzatishga oid topshi­riqlar bermayotgani;

— mavzular bo‘yicha mavjud o‘quv filmlari, virtual laboratoriyalar, ko‘rgazmali tajribalar, jihozlardan unumli foyda­lanilmayotgani;

— o‘quvchilarning nazariy bilimlarini hayot bilan bog‘lab olib bormasdan, faqat darslikda berilgan ma’lumotlar bilan cheklanib qolgani.

Biologiya fanidan 6-sinf o‘quvchilari uchun o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan “To‘pgullar va gullarning changlanishi”, “Urug‘larning nafas olishi”, “Urug‘larning tuzilishi”, “Urug‘larning unib chiqishi”, “Bakteriyalarning tuzilishi va hayoti”, “Kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar” kabi mavzularni tushuntirishda multimediali o‘quv resurslari va filmlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Yangi o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan biologiya fani sho‘balarida quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2014-2015-o‘quv yili davomida o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, biologiya fanidan 6-sinf o‘quvchilari o‘tgan davrdan qolgan o‘simliklar qoldiqlari haqidagi ma’lumotlarni, o‘simliklarning urug‘lanishi mavzusida mevalarning ekilish vaqtini, parazit zamburug‘lar qanday kasalliklarni keltirib chiqarishini aytib berishga, o‘simliklarning mevalarini va o‘simliklar urug‘ida uchraydigan moddalarni ajratishda qiynalgan. 7-sinf o‘quvchilari yomg‘ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi hamda muskullarining nomini yozish, insonlar va hayvonlarda rivojlanuvchi parazit chuvalchanglarni ajratish, asalarilarning parazitini aniqlash, Korall polipidan ohaktosh olinishini bilmagan.

Buning sabablari o‘rganilganda, o‘qi­tuvchining mavzuni tushuntirish jarayonida tabiatda fenologik kuzatishlar olib borishni o‘quvchilarga to‘liq tushuntirmagani, mavzuga doir o‘quv filmlarini ko‘r­satmagani ma’lum bo‘lgan. O‘qituvchi mavzuni tushuntirish asnosida o‘quv­chilarga yaxshi tanish bo‘lgan yomg‘ir chuvalchangining harakatini kuzatish kerakligi haqida topshiriqlar bermagan, bolalar nazariy bilimlarini hayot bilan bog‘lab mustahkamlamasdan, faqat darslikdagi ma’lumotlar bilan cheklangani natijasida ushbu bo‘shliqlar paydo bo‘lgan. Ularni to‘ldirish uchun o‘qituvchi o‘simliklar urug‘larining tuzilishi, ularning unib chiqishi, parazit zamburug‘lar, yomg‘ir chuvalchangining tuzilishi va harakati to‘g‘risidagi filmlardan dars jarayonida foydalanish tavsiya qilinadi.

Tuman (shahar) miqyosida sho‘ba yig‘ilishlari o‘tadigan tayanch maktab binosining yangi o‘quv yiliga tayyorligi, moddiy-texnika va kadrlar ta’minoti sifati yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, biologiya fan xonasining o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangani va boshqa afzal jihatlari bilan anjuman qatnashchilariga namuna vazifasini o‘tashi lozim.

Biologiya fanidan o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari, dars ishlanmalari va metodik tavsiyanomalar Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi hamda Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining www.uzedu.uz, www.rtm.uz, www.multimedia.uz elektron manzillariga joylangan.

Sho‘ba yig‘ilishlarini quyidagi mavzular bo‘yicha o‘tkazish tavsiya etiladi:

1. 2015-2016-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qo‘llanadigan dars­liklar, metodik qo‘llanmalar va qo‘shimcha adabiyotlar haqida axborot berish va ularni jarayonga tatbiq etish yuzasidan fikrlashish (O‘.Pratov, A.To‘x­tayev, F.Azimova muallifligidagi 5-sinf “Botanika” darsligi (2015-yilgi nashri), amalda foydalanib kelinayotgan 6-sinf “Botanika” darsligi, O.Mavlonov muallif­ligidagi “Zoologiya” darsligi,  B.Aminov, T.Tilavov va O.Mavlonov muallifligidagi 8-sinf “Odam va uning salomatligi” darsligi, A.Zikiryayev, A.To‘xtayev, I.Azimov va N.So­nin muallifligidagi “Biologiya’ (Sitologiya va genetika asoslari)” darsliklari).

2. Biologiya darslarida zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish uchun sho‘ba yig‘ilishlarida amaliy va laboratoriya ishlarini namoyish qilish, yaroqsiz kimyoviy moddalar hamda jihozlar o‘rnini qayta to‘ldirish uchun buyurtma berish haqida suhbatlashish.

3. 2014-2015-o‘quv yili davomida o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar berish.

Respublika ta’lim markazi
Download 20,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish