94
Lekin bugungi kunda Vatanimizning kelajagini ko‘rolmaydigan,
uning buyuk davlatlar qatoridan joy olishini
istamaydigan kuchlar
ham topiladi. Ular avvalo yurtimiz istiqbolini belgilab beradigan yosh
avlodni o‘z ta’siriga olmoqchi, shu tariqa mamlakatimiz kelajagiga
bolta urmoqchi bo‘ladi. Bunday xavf-xatarlarga
xalqaro terrorchilik
va ekstremizm, diniy aqidaparastlik, har xil zararli mafkuraviy oqimlar,
axloqsizlik, «ommaviy madaniyat» niqobi
ostidagi soxta madaniyat
namunalari, giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalik kabi illatlar
kiradi.
Hozirgi kunda yoshlarning yo‘lida g‘ov-to‘siq bo‘layotgan
salbiy
holatlarga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li – bilim va ma’rifat-
dir. Shuning uchun mamlakatimizda ta’lim sifatini yaxshilashga,
yoshlarni mard va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga katta e’tibor
berilmoqda. Chunki jahon faqat mard va kuchli, o‘zining iste’dodi,
bilim va tajribasiga tayanib yashaydigan insonlarni tan oladi va hurmat
qiladi. Shunday darajaga yetish uchun esa tinimsiz o‘qib-o‘rganish,
ham
jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kuchli bo‘lish lozim.
Siz xalqaro sport olimpiadalarini, boshqa nufuzli musobaqalarni
ko‘rganmisiz? Ularda qaysi mamlakatning bayrog‘i ko‘proq ko‘tarilib,
davlat madhiyasi ko‘proq jaranglaydi? Qaysi mamlakatning sportchi
yoshlari ko‘proq oltin medallarni qo‘lga kiritsa!
95
Shuning o‘ziyoq mardlari,
kuchli
farzandlari ko‘p yurtni butun dunyo tan
olishi va hurmat qilishini ko‘rsatadi.
Aziz o‘quvchi, shuni esda tutingki,
ozod Vatanimizni ulug‘lash uchun
barchamiz, avvalo, zimmamizdagi far-
zandlik
burchimizni sidqidildan ado
etishimiz zarur. O‘z kasbimizni puxta
egallab, amaliy ishimiz bilan ona yur-
timiz ravnaqiga hissa qo‘shishimiz lo-
zim. Siz iste’dodi va mahorati bilan
mamlakatimiz
nomini dunyoga yoyish-
ga xizmat qilayotgan yoshlarimiz
haqida televideniye, radio va gazeta-
lar orqali xabardor bo‘lsangiz kerak.
Ayniqsa,
xalqaro toifadagi hakam,
«O‘zbekiston iftixori» unvoni sohibi
Ravshan Irmatov, og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Ruslan
Nuriddinov, shaxmat bo‘yicha xalqaro grosmeyster Nafisa Mo‘minova
kabi opa va akalaringizning sport sohasidagi faoliyatidan o‘rnak olib,
ular kabi Vatanimizni o‘z iste’dodingiz bilan dunyoga tanitishga intilib
yashash sizlar uchun ham asosiy maqsad bo‘lishi kerak.
Odam uchun kindik qoni tomgan qadrdon o‘lkada
yashash qan-
chalik ulug‘ baxt bo‘lsa, uning kelajagini barpo etishda ishtirok etish
shunchalik katta sharafdir. Sizning zimmangizda ham ana shunday
mas’uliyatli vazifa borligini hech qachon unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: