Millatlar va diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida do‘stlikni kuchaytirish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita faoliyati



Download 18,91 Kb.
bet2/2
Sana20.07.2022
Hajmi18,91 Kb.
#829807
1   2
Bog'liq
Millatlar va diniy konfessiyalar vakillari o

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita faoliyati

Konfessiyalararo muloqot madaniyatini rivojlantirish uchun Din ishlari bo’yicha qo’mita huzurida Konfessiyalar ishlari jamoatchilik kengashi tashkil etilgan bo’lib, uning tarkibiga respublikadagi ko’p sonli diniy konfessiyalar etakchilari kirgan. Respublika hududida istiqomat qilayotgan va 16 xil konfessiyalarga mansub bo’lgan 130 dan ortiq millat va elatlarning mavjudligi davlat va hukumatning diniy sohaga bo’lgan e’tiborini yanada oshiradi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi xalqaro huquq normalari shartlariga to’liq javob bera oladigan huquqiy poydevor yaratgan. O’zbekistonda, Respublika Konstitustiyasida qayd etilganidek, fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinliklari masalalariga alohida ahamiyat qaratilib kelinmoqda hamda ularga diniy ta’lim olish, xayriya ishlarini olib borish, ziyoratlar tashkil etish, turli konfessiyalar orasida muloqot o’tnatishda teng huquqlar berilgan. Mustaqillik yillarida 60 mingdan ziyod O’zbekiston Respublikasi fuqarolari Saudiya Arabistoniga Haj marosimiga va 1000 dan ortiq fuqarolar xristian va yahudiylar uchun muqaddas bo’lgan Rossiya, Grestiya va Isroildagi maskanlarni ziyorat qilishga muvaffaq bo’ldilar. Davlat tomonidan ziyoratchilarga har tomonlama yordam ko’rsatilmoqda - maxsus samolyotlar ajratilmoqda, ularga tibbiy yordam ko’rsatilmoqda, xorijiy valyutani almashtirishda, hamda respublikadan chiqish va mamlakatga kirish vizalarini rasmiylashtirishda imtiyozlar berilmoqda. Respublikada Qur’oni karim, Qadimgi Ahdning 16 kitobi va Yangi Ahd to’liqligicha o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Yuzlab masjid, cherkov va ibodatxonalar, shu jumladan, Toshkent, Samarqand va Navoiydagi pravoslav ibodatxonalari, Toshkentdagi katolik kostyoli, Samarqanddagi Arman cherkovi qurildi va ta’mirlandi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog`iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent Islom instituti, 9 madrasa va 2038 masjid faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston musulmonlari idorasi islomiy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi bo’lib, musulmonlarni ma’naviy birlashtirish, Respublika fuqarolariga ma’naviy ko’mak va xayriya ishlarini tashkil etish bilan shug`ullanadi. O’zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarga diniy ahkomlarni emin-erkin amalga oshirishlari, musulmonlar birligi va yakdilligining kuchaytirilishi, Respublikada konfessiyalararo munosabatlarning ishlab chiqilishi va olib borilishi yuzasidan faoliyat olib boradi. Respublikadagi diniy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida Toshkent Islom instituti va o’rta maxsus islom bilim yurtlari - madarasalar ochilgan. O’zbekiston musulmonlari idorasi oyda ikki marta chiqadigan "Islom nuri" gazetasi va oylik "Hidoyat" jurnallarini chop etadi, idora huzurida mustaqil "Movarounnahr" nashriyoti faoliyat olib boradi. O’zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, 16 konfessiyaga taalluqli bo’lgan 158 ta noislomiy diniy tashkilotlar, shu jumladan, pravoslav, katolik, lyuteran, baptist, to’liq injilchi, adventist va boshqa xristian cherkovlari, buxoro va evropa yahudiylari, bahoiylar, krishnachilar va buddaviylar jamoalari ham faoliyat olib bormoqda. Respublika Hukumatining barcha xalqaro huquq normalariga javob beradigan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida olib borayotgan siyosati natijasida Respublika hududida osoyishtalik, dinlararo va millatlararo birlik hamda fuqarolar vijdon va e’tiqod erkinligi haq-huquqlarining kafolatlatnishi ta’minlangan. Masjidlar, cherkovlar va ibodat uylarining qurilishi, ularning davlat ro’yxatiga olinishi mahalliy hokimiyatlar, o’z-o’zini boshqarish organlari va adliya idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazish jarayonida diniy tashkilotlar Nizomlarining amaldagi qonunchilikka to’g`ri kelishligi, diniy ibodatlar uchun mo’ljallangan bino va imoratlarning sanitar va yong`in xavfsizligi shartlariga alohida ahamiyat qaratiladi.
Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi va mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari hamkorligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini o‘rganish, uning ijrosini ta’minlashda partiya oldida turgan vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Z.Umarov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, ahillik va totuvlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekistonda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ahil-inoq yashab, jamiyat hayotini ravnaq toptirish yo‘lida samarali mehnat qilayotir. 

– Mamlakatimizda boshqa millat vakillari kabi koreys millatiga mansub aholining bilim olishi, o‘z ona tilini o‘rganishi, urf-odat va an’analarini rivojlantirishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi raisi Viktor Pak. – Davlat va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan, yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘layotganlar orasida turli millat vakillari borligidan faxrlanamiz. Bu Vatanimizda barcha millat vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratilgani samarasidir. Prezidentimiz farmonini o‘qib, mamlakatimizda millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilishiga amin bo‘ldik. 

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi tashkil etilgan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. 
Download 18,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish