“Milliy an`ana va qadriyatlar” mavzusida tayyorlangan dars ishlanmasi



Download 13,63 Mb.
Sana22.07.2022
Hajmi13,63 Mb.
#838889
Bog'liq
Milliy Qadriyat~1

“Milliy an`ana va qadriyatlar” mavzusida tayyorlangan dars ishlanmasi

  • “Insoniyatning ko`p yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo`ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o`ziga tobe` qilib, bo`ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo`lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga ya`ni eng buyuk boyligi bo`lmish milliy qadriaytlari tarixi va ma`naviyatidan judo qilishga urinadi.”

Mavzu: Milliy an`ana va qadriyatlar.

  • 1. An`ana va qadriyat tushunchasi.
  • 2. O`zbekiston mustaqillikka erishgach milliy an`ana va qadriyatlarni tiklanishi.
  • 3. Milliy an`ana va qadriyat
  • a) milliy hunarmandchilik.
  • b) milliy kuy-qo`shiqlar va o`yinlar.
  • c) milliy umumxalq bayramlari.

An`ana – Jamiyat hayotining turli sohalari va kishilar o`rtasidagi moddiy va ma`naviy aloqalarni avloddan-avlodga o`tishidir. An`analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr talabiga javob bergan an`analar unitilmaydi. An`analar kishilarni boshqarish, uyushtirish, ularni hamjihatligini ta`minlash xususiyatiga ega bo`ladi.

Qadriyat – qadr so`zidan kelib chiqqan bo`lib qadrlash degan ma`noni anglatadi. Millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega bo`lgan xususiyatlar milliy an`ana va qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, tili, ma`naviyat va madaniyati bilan bog`liq holda nomoyon bo`ladi

Xalq turmush tarzi va ma`naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil etadi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma`naviy tiklanishlar, azaliy qadriyatlarni tiklash deyish mumkin. 1980-yillar o`rtalarida o`zbek xalqi azaldan sevib-ardoqlab kelgan urf-odatlar va marosimlar, bayramlar cheklab qo`yildi. Ba`zilarinig o`rniga boshqa bayramlar va marosimlar to`qib chiqarildi. Natijada avvallari nishonlanadigan “Hosil bayrami”, “Qovun sayli”, “Gul sayli” va boshqa xalq bayramlari unutildi. “Navro`z” bayrami avval taqiqlandi so`ngra sun`iy tarzda “Navbahor” bayramiga aylantirildi. Tarixda o`tgan davlat shavkatli arbobi, jahon siyosatinig buyuk namoyondalari bo`lgan Amir Temur, Bobur Mirzo kabi bobolarimiz “bosqinchi”, “qonxo`r”, “Shafqatsiz feodal hukmdor” degan nomlar bilan atalar edi.

Bundan tashqari, dunyodagi eng boy tillardan bo`lmish ona tilimiz faqat og`zaki muomala – ko`chaning tili darajasiga tushirilgan edi. Barcha davlat boshqaruvi ishlari, rasmiy hujjatlar yozishmalar o`zga tilda olib borilar edi. Shu bilan birga kishilarning diniy qarashlari, imon-e`tiqodi ta`qib qilinar, dindor odamlar davlat ishlariga ham qabul qilinmas edilar. Muqaddas ziyoratgohlar esa kimyoviy o`g`itlar saqlanadigan omborxona, hattoki ba`zilari molxonalarga aylantirib yuborilgan edi.

Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu kabi aldovlar, qabixlik va zo`ravonliklarga chek qo`yildi. Mustaqilligimizni dastlabki yillaridanoq milliy an`ana va qadriyatlarimiz, bayramlarimiz, tilimiz, dinimiz hamda ulug` ajdodlarimiz xotirasiga bo`lgan yuksak e`tibor xalqimizga qaytarildi. Buni quyidagi misollarda ko`rish mumkin 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi 1994-yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi 1997-yil – Buxoro va Xiva shahrining 2500 yilligi 1998-yil – Axmad Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi 1998-yil – Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi 1999-yil – Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi 1999-yil – “Alpomish” dostonining 1000 yilligi

2000-yil – Burhoniddin Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi 2000-yil – Imom Motrudiy tavalludining 1130 yilligi 2000-yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi 2001-yil – “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi 2002-yil – Termiz shahrining 2500 yilligi 2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi 2003-yil – Abduxoliq G`ijduvoniy tavalludining 900 yilligi 2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi 2006-yil – Xorazm Ma`mun Akademiyasining 1000 yilligi 2007-yil – Marg`ilon shahrining 2000 yilligi 2007-yil – Samarqand shahrining 2750 yilligi 2009-yil – Toshkent shahrining 2200 yilligi yubileylari nishonlandi.

1-sentabr – Mustaqillik kuni.

  • 1-sentabr – Mustaqillik kuni.
  • 1-oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni.
  • 8-dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
  • 1-yanvar – Yangi yil bayrami. Eng ko`p sovg`alar olinadigan kun.
  • 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
  • 21-mart – Navro`z bayrami.
  • 9-may – Xotira va qadrlash kuni.
  • Iydi ramazon hayiti
  • Iydi qurbon hayitining birinchi kunlari ham bayram sifatida nishonlanadi va dam olish kuni deb e`lon qilinadi.
  • Milliy umumxalq bayramlarimiz
  • MILLIY HUNARMANDCHILIGIMIZ
  • DURDONALARI
  • MILLIY LIBOSLARIMIZ
  • MILLIY, TARIXIY ME`MORIY
  • OBIDALARIMIZ

E`tiboringiz uchun rahmat!

  • Darsimiz to`g`risidagi
  • fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz.

Download 13,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish