Neobxodimost
|
Necessity
|
Ibn Sino (980-1037)– sharq axloqshunosligining buyuk namoyandasi. Mutafakkir axloqni amaliy falsafa doirasiga kiruvchi nazariya sifatida tushungan. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari uning «Axloq ilmiga doir risola», «Burch to‘g‘risida risola»,«Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola», «Adolat haqidagi kitob» asarlarida bayon etilgan. Ibn Sino asarlarida adolat, shijoat, iffat, himmat, saxiylik, qanoat, sadoqat, hayo, kamtarlik kabi axloqiy fazilatlarga; shuningdek ularning muqobili bo‘lgan: o‘g‘rilik, aldamchilik, fisqu fasod, nafrat, rashk, adovat, bo‘hton, irodasizlik, takabburlik, nodonlik kabi axloqiy illatlarga ham ta’rif bergan. Mutafakkir inson taqdirini, baxtini uning qilmishlari belgilaydi degan g‘oyaniilgari surgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |