Milliy g’oya” fanidan Mustaqil ish



Download 206,36 Kb.
Sana20.04.2020
Hajmi206,36 Kb.
#45914
Bog'liq
MilliyG'oya2mavzu


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Milliy g’oya” fanidan




Mustaqil ish


Mavzu: Milliy g‘oyaning nazariy va konseptual asoslari

Bajardi: 694-17 guruh talabasi Pulatova M.

Tekshirdi: ______________

Toshkent-2020

Milliy g‘oyaning nazariy va konseptual asoslari

Milliy istiqlol mafkurasi davlatimiz fuqarolarini ulug‘ maqsad yo‘lida qalban birlashtirishga ko‘maklashishi kerak.

Islom Karimov

Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining uzluksizligini ta’minlash uchun xalqni bir maqsad yo‘lida birlashtirish muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sobiq sovetlar tuzumining mafkuraviy aqidalaridan voz kechish lozim edi. Sovet mafkurasi kommunistik partiyaning g‘oyalariga tayanuvchi va sovet totalitar rejimining g‘oyaviy tayanchi funksiyasini bajarar edi. Bu mafkura qadimiy va boy tarixiy ma’naviy qadriyatlarga ega xalqning manfaatlariga mos kelmaydigan mafkura edi. Chunki u, milliylikdan begonalashgan, milliy mansublikka qarshi – innatsional, har qanday diniy e’tiqodga qashi – ateistik mafkura edi. Shu sababli undan voz kechildi. Mustaqillik mafkurasining konseptual asoslari esa hali yaratilmagan edi. Buning ustiga xalqimizning milliy mentaliteti mustamlakachilik davrlarida jiddiy ta’qiblarga uchrab, deformatsiyalangandi. Ya’ni xalqimizning ayrim vakillari hatto o‘zining o‘zbekligini ham unitayozgandi.

Bunday sharoitda, ya’ni amaldagi mafkuradan voz kechilgan, yangi mafkuraning konseptual tamoyillari hali ishlab chiqilmagan bir sharoitda izchil oilaviy tarbiya ko‘rmagan, o‘zligini anglab olishga ulgurmagan ayrim yoshlarimiz ongida mafkuraviy bo‘shliq (vakuum) hukm surardi. Bunday yoshlarni begona mafkuralar ta’siridan himoyalash ham dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. Chunki, mustaqillik arafasida (oshikoralik davrida) va mustaqillikning ilk davrlarida turli ekstremistik oqimlar, diniy aqidaparastlar, diniy-konfessional yo‘nalishdagi missionerlik tashkilotlari mafkuraviy qadriyatlari shakllanmagan soddadil yoshlarimizni, ularning fikru-zikrini o‘zlarining millatni deformatsiyalovchi g‘oyalariga xizmat qildirish maqsadida buzg‘unchi kuchlar safiga qo‘shib olishga shay turishardi.

Bu mamlakatimiz mafkuraviy mustaqilligini saqlashga, mamlakatda barqaror tinchlikni ta’minlashga qarshi qaratilgan katta xavf edi. Ayniqsa, ko‘p millatlar va elat vakillari yashaydigan, turli din va diniy konfessiyalarga e’tiqod qiladigan aholi yashaydigan bizning yurtimizda millatlararo, dinlararo mojarolar boshlanib ketish xavfi keskinlashishi mumkin edi. Buning ustiga xalqimiz 70 yillik kurashchan ateizm hukmronligi davrida musulmonchilik an’analaridan ham birmuncha begonalashib qolgan edi. Mustaqillik munosabati bilan mamlakatimizda diniy e’tiqod erkinligiga keng yo‘l ochildi. Bu masalada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 2 iyulda so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib berildi. Buyuk hajga ilgari nari borsa besh-olti kishi borardi. Endi har yili minglab odamlar muqaddas joylarga emin-erkin ziyoratga borishyapti. Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm-rusumlarga, bayram-larga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi”. (O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ilgari surgan bu g‘oyalar bugungi kunda uning sadoqatli shogirdi, Sh.M.Mirziyoyev tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amaliyotga tadbiq etilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining beshinchi bandi bevosita shu masalaga qaratilgan).

Dinga bunday demokratik yondashuvni o‘sha davrda hamma ham to‘g‘ri qabul qilavermasdi. Yurtimizda e’tiqod erkinligi qaror topishi bilan xalqimiz emin-erkin ibodatlarini davom ettira boshlashdi, ammo, an’anaviy diniy ibodatlar bilan fundamentalistik g‘oyalarni ajrata olmaydigan ba’zi yoshlar va hatto ayrim soddadil kattalar ham dinni bir yoqlama tushuna boshladi. Bunday kishilar ongiga diniy qadriyatlar sifatida turli xil diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan mutaassiblashgan oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalar ham suqilib kira boshladi. Ayniqsa, arab mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan fundamentalistik kuchlar vahobiylik g‘oyalarini, Turkiyadan diniy ma’rifatparvarlik shiori ostida nurchilarning siyosiy hokimiyatni egallashga chaqiruvchi g‘oyalari, dinni siyosiylashtirib talqin etuvchi xizbut-tahrirchilar harakati hamda ular bilan til biriktirgan mahalliy oppozitsion guruhlarning faoliyati ham kuchaya boshladi. Bunday vaziyatda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining konseptual asoslarini ishlab chiqish hayotiy zaruriyatga aylangandi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga alohida e’tiborni qaratdi. Islom Karimovning jamoatchilik oldidagi chiqishlarida milliy manfaatlar, milliy istiqlol, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va milliy mentalitet masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan edi. Buni ayrim siyosatdonlar Islom Karimovning millatchilikka yo‘l ochishi deb talqin eta boshlashdi. Ammo o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ezgu niyati mustaqil davlatchiligimizni rivojlantirish, milliy manfaatlarni himoya qilish yo‘li bilan amalga oshishi oddiy haqiqat edi.

Xalqni milliy manfaatlar himoyasi yo‘lida birlashtirish uchun xalqning mafkuraviy konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim edi. Bu hayotiy zaruriyatni chuqur anglagan I.A.Karimov o‘zining asarlar to‘plamining 1-jildini “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” deb atadi. Bu kitobda O‘zbekistonning barcha sohalardagi milliy manfaatlari o‘z ifodasini topgan edi.

I.Karimov milliy mafkuraning konseptual asoslarini ishlab chiqish lozimligiga alohida e’tibor berib, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiya-si qabul qilingan kunning bir yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali majlisda shunday dedi: “Asosiy qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivoj-lanadi, deyilgan. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi.



Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qilishi lozimligini hech qachon unutmaylik“. Haqiqatdan ham bu masala nihoyatda dolzarb masala edi. I.Karimovning keyingi maqolalarida, ayniqsa, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri Erkin A’zamov bilan suhbatda milliy mafkura masalasi bosh mavzu sifatida muhokama qilindi. Bu suhbatda mafkuraning mohiyati, uning asosiy vazifalari, totalitar mafkuraning oqibatlari. Jahondagi mafkuraviy jarayonlar, mafkuraviy poligonning har qanday harbiy poligonlardan xatarli ekanligi. Milliy mafkuraning xususiyatlari va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mafkuraviy bo‘shliqning vujudga kelish sabablari, mafkuraviy immunitet va uning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish yo‘llari, mafkurasizlik, mafkuraviy nigilizm va boshqa masalalar bu suhbatda muhokama qilingan.

1999 yilning 16 fevralida bir guruh yoshlar oppozitsion kuchlarning soxta chaqriqlariga uchib, Toshkent shahrining bir qancha nuqtalarida bir vaqtda dinamitlar portlatish yo‘li bilan O‘zbekiston Prezidenti hayotiga suiqasd qilishga urinib ko‘rishdi. Oqibatda voqea sodir bo‘lgan joylarda bo‘lgan ko‘plab begunoh fuqarolar qurbon bo‘ldi, binolar vayron bo‘ldi, ayrim yo‘lovchilar nogiron bo‘lib qolishdi. Lekin, yovuz maqsadni rejalashtirgan oppozitsionerlar maqsadiga erisha olmadi va butun xalqimizga o‘zlarining jirkanch basharasini oshikora ko‘rsatib qo‘yishdi. Ularning asosiy maqsadi konstitutsion tuzimni ag‘darib, hokimiyatni egallash edi. Mazkur ig‘vogarlikni amalga oshirganlar orasida hali o‘zligini anglab yetmagan yoshlarimiz ham bor edi. Ular hali kimga va nima uchun xizmat qilayotganligini ham anglab yetishmagan edi. Bu xodisa zudlik bilan yoshlar orasida mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish kerakligini, bu ish kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi mazkur xodisadan keyin 1999 yil fevral oyining oxirida bir guruh olimlar qarshisiga 1 hafta ichida milliy istiqlol g‘oyasi haqida o‘z fikrlarini referativ tarzida yozib kelish vazifasini qo‘yadi. Olimlar bu vazifa bo‘yicha, har kim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, referativ ishlar tayyorlashdi. Ana shu jarayonda mazkur maqola muallifi ham maxsus maqola yozdi, bu maqola keyinchalik “Milliy tiklanish” gazetasining ikki sonida bosilib chiqdi.

Mana, O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga ham 7 yildan oshdi. Endi mustaqilmiz. Biz yashayotgan joyga allohning nazari tushgan. Bog‘laridan, polizlaridan shirin-shakar mevalar, sabzavotlar unib chiqadi, zaminimiz osti esa qimmatbaho qazilma boyliklarga boydir. Xalqimiz-chi, sabrli, qanoatli, e’tiqodli, insof va diyonatli, buning ustiga tadbirkor va mehnatkash. Xo‘sh nega shunday janatmakon yurtda yashab, uning manfaatlari uchun bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimizning gullab-yashnashi uchun kuyib-yonmaymiz. Yoki, chetdan biror kishi kelib bizga o‘rgatishini, bizning ustimizdan hukmronlik qilishini kutayapmizmi? Menimcha, biz o‘z yurtimizga tom ma’noda o‘zimiz egalik qilish vaqti keldi. Agar yurtimizga bugun o‘zimiz egalik qilmasak, ertaga unga egalik qilishni xoxlaydiganlar istagancha topiladi. Agar yurtimizga o‘zgalar egalik qilsa, biz ularning qo‘lida qul bo‘lib ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Demak, bizning oldimizda ikkita alternativ yo‘l turibdi: ularning biri, yagona milliy g‘oya atrofida birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik bilan o‘z yurtimizga egalik qilish va uni gullatib-yashnatish, yoki ikkinchi yo‘l, yagona g‘oyadan voz kechib, kimningdir kelib bizni boshqarishiga, bizning ustimizdan hukmronlik qilishiga yo‘l berish va umrbod ularning izmida yurib, “bersang yeymiz, ursang o‘lamiz” qabilida yashab, qullik iskanjasiga tushish. Afsuski shunday vatandoshlarimiz ham borki, ular o‘z yurtining manfaatlarini, sariq chaqaga bo‘lsa ham, sotishga tayyor. Undaylar o‘zining manfaatlari uchun ota-onasini, oilasini, mahallasini, qolaversa Vatanini ham sotib yuboraveradi.

O‘zbek milliy va umuminsoniy ezgu qadriyatlarni e’zozlaydi. Oila qadriyatini olaylik. Aytingchi, o‘zbek milliy oilasidan ham mustahkam oila bormi dunyoda. O‘zbek oilani, ota-onasini, bola-chakasini, aka-ukasini, opa-singlisini, qarindosh-urug‘ini qadrlaydi. Zarur bo‘lganda ularga tayanadi, ulardan ko‘mak oladi, yoki ularga dalda berib qo‘llab-quvvatlaydi. Oila sha’nini, mahalla sha’nini, millat sha’nini ko‘z qorachig‘iday asraydi. Bu qadriyatlarga dog‘ tushirgan ko‘rnamaklardan esa nafratlanadi. Farzand tarbiyasini ham o‘zbek jamoaviy muqaddas burch deb biladi. Shu tufayli u “bir farzandga yetti mahalla ota-onadir” degan maqolga amal qiladi. Oilaning mustahkamligi o‘zbekning nikohni qadrlashi va farzandlari kelajagiga umidi kuchliligidan. O‘zbek umuman porloq kelajakka umid qilib yashaydi. Er va xotin o‘rtasidagi munosabat otaga va onaga hurmat qadriyatini ardoqlashidan kelib chiqadi. Bularning barchasi oilaning mustahkamligi uchun garovdir.

O‘zbek mahalla bo‘lib yashashni afzal deb biladi. Mahallachilik, mahalla odobi, mahalla sinovi, mahalladagi obro‘ faqat o‘zbekka xos. Dunyoning hech bir nuqtasida o‘zbekning mahallasiday oliyjanob tarbiya o‘chog‘i yo‘q. Mahalla jamoasi kimning xonadonida nima bo‘layotganligidan xabardor. Mahalla ahli to‘ylarni ham, marakalarni ham birgalikda, hamjihatlikda amalga oshirishadi. Bu jamoaviylikning tarbiyalanishiga, mustahkamlanishiga imkon beradi.

Milliy mafkuramiz milliy manfaatlarimizning umummillat miqyosidagi himoyachisi bo‘lishi lozim. Buni amalga oshirish uchun esa mahalla udumlari ildiziga tayanib ish yuritishga to‘g‘ri keladi. Ha, aytganday, o‘zbek milliy falsafasining kattalarga hurmat, kichiklarni izzat qilish tamoyili ham bor. Bu tamoyil zamirida keksalarda katta hayotiy tajriba borligini ta’kidlash, kichiklarni esa qo‘llab-quvvatlasak, kelajakda ular orasidan ulug‘ insonlar yetishib chiqishi mumkin, degan hikmat, ya’ni falsafa, mujassamdir.

O‘zbek falsafasida tiriklikning zamini bo‘lgan onani e’zozlash, onaning munis va mehribonligini ta’kidlash ezgu qadriyatlar hisoblanadi. Haqiqiy o‘zbek onaga hurmatsizlik bilan qaramaydi, chunki ota – onaning hurmatini, oiladagi muqaddas o‘rnini yaxshi bilganligi uchun ham onaning hurmatini joyiga qo‘yadi. Buni farzandlar ko‘rib turadi va mehribon onasiga nisbatan mehri yanada oshadi. Har bir ona farzandlari uchun o‘z jonini ham fido qilishga tayyordir. Bu tamoyil ham o‘zbek falsafiy tafakkurida markaziy o‘rin egallaydi. Onaga, umuman ayolga munosabat qadimgi yodgorliklarimiz “Avesto” asarida ham alohida qayd etilgan. Qur’oni Karimda esa, jannat onalarning oyog‘i ostidadir, deyilgan.

Ba’zi xalqlarda ayollar kamsitiladi, erkaklarga nisbatan ularga kam haq to‘lanadi, hatto ularning guvohligi ham inobatga olinmaydi. O‘zbek uchun ayol – ona, maslahatgo‘y, himoyachi, dono tadbirkor. Bizda ayollar erkaklardan yuqori qo‘yilsa – qo‘yiladi, aslo kamsitilmaydi. Qadimgi hikmatlarda To‘maris momodek, Roziya sultondek sarkardalar, Bibixonim va Barchinoydek sadoqatli ayollar haqida mehr bilan hikoya qilinadi. Xalqimizning azaliy udumlarida ayollarni himoyalash, ularning jismonan ojizaligi uchun og‘ir yumushlarida ularga yordamlashishga intilish qadrlangan. Oilasida erkak kishi bo‘lmagan xonadonga bostirib kirish odobsizlik hisoblangan. Shu sababli ayollar suv olish uchun bo‘sh idishlarini, o‘tin yorish uchun to‘nka va boltalarini hovlisidan tashqariga chiqarib qo‘yishar ekan. Ko‘chadan o‘tayotgan erkaklar, bu uyda ojizalar yashar ekan, deb ularga muruvvat ko‘rsatish maqsadida, idishlarini anhordan suvga to‘ldirib kelishgan, o‘tinlarini esa yorib berishgan. Bolta va idishlarini o‘g‘rilab ketishni katta gunoh, insongarchilikka zid ish deb bilishgan.

Xullas o‘zbek falsafasining xilma-xil qirralari borki, ularni faqat qalbida o‘zbeklik tuyg‘usi bo‘lgan olimgina tahlil qilishi mumkin. Mana, milliy mafkura zamirida tayanch bo‘lib ana shu o‘zbek falsafasi yotishi kerak deb o‘ylayman.

Milliy mafkura milliy g‘oyaga asoslanadi. Milliy g‘oya esa millatni birlashtiruvchi ulug‘ bayroq bo‘lishi lozim. Shunday ulug‘vor g‘oyani ishlab chiqaylikki, xalqimiz bu g‘oya atrofida bir butun kuch bo‘lib birlashsin.

O‘zbekiston mustamlakachilik yillarida uzoq yillik majburiy uyquda edi, ne-ne ulug‘ bobolarimiz, vatandoshlarimiz quvg‘in qilingan, qatag‘onga uchragan edi. Bu zulm va daxshat ta’siri ostida ularning farzandlari tiz cho‘ktirilgan, kamsitilgan, savodsizlikda, boqimandalikda ayblangan, yurtimiz dunyo taraqqiyotidan, sivilizatsiya taraqqiyotidan ataylab uzib qo‘yilgan edi.

Bugungi kunda allohga ming bor shukurki, mustaqillikka erishdik, qo‘l va oyoqlarimizdagi kishanlar parchalandi. Endi uyg‘onishimiz, dunyo ahliga o‘zbekning kimligini, uning bunyodkor aql-idroki nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘yishimiz lozim. Buning uchun milliy g‘oyamiz ostida bir tan, bir jon bo‘lib birlashishimiz, milliy g‘urur va oriyatimizni astoydil himoya qilishimiz zarurdir.

Yurtimiz azaldan ko‘p millat va elat vakillariga boshpana bergan joydir. Ota-bobolarimiz o‘zga millat va elat vakillarining doimo boshini silab kelgan, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatgan. O‘zga millat vakillari ham o‘z navbatida yurtimiz taraqqiyotiga, fan va madaniyatimiz taraqqiyotiga baholi-qudrat hissa qo‘shib kelishdi. Jamiyat ravnaqi – millatlarning o‘zaro hamjihatligida. Shunday ekan millatlararo hamjihatlilik milliy mafkuramizning yana bir muhim g‘oyasi hisoblanishi kerak.

O‘zbekiston hududida qadim zamonlardan buyon turli din va diniy konfessiya vakillari o‘zaro ahillikda turmush kechirib kelishgan. Nestorian xrestianlaridan tortib yahudiylargacha, buddistlardan tortib hindulargacha o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etib kelashgan. Musulmonlar ularga doimo boshpana bo‘lgan. Ularning ibodatxonalarining dahlsizligini asrashgan. Bu ham milliy qadriyatimiz. Ya’ni boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik qilish, ular bilan o‘zaro ahillikda yashash, qisqasi, diniy bag‘rikenglik milliy mafkuramizning yana bir salmoqli qadriyatidir.

Xalqimizning kundalik turmushida ham aqlni charxlovchi, xotirani kuchaytiruvchi, ziyraklikni, mantiqni tarbiyalovchi o‘yinlar, mushoiralar ko‘p bo‘lgan. Bolalarga topishmoqlar, tez aytishlar, mushoiralar, o‘ylaganimni top singari mashq-o‘yinlar bolalarning nutqini, xotirasini, aql-idrokini kuchaytirishga xizmat qilgan. Katta yoshdagilar ham vaqti-vaqti bilan xonadonlarda yig‘ilishib, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” singari dostonlarni zavq bilan o‘qishgan yoki bir-biriga yoddan aytib berishgan. “Navoiyxonlik”, “Mashrabxonlik”, “Bedilxonlik” singari milliy xalq to‘garaklari bo‘lgan. Bunday intellektual madaniyat tarixi kimda bor? Loaqal 18-19 asrda o‘tgan Jahon Otin Uvaysiy momomizning “Anor” deb atalgan chiltonini eslaylik. Xalqimiz bunday aqliy tarbiya bilan kuni kechagacha, ya’ni 19 asrgacha shug‘ullanishgan. Shunday ekan Komil insonlarni tarbiyalash g‘oyasi ham milliy mafkuraning markaziy g‘oyalaridan biri bo‘lishi lozim.

Ba’zan, komil inson turli darajada ijtimoiy tabaqalangan, boy va kambag‘allar keskin farq qiladigan jamiyatlarda ham shakllanadimi? – degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob berishda, jamiyatda tengsizlikning vujudga kelishi, adolatsizlik bilan bog‘langanligini chuqur anglashimiz zarur. Biz aynan ana shunday illatning ro‘y berishining oldini olishimiz lozim. O‘zbekistonda haddan ziyod boyib ketganlar ham, haddan ziyod qashshoqlashib qolganlar ham bo‘lmasligi lozim. Shu sababli jamiyatda ijtimoiy adolat mezoni – ijtimoiy hamjihatlilik bo‘lishi lozim. Ijtimoiy hamjihatlik jamiyat a’zolarini turli tabaqalarga ajralib ketishidan asraydi. Boylar kambag‘allarga homiylik qiladi, kambag‘allar ham birlashib, boylarning yanada boyishiga o‘z hissalarini qo‘shishadi. Chunki, jamiyatda boylar qanchalik ko‘paysa, mamlakatning iqtisodiy salohiyati shunchalik ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida xalq farovonligining oshishiga sabab bo‘ladi. Sobiq sovetlar tuzimi sharoitida hammani yo‘qsillashtirish, kambag‘allashtirish jamiyat boshqaruvida fuqarolarning davlatga qaram bo‘lishiga yo‘l ochgan. Xususiy mulkka nisbatan ijtimoiy darajadagi nafrat shakllantirilgandi. Bu bolalar tarbiyasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatardi. Biror kishi yangi mashina olsa, yoki yangi uy qursa, uni ko‘raolmaslik, unga g‘arazgo‘ylik qilish avj olgandi. Shunday oilada tarbiya topgan ba’zi bolalar ham qo‘shnisi olgan yangi mashinaga tosh otishga, yoki mix bilan tirnashga, badavlat qo‘shnisining uyni yondirib yuborishga intilishar, boylar ham kambag‘allarni kamsitishga, jazolashga harakat qilishardi. Bu xodisa ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi antoganistik munosabatlarning avj olganligining oqibatida ro‘y beradi. Bizda esa turli tabaqa vakillari orasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik o‘rnatishga intilishimiz lozim. Bu esa o‘z navbatida Milliy mafkuraning eng muhim g‘oyalaridan biri ijtimoiy hamjihatlikni shakllantirish ekanligini ko‘rsatadi. Bu g‘oya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda xalqimizning azaldan rioya qilib kelayotgan mahalla qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mahallada fuqarolik jamiyati kurtaklari mujassamdir.

Prezident milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyani tayyorlashda o‘zi ham shaxsan ishtirok etishini ma’lum qilib, shunday dedi: “Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasini tayyorlashda o‘zim ham shaxsan ishtirok etaman, lekin davlat rahbari sifatida emas, shu yaratilajak konsepsiyaning puxta yaratilishidan manfaatdor bo‘lgan, o‘z Vatanini sevuvchi bir vatanparvar O‘zbekiston fuqarosi sifatida ishtirok etaman. Chunki, bu mafkura xalqimizning buyuk kelajagini bunyod etishda asosiy yetakchi rolini o‘taydi. Bu ishda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati a’zolariga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Omad sizlarga yor bo‘lsin. Omon bo‘ling, Baxtiyor Omonovich!” – dedi jilmayib, men bilan xayrlasharkan.

Shundan keyin, qisqa vaqt ichida “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” kitobchasining asosiy andazasi ishlab chiqildi. Bu kitobchani tayyorlash jarayonida I.A.Karimov o‘zlarining qimmatli maslahatlari bilan faol qatnashdilar. Kitobcha tayyor bo‘lgach, unga shaxsan o‘zlari so‘zboshi yozib berdilar. Kitobcha 2000 yili “O‘zbekiston” nashriyotida nashrdan chiqdi.

Bugungi kunda Islom Karimovning sadoqatli shogirdi O‘zbekistonning hozirgi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z ustozining ilgari surgan rejalari, konsepsiyalari va g‘oyalarini chuqur anglagan izdosh sifatida, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda bu g‘oyalarni muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga tadbiq etmoqda. Jumladan, ma’naviy tarbiyani yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham I.Karimovning milliy mafkura konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy faoliyatining uzluksiz davomidir.



Demak, Birinchi Prezident orzu qilgan zamon keldi. Bu zamonning muammolarini I.A.Karimovning sadoqatli shogirdlari, izdoshlari muvaffaqiyatli ravishda yechib fidoyilik ko‘rsatishmoqda.

Xullas, Islom Abduganiyevich Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasining asoschisi hamda amaliyotga faol tatbiq etuvchisi, O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning xassos yetakchisi, Ona Vatan taraqqiyotining yirik ilhomchisidir.
Download 206,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish