101
Darhaqiqat, taqdirning har qanday sinovlariga bardosh berish,
ularni mardona yengib o‘tish, yuksak fazilatlarni namoyon etishni ota-
bobolarimiz hayot sinovlariga tayyor bo‘lishning muhim sharti, deb
hisoblaganlar. «Alpomish» dostonining bosh qahramoni Hakimbek –
Alpomish o‘z maqsadiga yetguncha qancha sinov va mashaqqatlarga
duch keladi. Lekin u hech qachon umidsizlikka tushmaydi.
Chunki
o‘zining kuch va imkoniyatlariga, irodasiga qattiq ishonadi. Shuning
uchun oxir-oqibatda to‘qson alpning ustidan g‘alaba qozonib, Bar-
chinoyni o‘z yurtiga olib ketishga muyassar bo‘ladi.
Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lib
voyaga yetishi uchun juda ulkan ishlar qilinmoqda. Mamlakatimizda
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Prezidentimizning ta-
shabbusi bilan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi,
shu nomda jurnal tashkil etildi. Vatanimizning
birinchi oliy nishoni
ham «Sog‘lom avlod uchun» ordeni deb ataladi. Yurtimizda onalar va
bolalar salomatligini mustahkamlash, sport va jismoniy tarbiyani
rivojlantirish uchun zamonaviy sog‘lomlashtirish majmualari,
shifo-
xonalar, sport maskanlari barpo etilmoqda. Ayniqsa, «Umid nihol-
lari», «Barkamol avlod», «Universiada» musobaqalarini o‘z ichiga olgan
102
uch bosqichli yaxlit tizim shakllangani dunyodagi boshqa mamlakat-
larda uchramaydigan noyob hodisadir.
Yurtimizda 2000-yil – «Sog‘lom avlod yili», 2001-yil – «Ona va
bola yili», 2008-yil – «Yoshlar yili», 2010-yil – «Barkamol avlod yili»,
2014-yil esa «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilinib, maxsus davlat das-
turlari asosida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilgani ham siz kabi
yosh avlod vakillari haqida naqadar katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayot-
ganining amaliy ifodasidir.
Yurtimiz yoshlari bunday yuksak e’tibordan ruhlanib, turli sohalarda
dastlabki quvonchli yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda. Masalan, 2014-
yili 10 nafar o‘quvchi yirik xalqaro va musiqa festivallarida «gran-pri»
deb ataladigan eng yuqori sovrinni, 60 nafari esa birinchi o‘rinni olishga
erishdi. Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida o‘tkazilgan
o‘smirlar olimpiadasida 28 nafar yosh sportchimiz 4
ta oltin, 3 ta
kumush, 3
ta bronza, jami 10 ta medal egasi bo‘ldi. Janubiy Koreya-
ning Incheon shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida esa O‘zbekiston
vakillari 9 ta oltin, 14 ta kumush, 21 ta bronza, jami 44 ta medalni
qo‘lga kiritishdi.
Aziz o‘quvchi, ushbu darslikda Prezidentimiz Islom Karimovning
«Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobiga tez-tez murojaat
103
qilganimiz bejiz emas. Shuni yodda tutingki,
bu kitob aynan siz kabi
navqiron avlod vakillari uchun yozilgan. Ulg‘ayib, katta bo‘lganingiz-
da bu kitobni o‘zingiz mustaqil o‘qib-o‘rganib, unda bayon qilingan
fikr-mulohazalarning ma’no-mazmunini yanada chuqurroq tushunib,
anglab olasiz, deb ishonamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: