HALOL MÅHNAT – MA’NAVIY
YUKSALISH GAROVI
Aziz o‘quvchi, agar yon-atrofdagi olamga diqqat bilan nazar
solsangiz, o‘zingiz, kålgusi hayotingiz uchun ibrat bo‘ladigan ko‘p
narsalarga guvoh bo‘lasiz. Oyog‘ingiz ostiga qarang: yuzlab,
minglab chumolilar tinim bilmasdan måhnat qilayotgani – uyasiga
zarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi,
uchinchisi yordamga kålyapti, birortasi chåtga chiqib, «qo‘l
qovushtirib» turgani yo‘q. Ular uchun yår ostidagi mana shu
kichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yårda tinch, osoyishta,
xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turg‘izgan, mittigina
vujudlariga shijoat, qildåk oyoq-qo‘llariga g‘ayrat baxsh etgan.
Holbuki, bular – biz «ongsiz», «aqlsiz» sanaganimiz qumurs-
qalar, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |