71
Sobiq sho‘ro tuzumi davrida boshqa
qadriyatlarimiz qatori Nav-
ro‘z ham taqiqlandi. Ana shu zamonda ayrim rahbarlar «zararli», «diniy
sarqit» degan bo‘lmag‘ur ayblovlar bilan Navro‘zga qarshi kurashib,
sumalak to‘la qozonlarni ag‘darib tashlagani va shunga o‘xshash har
xil bema’ni ishlarni amalga oshirgani haqida sizga keksa avlod vakillari
ko‘plab misollarni aytib berishi mumkin.
Bu gaplar, ehtimol, sizdek bugungi yoshlar uchun xuddi afsonadek
tuyular. Lekin bundan 30–35 yil oldin
shunday holatlar xalqimiz
hayotida oddiy holga aylangan edi. Faqat istiqlol bunday salbiy
hodisalarning barchasiga barham berdi. Navro‘z bayrami ilgari hech
qachon bugungidek, yurtimizdagi 130
dan ziyod elu elat vakillari,
xorijiy mehmonlar, elchilar ishtirokida keng nishonlanmagan.
Har yili mamlakatimiz poytaxtidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida
bo‘ladigan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali bayram sho-
diyonasi sun’iy yo‘ldosh orqali dunyoning ko‘plab mamlakatlarida
ko‘rsatiladi.
Milliy bog‘da Navro‘z bayrami
72
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2010-yil 21-
mart sanasi Xalqaro Navro‘z kuni deb e’lon qilindi va bugungi
kunda bu bayram dunyo miqyosida keng nishonlanmoqda.
Xalq hayotida shunday qadriyatlar bo‘ladiki, ular millatning o‘zi
bilan birga shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi.
Til – har bir millatning ana shunday bebaho qadriyatidir. O‘zbek tili
ham millatimiz bilan ming yillar davomida birgalikda shakllanib kel-
gan. Xalqimizning boshiga tarixda qanday og‘ir sinovlar tushgan bo‘lsa,
tilimiz ham bundan benasib qolmagan. Dushmanlar yurtimizga hujum
qilib, yerimizni bosib olgan davrlarda asosiy milliy qadriyatlarimizdan
biri bo‘lgan
tilimiz ham taqiqlangan, kamsitilgan. Bosqinchilar ona
tilimizda erkin gapirishga yo‘l bermagan. Xalqimiz erkin va ozod bo‘lib,
o‘z yeri, o‘z taqdiriga egalik qilib yashagan kezlarda tilimiz ham o‘z
qaddini tiklab, boyib, rivojlanib borgan. Masalan, arab va mo‘g‘ul
istilosidan keyin o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi mavqeyi pasayib
ketgan edi. Temuriylar davlatchiligi davrida xalqimizning sha’ni, qadr-
qimmati bilan birga tilimizning nufuzi va obro‘-e’tibori ham qayta
tiklandi.
Bu holni millatimiz ma’naviyatining yana bir muhim belgisi bo‘l-
mish betakror me’moriy obidalarimiz sobiq
sovet davrida qanchalik
vayron qilingani misolida ham ko‘-
rishimiz mumkin. Yurtimizda sho‘-
rolar hukmronlik qilgan davrda mas-
jid va madrasalar buzilgan, ularning
omon
qolganlari esa omborxona,
do‘kon, ruhiy kasalliklar shifoxona-
siga aylantirilgan. Aziz-avliyolari-
mizning qabrlari oyoqosti qilingan,
ularning nomlari, o‘lmas
merosi
xalqimizdan yashirilgan. Hozirgi
vaqtda har tomonlama obod qilinib,
yurtimiz va butun dunyodan ming-
Do'stlaringiz bilan baham: