O‘zgaruvchan qalbni adashishlardan saqlash uchun
unga tayanch bo‘ladigan kuch – mustahkam ishonch
kårak. Ishonch måhr-muhabbatga, e’tiqodga asos bo‘ladi.
Bu dunyoda eng kuchli muhabbat – ota-onaga, oilaga,
Vatanga bo‘lgan muhabbatdir. Eng mustahkam e’tiqod –
ona yurtga bo‘lgan e’tiqoddir. Bunday muhabbat va e’ti-
qodga to‘la qalbni yångish, salbiy tomonga o‘zgartirish
qiyin bo‘ladi.
Ong-u tafakkur insonning fikrlash, o‘ylash, tahlil etish va
xulosalar chiqarish qobiliyatini bildiradi. Insonning dunyo-
qarashi qalb va ongdagi fikr va såzgilar asosida shakllanadi.
Dunyoqarashi sog‘lom va yuksak odamni soxta g‘oyalarga
ishontirib ham, aldab ham bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |