Milliy g‘oyaning vazifalari reja



Download 26,06 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi26,06 Kb.
#29811
Bog'liq
MILLIY G‘OYANING VAZIFALARI

MILLIY G‘OYANING VAZIFALARI

REJA:

  1. Milliy g‘oyaning bosh maqsadi, tamoyillari, vazifalari.

  2. Mafkuraning asosiy maqsadlari.

  3. Milliy g‘oyaning mohiyati va mazmuni.

  4. G’oya - tafakkurning mahsuli sifatida

Milliy g‘oya odamlarni ezgu g‘oyalarga ishontrish, ularni uyushtirish, olijanob maqsadlar sari safarbar etishda manaviy-ruhiy jihatdan ulkan ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqninng ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalari va faoliyat ko‘rstaishga shayligi uning harakat kechinmalari va faoliyat ko‘rsatishga shayligi uning harakat dasturi bo‘lgan umummilliy g‘oyaga ishonchi bilan belgilanadi. Ana shunday ishonch jamiyat azolarida mustahkam e iqodni shakllantirib, ularni yanada jipslashtiradi, mamlakat fuqarolarini Vatan manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishga chorlaydi.

Bunday mutahkam e’tiqodga ega bo‘lgan va komil ishonch asosida o‘z hayot yo‘lini aniq belgilab olgan inson yot va zararli g‘oyalar tasiriga aslo berilmaydi, o‘tkinchi qiyinchiliklarga bardosh beradi. Unda g‘oyaviy iroda mustahkam bo‘ladi. Shu ma’noda, milliy istiqlol g‘oyasi ham xalqimizning yangi jamiyat qurish borasidagi xarakat dasturi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Milliy istiqlol g‘oyasining maqsad va vazifalari umuinsoniy qadriyat ustuvorligi tamoyiliga to‘la-to‘kis mos keladi. Ular mamlakatimizning jahondagi ilg‘or davlatlar tajribasi asosida mafkuraviy jarayonlarda fikrlar xilma-xilligi va qararshlar rang-barangligi (pluarizm), demokratik erkinliklar va inson huquqlarini saqlashga doir xalqaro andozalarga hamohangligi bilan ham katta ahamiyatga ega. Shu ma’noda milliy istiqlol g‘oyasining maqsad va vazifalari umubashariy tamoyillar, mintaqaviy jarayonlar va milliy manfaatlar o‘rtasidag o‘zaro aloqadorlikni o‘zida aks ettiradi, shu bilan birga, alqimizning iroda-intilishlarini namoyon etuvchi samarali tizimga aylanadi.

Mustaqillik yillarida jamiyatimiz azolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o‘zida ifodala digan milliy g‘oya va mafkurani yaratish ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotimizning muhim sharti bo‘lib qoldi. Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganidek, “Oldimizga qo‘ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo‘lish, g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘q qo‘ymaslik,begona va yot g‘oyalarning xurujidan himoyalanish, banday tajovvuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda”

Mafkuraning maqsadlari bo‘lishi tabiiy, chunki, har qanday mafkura o‘z oldiga muayan maqsadni qo‘yadi. Bu maqsadlar irovard natijaga erishishning yo‘llari, vosita va usullarini belgilaydi. Mafkuraning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

- Odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish;

- Shu g‘oya atrofida uyushtirish;

- G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish;

- Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantirish;

- G’oyaviy tarbiyalash;

- Harakat dasturi bo‘lish.

Quyida milliy istiqlol g‘oyasi nuqtai nazaridan mafkuraning ana shu xususiyatlarining mohiyati va mazmuni bilan qisqacha tanishamiz.

1. Odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish. Mfkura g‘oyalar sistemasi sifatida biror bir g‘oyani targ‘ib etish, kishilarni shu g‘oyanng to‘g‘ri, hayotiy va ilg‘or ekanligiga ishontirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Demokratik jamiyatda amal qiladigan puralizm (fikrlar, qarashlar rang-barangligi) kishilarga o‘z ayotiy manfaatlarni, maqsad va intilishlarini aks etiradigan ilg‘or g‘oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi.

Milliy istiqlol g‘oyasining shakllanishini tahlil qilish jamiyatda biron bir g‘oyaning to‘g‘ri, ilmiy va hayotiyligiga ishonch hosil qilish o‘z-o‘zidan ro‘y bermasligini ko‘rsatadi. Mafkuraga ishonch uyg‘otish, unda aks etgan g‘oyalar tasirida odamlarni safarbar etish funksiyasi muayan shaxslarning faoliyati orqali ro‘yobga chiqadi. Chunki, ishontirmoq – kishilarning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalari, qalbi va shuurirga tasir qilsoqdir. Bu vazifani amalga oshiruvchi kishilardan yuksak insoniy fazilatlar, o‘z g‘oya yo‘lida fidoyilik, bilim, malaka, nutq, mahorati va boshqalar talab etiladi.


  • Fuqarolarni uyushtirish

  • Insonlarni g‘oyaviy tarbiyalash

  • Dunyoqarashlikka safarbar etish

  • Fuqarodarga qarshi zarur immunitetni shakllantirish

  • Jamiyatni isloh qilishning harakat dasturiga aylanishi

  • Jamiyat azolarini yangi yutqlarga erishishda ma’naviy rag‘batlantirish

  • Turli xalqaro va millatlararo demokratik jamiyat qurish ishlariga safarbar etish, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga erishishga tayyorlash

Keng xalq ommasini biron bir g‘oyaning ilg‘or va insonparvar ekanligiga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g‘oya xalq hayotiga yaqin, bevosita daxldor bo‘lishi, ikkinchidan, uni odamlar ongiga yetkazishning eng qulay voita va usullarini aniqlab olish kerak bo‘ladi.

Mustaqillik g‘oyasining o‘zagi bo‘lgan – tanlagan taraqqiyot yo‘limizning to‘g‘ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish, kishilarni ozod va obod Vatan, arkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlariga safarbar etish milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir.

Mafkuraviy targ‘ibot ishlarining muvaffaqiyatini belgilaydigan shunday hayotiy qonuniyat bor: boshqallarni bir g‘oyaga ishontirmoq uchun, aavlo, unga o‘zing yurakdan ishonishing, boshqalarni yondirmoq uchun o‘zing yonishing, boshqalarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoq uchun o‘zng uyg‘oq va bedor bo‘lishing shart! Milliy g‘oyaning xalqparvar, taraqqiyparvar ekanligiga bo‘lgan ishonch kundalik hayot sinovlaridan o‘tsagina, so‘z va ish birligiga erishsagina, bu g‘oya mustahkam e iqodga aylanadi. E iqod ustuvor yerda chinakam insoniy hayot bo‘ladi; e iqod uchun, ilg‘or g‘oya tantanasi uchun kurash jarayonida inson shaxsi shakllanadi; u bunyodkor kuchga aylanadi.

G‘oya asosida kishilarn uyushtirish. Jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydgan odamlar yig‘indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran aynglash kishilarning jamiyat kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e irof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu, ayniqsa, hozirgi o‘tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat azolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir.

O‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir oilaga mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttssil va izchil tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat xislatlari uzluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning mahsuli bo‘lgani kabi, jamiyatning g‘oya xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlar atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik, totuvlik, o‘zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil tarbiya vositasida amalga oshirila. Shu ma’noda aytish mumkinki, milliy istiqlol g‘oyasi kishilar ongiga teran singishi bilan ular umumiy maqsad sari intiluvchi mslakdoshlarga aylanadilar.



G‘oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. Mafkuraning bunyodkorlik funksiyalaridan biri ilg‘or g‘oyani amalga oshirish uchun kishilarni safarbar etishdir.

Mafkurada ifoda etilgan g‘oya va maqsad jamiyatdagi ko‘plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyati dasturiga asos bo‘ldi, ijtimoiy rivojlanshga kuchli turtki beradi. U jamiyatda ro‘y beradigan tub o‘zgarishlarga zamin yaratadi, unga keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlaydi, so‘ngra bunyodkorlik ishlariga safarbar etadi.

Jahon tarixida bunga misollar juda ko‘p. Bunyodkor mafkuranng safarbar etuvchi roli tub ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlarda, jamiyat hayotidagi ma’naviy o‘zgarishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Buni xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashida, turli bunyodkorlik ishlarida, chunonchi hashar yo‘li bilan suv inshootlari, ko‘priklar, yo‘llar, shahar va qishloqlar qurishdaig umumiy safarbarlik ishlarida ko‘rish mumkin.

Jamiyatda turli sotsial guruhlar, sinflar, qatlamlar mafkura asosida siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga o‘z munosabatlarini belgilaydilar. Biroq, mafkuraning safarbar etuvchilik xususiyai sotsial o‘zgarishlar jarayonida doim ham ko‘zga aniq tashlanavermaydi, balki, tub ijtimoiy o‘zgarishlar davrida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakat mustaqilligi va yaxlitligiga tahdid soladigan mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda kishilarni Vatan istiqloli, ravnaqi yo‘lida jipslashtirish va safarbar etishda milliy mafkura muhim rol o‘ynaydi.

Siyosiy kurashlar davrida aholining juda oz qismini va tor doiradagi manfaatlarni ko‘zlovchi, buzg‘unchilikni maqsad qilib olgan mafkuralar ham dunyoga kelishi mumkin. Bunday mafkuraga ega bo‘lgan gurular bilan aholining asosiy qismini tashkil etuvchi guruh va sinflar o‘rtasida mafkuraviy masalalarda turli ixtiloflar kelib chiqadi. Zero, Prezidentimiz takidlagani kabi: “Xalq – o‘zining ming yillik anana va tajribalari, so‘nmas xotirasi va buyuk tuyg‘lari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch. Yolg‘onga, aldovga duch kelgan paytda uning asriy qadriyatlari, doimo uyg‘rq vijdoni tilga kiradi, nahaqlikka, qabihlikka, qarshi kurashga davat etadi”[2]Mafkuraning safarbar etuvchilik funksiyasi, ayniqsa, mafkuraviy kurashlar jarayonida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Zero, mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashgan davrda maqsadga erishishning qo‘pol vositasidir, xususan bosqinchilik, terror, qo‘poruvchilik, inqilobiy usullar ishga solinishi mumkin. Bu – mafkuraviy kurashning o‘ta qo‘pol va g‘ayriinsoniy usullari bo‘lib, ularga qarshi turashda sobitqadamlik, bardosh, sabot va faollik talab qilinadi.

Bu jarayonda bunyodkorlik g‘oyalari bilan qurollangan keng xalq ommasining ideallari, manfaatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi mafkuragina insonparvarlik, taraqqiyparvarlik tamoyillari asosida mamlakat, xalq taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo‘ladi, kishilarni ezgu ishlarga davat etadi.



Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash. Mafkura taraqqiyotning eng og‘ir, murakkab davrida, ayniqsa bir jitimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o‘tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Ana shu sababdan ham chinakam milliy mafkura bo‘lgan istiqlol g‘oyasi o‘zining jozibasi bilan kishilarni o‘z kuchiga ishonishga, istiqbolga umid bilan qarashga davat etadi. Ana shu sabbadan ham chinakam milliy mafkura bo‘lgan istiqlol g‘oyasi o‘zining jozibasi bilan kishilarni o‘z kuchiga ishonishga, istiqbolga umid iblan qarashga davat etadi. Unda xalq fantaziyasi, orzu-umidlarining qay darajada aks etishi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, to‘q, farovon va baxtli hayot qurish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, millatlararo totuvlik, tinchlik, do‘stlik yer uzidagi barcha xalqlarning azaliy orzusidir. Demak, milliy istiqlol mafkurasining hayotiyligi, tasirchanligi xalq orzu-umidarini nechog‘li to‘la va yorqin aks ettirishi, ularni ro‘yobga chiqarishning yo‘llari va vositalarini qay darajada to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liqdir.

Zero, jamiyat azolari milliy istiqlol mafkurasida o‘z hayotiy manfaatlari, orzu-umidalari ifodasini ko‘rsagina odamlarni ruhan bardam, uyg‘oq va faol qila oladigan kuchga aylanadi.



G‘oyaviy tarbiyalash. Jamiyatdagi mavjud g‘oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozitsiyani tarbalash mafkuraning yana bir muhim maqsadidir. G‘oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Har qanday axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayan g‘oyani himoya qilish, targ‘ib etish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Xususan, yovuzlik, behayolik, shafqatsizlikni targ‘ib etish orqali yoshlarni axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan badiiy falmlarda jamiyat barqarorligiga rahna solishdan iborat mafkuraviy maqsad yashiringandir. “Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qarbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Xatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki ular bunday uydirma talqinlar tasirida qo‘l urayotgan ishi qanay ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi”[3]Binobarin, g‘oyalar oshkora yoki yashirin, bevosita yoki bilvosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ramziy ashkllarda targ‘b etilishi mumkin. Inson faoliyati aniq bir g‘oyaviy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu niyat ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydi. G‘oyaviy tarbiyaning asosiy maqsadi kishilrda hushyorlik, yezgirlik hissini shakllantirish, yot va zararli g‘oyalarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini shakllantirshdan iboratdir.

G‘oyaviy immunitetni shakllantirish. G‘oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e ibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir.

Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga br xil g‘oyani zo‘r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g‘oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo‘lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir.

Manfaatlar bor yerda muqarrar g‘arazli, nopok g‘oyaviy niyatlarni amalga oshirish uchun intilishlar ham bo‘ladi. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni tarbiyalashda ijtimoiy fanlar muhim rol o‘ynaydi. G‘oyaviy immunitetni shakllantirish – g‘oyaviy-tarbiyaviy ish samaradorliginining muhim mezoni hisoblanadi.

Harakat dasturi ekanligi.

Mafkura jamiyatda ijtimoiy-siyosiy harakatning o‘ziga xos dasturialamali bo‘lib xizmat qiladi. Chunki u bugungi kun muammolarini hal etish uchun odamlarni jipslashtirish va safarbar etish zaruriyatidan vujudga kelsa-da, ayni vaqtda uzoq itiqbolni ko‘zlaydi. Tarixiy davr o‘zgarishi bilan milliy mafkurani yanada takomillashtirish, yangi mazmun bilan boyitish zaruriyati vujudga keladi.

Insoniyat taraqqiyotga intilar ekan, ugda bunyodkorlik hissi mavjud ekan, ilg‘or g‘oyalar dunyoga kelaveradi. Bosqinchilik, talonchilik intilishlari buzg‘unchilik g‘oyalar tasirida yuzaga chiqadi. Shu boisdan ham bunday zararli g‘oyalarga qarshi kurashga doiml tayyor turish, yot g‘oya va mafkuralardan ogoh bo‘lish hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatimizning ko‘pmillatli xalqi ongida “O‘zbekiston-agona Vatan” degan tushunchani qaror toptirish istiqlol mafkurasining muhim vazifalalridan biridir. Bunda “Yagona Vatan” g‘oyasi o‘zining tub mohiyati bilan milliy mustaqilligimizga putur yetkaziladigan mahalliychilik, oshna-og‘aynichilik illatlarini tag-tomiri bilan yo‘qotishda, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Vatan ravnaqi, el-urt tinchligi va xalq farovonligi uchun fidoyilik iymon-e iqodli ajdodlprimizdan bizgacha yetib kelgan buyuk merosdir. Chut el bosqinchilairga qarshi sabot-matonat bilan kurashgan Shiroq, To‘maris, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari ulug‘ sarkarda va xalq qahramonlarining jasorati bugungi kunda ham vatandoshlarimizda faxr va g‘ururlanish tuyg‘usini kuchaytiradi. Mustabid tuzum qatag‘onlarining qurboni bo‘lgan Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir va boshqalalrning jasorati el-urtimiz mustaqilligi, ozodligi yo‘lidagi fidoyilikning yorqin namunasidir. Xalqimiz ongiga iymon-e iqod, halollik, insof-diyonat, mehnatsevarlik, sahiylik fazilatlarini singdirish milliy istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir. Milliy mafkura asosida amalga oshiriladigan barcha vazifalalr oxir-oqibatda yagona maqsadga – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlag, brtimizni ozod va obod etish, farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Bu mafkuraning quyidagi muhim xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

O‘zbekiston xalqining tub manfaatlarini ifoda etish. Prezident Islom Karimov bu muhim xususiyat to‘g‘risida: “Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashamaydi. Binobarin, toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o‘z taraqqiyot yo‘lini, ertangi ken ufqlarini o‘zining milliy g‘oyas, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi... Mafkuraning hayotiyligi uning xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘lik mos bo‘lishi, eng muhimi, jamiyatning milliy manfaatlarini, orzu-intilishlvrini qay darajada aks ettirishi bilan belgilanadi”[4]- deb yozadi.

Milliy mafkura xalqning maqsd va intilishlarini ifoda etadi, xalq ruhini o‘taradi, uni ezgulik va bunyodkorlik ishlariga davat etadi,jamiyat duch kelgan muammolar yechimnm topishga yordam beradi.



O‘tmishni kelajak bilan bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik ekanligi. Milliy mafkura bir necha avlodlarning aql-zakovati bilan yaratiladi, u keyingi avlodlar tomonidan yangi mazun bilan boyitib boriladi. Ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasidagi vorislik milliy mafkurada o‘z aksini topadi. Chunki unda ajdodlarning asriy orzu-umidlari mujassam bo‘ladi. Milliy mafkura o‘ziga xos estafeta sifatida bugungi avlodni ajdodlpr bilan bog‘laydi, milliy qadriyat sifatida ezozlanadi. Milliy mafkurainng hayotiyligi millatning faolligidan dalolat beradi. Prezidentimiz so‘zari bilan aytganda, milliy mafkura xalqning xalq, millatning millat bo‘lishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda “Jahon tajribasiga nazar tashlasak, millatnnig millat bo‘lishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi, millatning mafkurais bor emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Milliy mafkurning yana bir muhim xususiyati kishilarni buyuk maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar etuvchi kuch ekanligidadir. Tarixning muayan bosqichlarida chet el bosqinchilariga qarshi kurash. Vatan mustaqilligi uchun kurash, el-urtni obodanlashtirish g‘oyasi jadodlarimizni ezgu maqsadlar atrofida bir tan-bir jon bo‘lib birlashishiga davat etgan. Bunga, 20-yillarda o‘lkamizda keng quloch yoygan milliy ozodlik harakati misol bo‘lishi mumkin.

Milliy mafkura jamiyat azolari bunyodkorlik faoliyatining o‘ziga xos mezonidir. Xalqning intelektual – ma’naviy salohiyati milliy istiqlol g‘oyalarini qay darajada hayotga tatbiq eta olishida, ajdodlar orzu-umidini qay darajada ro‘yobga chiqara bilishida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Milliy mafkurainnig yana bir muhim xususiyati kishilarni yaratuvchan faoliyatga safarbar etishi, g‘oyaviy hisoya vositasi ekanligini bilan belgilanadi.



Milliy mafkurani yosh avlodni tarbiyalashning beqiyos omilidir. Chunki, u “xalqning, millatning o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan o‘lmas e iqodidir”. (I.Karimov)

Milliy g‘oya yoshlar hayotining ma’nosi va mazmunini belgilaydi, millat, Vatan ravnaqi, buyuk kelajakni barpo etish uchun yashash va kurashsh chinaam insoniy saodat ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. Mustaqil fkirga ega bo‘lgan, o‘z kuchiga, o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishongan inson porloq kelajakka dadil intilish bilan yashaydi. U jamiyatdagi fikrlarxilma-xilligidan cho‘chimaydi, balki zamonaviy bilim va hayot haqiqatiga suangan holda har qanday g‘arazli niyat, tahdid va nitilishlarni fosh qilishga qodir bo‘ladi.

Xullas, milliy istiqlol g‘oyasi o‘zining eng oliy maqsadi, vazifalai va xususiyatlairga ega. Uning oliy maqsadi yurtimizda ozod ap lbld Vatan, erkin va farovon hayot, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik daiyatini barpo etish yo‘lida xalqimizni jipslashtirish, kiishlar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini kamol toptirish, komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimida mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolaveradi.

“G’oya” tushunchasi ma’lumki, inson o‘zining aql-zakovati iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.

Mafkura esa muayan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari, orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir.

Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va talimotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, tasirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g‘oya”, “mafkura”, “idea” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Idea va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idea iborasi on yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, u ideologiya so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi talimotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:

- G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.

- Muayan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo‘lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, sanat va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Ma’lum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi.

Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

- Ilmiy g‘oyalar;

- Falsafiy g‘oyalar;

- Diniy g‘oyalar;

- Badiiy g‘oyalar;

- Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar;

- Milliy g‘oyalar;

- Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.

G‘oyalar to‘g‘risidagi bilimlarga insoniyat tarixiing eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e ibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G‘arb mamlakatlarida “idea” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Idea” grek tilidagi “idea” so‘zidan olingan bo‘lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko‘rinish” degan ma’nolarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o‘zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma’nolarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to‘g‘risidagi talimotini asolar ekan, g‘oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni obyektiv reallik sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va bo‘linmas zarra – atomlarni idealar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, idea – barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.



Ko‘pgina mutaxassislarning fikricha, qadimgi dunyoda g‘oya va mafkura tushunchalari qariyb bir xil ma’noda ishlatilgan. Bunda asosan ushbu tushunchalarning inson dunyoqarashi va e iqodini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatiga ko‘proq e ibor berilgan. Masalan, hozirgi dinshunoslikda dining ilk shakllari deb talqin qilinadigan “animizm”, “totemizm”, “fetishizm” kabi oqimlar talqini misolida bu hol yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ularning har biri muayan g‘oyaga ishonch va e iqod hamda ularni bir qadam mutlaqlashtirish natijasida dunyoga kelgan. Ular o‘z davrida yoki qabilani, el yoki elatni birlashtirish, ularning dunyoqarashini ma’n aviy tartibga solish va muvofiqlashtirish uchun mezon bo‘lib xizmat qilgan. Aynan ana shu ma’nodagina ularni mafkura vazifasini bajargan e’tiqod shakllari deyish mumkin.
Download 26,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish