Milliy g ‘ oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi


Davlat o‘z zimmasiga fuqarolarning haq-huquqlari



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana10.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#770086
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
Vatan tuyg\'usi. 6-sinf (2015, X.Sultonov, M.Qarshiboyev)

Davlat o‘z zimmasiga fuqarolarning haq-huquqlari,
hayotining daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha muayyan maj-
buriyatlarni oladi. Shuningdek, fuqarolar ham davlatga
xizmat qilish, uning mustaqilligi, moddiy va ma’naviy boy-
liklarini himoya qilish bo‘yicha tegishli majburiyatlarga ega
bo‘ladi.
Ongli fuqaro nafaqat o‘z manfaati yoki o‘zi mansub
bo‘lgan guruh, toifa manfaatini, balki xalq va Vatan man-
faatini ko‘zlab yashaydigan fuqarodir.
Bugungi kunda biz qurayotgan
huquqiy demokratik davlat va fuqarolik
jamiyati, avvalo ongli fuqarolarga ta-
yanadi. Ongli fuqaro o‘z kuchi va im-
koniyatlariga ishonib harakat qiladi. Bu
darajaga yetish uchun inson yoshlikdan
ko‘p o‘qishi, irodasini tarbiyalab borishi
lozim. Masalan, katta bo‘lib, yurtimiz-
da o‘tadigan saylovlarda ishtirok et-
sangiz, jamoat ishlarida faol qatnash-
sangiz, qonun talablarini qat’iy ado
etsangiz, ongli fuqarolik fazilatlarini na-
moyon etgan bo‘lasiz.
Savol va topshiriqlar:
1. Fuqarolik hissi deganda nimani tushunasiz?
2. Fuqarolik tuyg‘usi bilan yashab, qahramonlik ko‘rsatgan insonlardan
kimlarni bilasiz?
3. Biz qurayotgan jamiyat nima uchun ongli fuqarolarga tayanadi?
4. Ongli fuqaro bo‘lish uchun nima qilish zarur?
6 – Vatan tuyg‘usi, 6-sinf
!
?


82
3
4
1
2
5. Ushbu rasmlarda tasvirlangan qaysi insonlarni ongli fuqaro deyish
mumkin?
«Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» mavzusidagi
amaliy mashg‘ulot uchun adabiyotlar
1. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent,
«Ma’naviyat» nashriyoti, 2013-yil, 90–91-betlar.
2. Islom Karimov. Vatan va xalq mangu qoladi. Toshkent, Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010-yil, 6–12-betlar.
3. A. Ibrohimov. Yorug‘lug‘. Toshkent, «O‘zbekiston milliy ensiklope-
diyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 2006-yil, 91–95-betlar.
4. Ma’naviy yuksalish yo‘lida. Toshkent, «Ma’naviyat» nashriyoti, 2008-
yil, 104–120-betlar.


83
VATANPARVARLIK
Aziz o‘quvchi, har bir inson ona yurtiga bo‘lgan muhabbati va
sadoqatini turli shakllarda ifoda etadi. Kimdir sidqidildan mehnat qilib,
Vatanning moddiy va ma’naviy boyliklarini oshirishga harakat qiladi.
Kimdir Vatan sarhadlarida tun-u kun sergak turib, uning har qarich
yerini ko‘z qorachig‘idek asraydi. Bularning barchasi vatanparvarlik
deb ataladigan aziz va noyob tuyg‘uning amalda namoyon bo‘lishidir.
Odam o‘z yurtining dard-u tashvishi, shodlig-u quvonchi bilan hami-
sha hamnafas yashasa, hatto, Vatan uchun jonini ham fido qila olsa,
vatanparvarlik shunchaki tuyg‘uga emas, yuksak insoniy fazilatga
aylanadi.
Vatanparvarlik deb, o‘z yurtini sevish, unga sadoqat bilan
xizmat qilish, uning mustaqilligi, tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida
fidoyilik ko‘rsatib yashashga aytiladi.

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish