Millat va milliy o’zlikni anglashning tarixiy zaminlari Millat yuksalishining tarixiy omillari Millat sha’ni yuksaltirish imkonlari



Download 35,47 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi35,47 Kb.
#684392
Bog'liq
millatlararo munosanat


Reja


  1. Millat va milliy o’zlikni anglashning tarixiy zaminlari

  2. Millat yuksalishining tarixiy omillari

  3. Millat sha’ni yuksaltirish imkonlari

Milliy o‘zlikni anglash murakkab jarayon qisoblanadi. U mil-lat mustaqil «men»ligining asosiy omillaridan biri bo‘lganligi uchun uni o‘rganish, takomillashuv jarayonini taxlil qilib borish-ga extiyoj o‘sib boraveradi. Uning millatning asosiy belgilari-dan biri qaqidagi konseptual g‘oyalarimizni avval e’lon qilgan kitobimizda ilgari surishga qarakat qilgan edik.Endi esa globallashuvning avj olishi sharoitida milliy o‘zlik-ni anglashni rivojlantirish zaruriyati kuchayib borishining sa-bablari, unga ta’sir o‘tkazadigan ijobiy va salbiy omillar qaqida o‘z fikr-muloqazalarimizni bildirishga qarakat qilamiz.


Avvalo, shuni aloqida ta’kidlash lozimki, mustaqilligimiz-ni qo‘lga kiritganimizdan keyingi o‘tgan davr ichida bir qator faylasuf, tarixchi, adabiyotchi olimlar o‘zbek xalqining shaklla-nish jarayoni va tarixiga oid bir qator asarlar e’lon qildi-lar. Ular orasida o‘zbek millatining CHor Rossiyasi va sobiq SHo‘rolar hukmronligi sharoitida boshidan o‘tkazgan ayanchli aqvo-li va mustaqillik sharofati bilan o‘zi tanlagan yo‘ldan sobit-qadamlik bilan rivojlanayotganligiga bag‘ishlangan asarlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. SHuning bilan birga «millat», «mil-liy mentalitet», «milliy g‘oya» , «milliy o‘zlikni anglash», «mil-liy g‘urur», «millat sha’ni», «milliy iftixor» va boshqa bir qator tushunchalarga ilmiy ta’rif berish va ularning moqiyati-ni ochib berishga bag‘ishlangan bir qator asarlar qam chop etil-di.8 Ammo «milliy o‘zlikni anglash» tushunchasi, uning mazmun-mohiyatini ochib beradigan maxsus fundamental falsafiy asar-lar bugungi kungacha yaratilgani yo‘q. Globallashuvning milliy ma’naviyatimizni ichidan va tashqarisidan emirayotgan jarayoni kuchayayotgan bugungi kunda ana shunday fundamental asarlarga ehti-yoj yaqqol sezilmoqda.
Bugun shu narsa ayon bo‘lmoqdaki, tashqaridan qaraganda, global-lashuv mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyalashuvini tezlash-tirmoqda, unda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilishga o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda va shu yo‘l bilan yuksak taraqqiy qilgan mam-lakatlarning kam taraqqiy qilgan va endi mustaqil taraqqiyot yo‘li-ga kirgan mamlakatlarga ko‘rsatayotgan «yordamlari» oshib bormoq-da. Agar ana shu jarayonga chuqurroq qaraydigan bo‘lsak, ikkita sal-biy oqibatlarning yuzaga kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘la-di. Ular yuksak taraqqiy qilgan mamlakatlarning kam taraqqiy qilgan va endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirib borayotgan mamla-katlarga o‘z texnika, texnologiya va fan yutuqlari natijalarini olib kirish yo‘li bilan resurslarini egallab, katta foyda olmoq-da. Qolaversa, yuksak taraqqiy qilgan mamlakatlar kam taraqqiy qilgan mamlakatlar iqtisodiyotiga o‘z investitsiyalarini jalb qilish orqali nafaqat foyda olmoqda, shuningdek, ularning iqti-sodiyotini o‘zlariga bog‘lab qo‘ymoqdalar. Xuddi ana shu ikki omil vositasida ular milliy ma’naviyatlarini ichidan va tashqarisidan emirilishini osongina amalga oshirmoqdalar. Ana shunday sharo-itda ularning o‘tkazayotgan nayranglaridan ogoh bo‘lish va x.imoya-lanishning katta omillaridan biri milliy o‘zlikni anglashni ri-vojlantirish hisoblanadi.Bugun milliy o‘zlikni anglashni rivojlan girishni millatning qaramlikdan qutilish uchun olib borilgan kurashga kuch-quvvat va il-hom bag‘ishlagan davrigacha qaraganda ham yuqori, kerak bo‘lsa yangi bosqichga ko‘targan holda rivojlantirishga ehtiyoj oshib bormoqda. CHunki millatimizning qaramlik holatida zo‘ravonlarning olib bor-gan siyosati natijalarini har bir millatdoshlarimiz har qadamda sezar edi va unga qarshi kurash olib borish zarurlshtshi anglab etgan edi. Ammo globallashuv jarayoni o‘ta murakkab. Uning iqtisodiy mu-ammolarni hal qilishga o‘tkazayotgan ijobiy ta’siriga mahliyo bo‘lib, uning millatimiz milliy-ma’naviy qashshoqlashuviga etaklayotgan-ligi anglanmay qolish xavfi nihoyatda kattadir. Bu jarayonni qan-day bo‘lsa shundayligicha anglash, uning turli sohalarga o‘tkazayotgan ta’sirini tushunib olish, millat istiqboli nimalarga bog‘liq ekan-ligini bilib olish uchun milliy o‘zlikni anglashnn rivojlantirish-ni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi kuchayib bormoqda.
Milliy o‘zlikni anglash shunday omilki, uni yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarish yo‘li bilangina millatni har qanday zararli ta’sirlardan ximoya qilish mumkin. CHunki u millatdagi manfaat, iftixor, g‘urur, sha’n, or-nomus, e’tiqod va mas’uliyat kabi qadri-yatlarni abadiylashtiruvchi yuksak darajadagi ma’naviy qadriyat hisoblanadi.
Milliy o‘zlikni anglash har bir tarixiy taraqqiyot bosqichida rivojlanib va takomillashib boradi. Ammo bu jarayon h_ech qachon stixiyali ravishda kechmaydi, balki tarixiy taraqqiyot bosqichlari-ning millat oldiga qo‘yadigan, ularning millat ruhiyati, ma’naviya-tiga ko‘rsatadigan ta’sirlariga qarab rivojlanadi. U o‘zining or-nomusi, qadriyati, sha’ni, g‘ururi toptalganligini sezsagina yoki o‘z taraqqiyoti davomida yuzaga keladigan muammolarni h_al qilish za-ruriyatini anglasagina milliy o‘zlikni anglash rivojlanishi tez-lashuvi, kerak bo‘lsa unda «portlash» sodir bo‘ladi. Aks holatda uning rivojlanish jarayoni evolyusion tarzda sekin kechishi davom etaveradi. Ana shu fikrimizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, qaramlik-dan qutulish uchun kurash davri milliy o‘zlikni anglash rivojlani-shining sokinlik davri emas edi. SHuning bilan bir vaqtda musta-qillikni qo‘lga kiritgandan keyin u yangi sharoitda boy berilgan imkoniyatlarni toptalgan milliy urf-odat, an’ana va qadriyatla-rimlzning qayta tiklanishida katta omilga aylandi.
Bugun o‘zbek millati yangi sharoitda va yangi zamonda yashamoqda. U mustaqillik yillarida qanchalik ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga ki-ritgan bo‘lmasin, globallashuvning kuchli bosimi ostida yashashga maj-bur bo‘lmoqda. Ammo aholimizning turli tabaqalari o‘rtasida o‘tka-zilgan yuqoridagi sotsiologik so‘rov natijalariga qaraydigan bo‘lsak, uning ana shu bosimi milliy ma’naviyatimizga o‘tkazayotgan ta’siri darajasida anglanmayotganligi, tushunib etilmayotganligi ma’lum bo‘lmoqda. Bu millatning o‘zligini anglashi rivojlanishida bir qadam «sokinlik» yuzaga kelmoqda deganidir. Bu h_ali millatimizning shakl-lanish jarayonining davom etayotganligi, bozor munosabatlari shakl-lanishi sharoitida yuzaga kelayotgan muammolar va kundalik hayot qo‘yayot-gan muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday muammolarning qamrovi nechog‘li keng bo‘lmasin ular echimining muhim omili milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish hisob-lanadi. Bu vazifani amalga oshirishga ob’ektiv sabablar va sub’ek-tiv omillar majbur etayotganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.Milliy o‘zlikni anglash millat abadiyligini ta’minlaydigan omillardan biri sifatida ana shu sabab va zaruriyatga mos ravish-da takomillashib boradi. Bu jarayonda uning ilgari mavjud bo‘lgan qirralari takomillashadi va yangilari vujudga keladi. Ammo ular-ning hammasi faqat millatning ehtiyoji va manfaatlari o‘sib borishi doirasi bilan cheklanmasdan, shuning bilan birga har bir tarixiy bosqichda milliy hayotga nisbatan amaldagi xrkimiyatning olib boradigan siyosati va millatlararo yuzaga keladigan munosa-batlar bilan qam bog‘liq bo‘ladi. Milliy o‘zlikni anglashning mil-latning muqim belgisi ekanligini ushbu satrlar muallifining yuqorida ko‘rsatilgan asarida batafsil to‘xtalganligini hisobga olib, endi uning ichki va tashqi salohiyati ustida to‘xtalamiz.
Milliy taraqqiyotning nafaqat ayrim olingan ilgari qaram bo‘lgan, bugungi kunda esa mustaqillika erishgan millatlar, shu-ning bilan birga butun jahon misolida, qatto taraqqiy etgan mil-latlar yoki qashshoqlikning eng og‘ir kunlarida o‘z boshidan kechira-yotgan millatlarning bugungi hayoti va intilishlarini tahlil qilish ko‘rsatmoqdaki, ularni qarakatga va jo‘shqin qayot kechiri-shiga safarbar etuvchi kuch bu - qar bir millatning o‘zini anglash omili hisoblanadi. Bu xulosa quyidagilarga asoslanadi: birinchi-dan milliy o‘zlikni anglash jarayonidagi «portlash» holati yuzaga kelishida birinchidan, milliy o‘zlikni anglash rivojida millat-ning umumiy tan olingan belgilari (iqtisodiy, hududiy, tilning umumiyligi va madaniyati, an’ana, odatlari xususiyatlari va boshq-alar) milliy rivojlanishdagi taraqqiy etayotgan yo‘nalishlarni to‘liq ifodalay olmaydi. Ammo ilmiy maqolalarda hamon millat-ning rivojlanishida iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy omillar aso-siy omillardir, albatta, uning etakchiligini inkor etib bo‘lmay-di degan fikr qat’iy bo‘lib kelayotganligi ko‘zga tashlanmoqda. Boz ustiga bu omillarning o‘zaro aloqasi hamda bir-birini taqozo eti-shi ularning dialektik birligida ko‘rilib chiqilayotgani yo‘q. Ay-rim qollarda esa milliy o‘zlik anglashning o‘sishi to‘g‘risidagi ij-timoiy hayotni baynalminallashtirishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida gapirilib, uning oqibatida yuzaga kelgan muammolar va ziddiyatlar e’tibordan chetda qolmoqda.Milliy o‘zini anglash o‘z tabiatiga ko‘ra emotsional xrdisadir va uning haqiqiy qiyofasi millatning manfaatlarini, or-nomus, g‘urur va qadriyatlarini ximoya qilishda namoyon bo‘ladi. Milliy rivojla-nishda eqtiyojlarning real hayot bilan nomuvofiqligi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy soqalarda o‘z-o‘zidan unchalik sezilar-li ko‘zga tashlanmaydi, ular milliy o‘zlikni anglashda, uning moddiy kuchga aylanishida o‘zining to‘liq aksini topadi. Moddiy va ma’na-viy qadriyatlar taqsimotida adolatsizlik qukm surgan sharoitda milliy o‘zlikni anglash qudratli moddiy kuchga aylanib, millatla-raro munosabatlar soqasidagi ziddiyatlarni jonlantiruvchi omil bo‘lib yuzaga chiqadi va umummilliy millatni harakatga keltiradi. Milliy jarayonlar rivojlanishining xozirgi tarixiy bosqichi ko‘rsatishicha, iqtisodiy va siyosiy omillar millat rivojlanishida muhim omil qisoblanadi, ammo milliy o‘zlikni anglashni hisobga olmaslik iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy omshsharning salohiyati-ni to‘laqonli ko‘rsatishga xalaqit beradi. YA’ni uning aks ta’siri jarayoni o‘zining ifodasini topa olmaydi. Ikkinchidan, millat mavjud ekan milliy o‘zlikni anglashning tendensiyasi barqarorlik xarakterini kasb etadi. CHunki millatning mustaqil sub’ekt ekan-ligini xuddi ana shu omil belgilab beradi. Bundan iqtisodiy, ij-timoiy-siyosiy salohiyatning qoldiq sharoitlarida har bir millat o‘zini saqlab qolishga harakat qilishi xaqiqat ekanligi kelib chi-qadi.Milliy o‘zini anglashning qaror topishi ijtimoiy taraqqiyot-ning muhim omili hisoblanishi bilan birga u jamiyatning yangila-nib borishiga va millat ehtiyojlarining kuchayib borishini ta’-minlaydi. Ayni bir vaqtda u jamiyatdagi og‘riq joylarni yuzaga chiqishga olib kelishida ham ustuvor omilga aylanishi mumkin. Ana shu xulosalarga asoslanib milliy o‘zlikni anglashga quyidagicha tasnif berish mumkin: har bir millat (elat) ning o‘zini real mavsubligi, manfaatlar hampa ehtiyojlar umumiyligini tushunib eti-shi milliy o‘z-o‘zini anglash deyiladi.Milliy o‘z-o‘zini anglash millat shakllanishining ma’lum nis-biy yuqori bosqichi mezonidir. Millat o‘ziga xos bo‘lgan urf-odat-lar, an’analar, qadriyatlarni shakllantirishi va davlat atrofiga birlashishlari mumkin. Ammo uning milliy o‘z-o‘zini anglash dara-jasiga ko‘tarilishi murakkab jarayon hisoblanadi. CHunki u millat vakillari aksariyat ko‘pchilik qismining moddiy va ma’naviy boy-liklariga ega ekanligi hissiyotining, tor darajada mavjud bo‘lish manfaatlaridan umummillat manfaatlarini ustuvor qo‘ya bilish darajasiga ko‘tarila bilish bilan bog‘liqdir.Milliy o‘z-o‘zini anglash milliy ongdan farq qiladi. Milliy ong har millatning yagona tili, urf-odatlari, an’analari, qadri-yatlari va ma’naviyatining pastdan yuqoriga oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishining muhim mezoni hisoblanadi. O‘z nav-batida milliy ongning rivojlanib borishi har bir millatning o‘z-o‘zini anglashi darajasiga ko‘taradi. Milliy ong millatni o‘zi-ga xosligi asosida rivojlanib borishdagi ko‘rsatkich bo‘lsa, mil-liy o‘z-o‘zini anglash manfaatini himoya qilishda harakatga kelti-ruvchi ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatdir. Millin o‘z-o‘zini anglash real moddiy kuch sifatida millat sha’-ni, qadr-qimmati, obro‘-e’tibori, or-nomusi poymol etilganda yoki millatning moddiy ma’naviy manfaatlariga zid ikkinchi bir to-mondan zo‘ravonlik harakatlari yuzaga keltirilgan holatlarda na-moyon bo‘ladi. SHa’ni, qadr-qimmati, or-nomusi, obro‘-e’tibori va manfaatlari poymol etilgan millat vakillari qaysi lavozimda xizmat qilishi, boy yoki kambag‘al bo‘lishidan qat’i nazar yagona umumiy kuch bo‘lib birlashadi va o‘zligini himoya qiladi.SHu tariqa milliy o‘z-o‘zini anglash millat manfaatlarini himoya qiluvchi moddiy kuchga aylanadi.
Bundan tashqari u faqat milliy manfaatlarni himoya qilnsh bilan cheklanmaydi, shuning bilan u turli muammolar yuzaga kel-gan sharoitda ham millatni xarakatga keltiradi va uni birlashti-rib turadi. Xususan, millat taraqqiyoti jarayonida iqtisodiy, ij-timoiy-siyosiy sohalarda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish-da ham u millatni birlashtiradi va uni umummaqsadlar yo‘lida harakatga keltiradi. U har qanday millat uchun etakchi belgi hisob-lanadi. U o‘zining katta salohiyati bilan mshshat uchun zarur asosiy o‘ziga xos belgilari tizimida etakchi o‘rinni egallaydi. U millat-ning yuragi, qalbi, tomirlarida oqadigan qoni va gavdasini tik ushlab turuvchi jondir. O‘zligini anglashdan to‘xtagan yoki undan mahrum bo‘lgan har qanday millat o‘limga mahkumdir.

Ajdodlar yaratgan ma’naviy boyliklar va erishgan yutuqlar keyingi avlodlarga to‘liq yetib borishi uchun va ular o‘zlaridan oldin egallangan marralarni qo‘ldan bermay, taraqqiyotni tadrijiy ravishda davom ettirishlari uchun tarix, til va adabiyot birgalikda oldingi davrlar tajribasini keyingi davr kishilariga to‘liq yetkazib berishi kerak.


Shu ma’noda bundan salkam ming yil muqaddam yaratilgan “Devonu lug‘otit turk” va “Qutadg‘u bilig”lar tarix bilan qurollantirishga qaratilgan nodir asarlardir. Turkiy tilli xalqlar ming yil burun ham tarixni haqqoniy ko‘rsatib beradigan, bilim va tafakkurning barcha nozik qirralarini ifodalashga qodir bo‘lgan adabiy til yaratganliklarini ushbu asarlar ko‘rsatib turibdi.
Afsuski, undan keyingi asrlarda o‘zaro urushlar va istilolar turkiyzabon xalqlarning taraqqiyotida uzilishlar, inqirozlar yuz berishiga sabab bo‘ldi. Ammo Temuriylar davrida Alisher Navoiy va Mirzo Bobur ijodlarida tarix, til va adabiyot qudratli uchlikka aylanib, yangi yuksakliklarga ko‘tarildi.
O‘zbekiston hududi Turkiston, Turon deb ham atalgan. Mamlakatlarning nomlarida asrlar davomida turli o‘zgarishlar yuz berishi jahon tajribasida ko‘p uchraydi. Qadimgi Rim saltanati o‘rnida Italiya, Gresiya, Fransiya mamlakatlari paydo bo‘lgan. Arab xalifaligi o‘rnida Marokash va Jazoirdan tortib, Yaman, Kuvaytgacha o‘nlab mamlakatlar yangi nomlar bilan dunyo xaritasidan o‘rin olganligi hammamizga ma’lum.
Biz ham jahon tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistoning tarixiy ildizlarini mamlakatimiz hududida paydo bo‘lgan eng qadimiy davlatlar tarixidan izlab topishimiz mumkin. Bundan uch ming yillar burun qadimgi Xorazmda barpo bo‘lgan davlatchiligimiz bizga muqaddas kitob “Avesto”ni, Navro‘z taqvimini va Navro‘z an’nalarini meros qoldirgan edi.
Ma’lumki, tilning eng asosiy manbai so‘zdir. Yahyo ibn Muoz aytganidik: “Qalblar-qozonga o‘xshaydi, solingan narsani pishiradi. Bu qozonning cho‘michi tildir. Biror kishining qalbini bilmoqchi bo‘lsangiz so‘ziga qarang, til sizga ichidagi narsadan suzib beradi!” Biroq so‘zlar odamlar, ya’ni shu til egalari va uni bilganlar ongidagina mavjud bo‘ladi. Agar ular yozib olinmasa, bir joyga jamlanmasa, ma’nolari izohlanmasa, ularning muayyan qismi davr o‘tishi bilan unutilib, yo‘qolib ketishi hech gap emas. Shuning uchun ham allomalarimiz qadim qadimdan lug‘at tuzib, so‘zlarni, ular anglatgan ma’nolarni kitobga muhrlab qo‘yishgan. Demak, muayyan tilning mavqeini lug‘atlar ham ifoda etadi.
Lug‘atlar xalq ma’naviyati va milliy madaniyatida bebaho ahamiyat kasb etishi isbot talab qilmaydi. Ularda jamiyatning ma’lum davrda erishgan bilimlari o‘z aksini topadi. Qanday davrda bo‘lishidan qat’i nazar, lug‘atlar muayyan ijtimoiy vazifalarni bajaradi, shuningdek, hamisha zamonga hamnafas bo‘lib, mukammallashib boradi.
Ona tiliga munosabat muqarrar ravishda milliy g‘ururga, milliy mentalitetga ta’sir ko‘rsatadi. Agar ona tiliga e’tibor susaysa, milliy nigilizm kuchayadi, madaniy meros unutila boshlaydi, milliy nomukammallik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. O‘tgan asrning 80-yillariga kelib, O‘zbekistonda bunday salbiy holatlar yaqqol ko‘zga tashlanib qolgan edi.
Mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg‘in, ba’zida keskin va murosasiz bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tgani beixtiyor yodimizga tushadi. O‘shanda ayrim siyosiy guruhlar O‘zbekiston sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlarni olg‘a surgan, shuning hisobidan o‘ziga obro‘ topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan edi. Nega deganda, til bilan bog‘liq muammolar orqali milliy tuyg‘ularni ro‘kach qilib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Bugungi kunda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida turli millatga mansub talabalar tahsil oladi va ta’lim bir nechta tillarda olib boriladi. Bular sirasiga o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari rus, qozoq, turkman, tojik va qirg‘iz tillarini kiritish mumkin. Yana bir diqqatga molik jihat – respublikamizdagi ommaviy axborot nashrlari ham turfa tillarda chop etiladi, qardosh xalqlar tilida radio va teleko‘rsatuvlar tayyorlanib efirga berilayotgani yurtimizda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, o‘zbek tili – bu o‘zbek xalqining tarixi. O‘zbek tili – bu o‘zbek xalqining taraqqiyot va madaniyati bosib o‘tgan yo‘l. Shu boisdan ham o‘zbek tilini o‘rganish va avaylash shunchaki bekorchilikda qilinadigan ish emas, balki u muhim zarurat taqozosidir. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.
Har bir tilning qudrati va afzaliyatlari shu tilni yaratgan xalqning o‘zi bilan birga yashasagina rivojlanib, o‘sib boradi. O‘z xalqidan va sarzaminidan uzilib qolgan til tabiiy kuchini, boyligi va go‘zalligini yo‘qota boshlaydi. Demak, el borki, til bor. Eldan uzilmagan odam tildan ham ayrilmaydi. Ushbu xulosalarimiz Alisher Navoiyning “Tilga ixtiyorsizlik elga e’tiborsizlikdan kelib chiqadi”, degan fikrini yana bir bor tasdiq etadi.
Umuman olganda, jamiyat manfaatlari va istiqboliga mutlaqo zid keladigan bu kabi holatlarga barham berish orqali metin bardoshli xalqimiz iroda ko'rsatib, istiqlol deb atalmish ulug' nematga ega bo'ldi. XX asrning so'nggi choragida sobiq sovet davlatining qulashi natijasida ayrim mamlakatlar bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi ham 1991-yilda o'z mustaqilligini elon qilib, Xalqaro hamjamiyatning to'laqonli subyektiga aylandi. Har qanday millat, xalq o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi bilan o'zing yashashini va kelajagini ta'minlovchi asoslarini yaratishi ham lozim. Bunday asoslar mustaqilikka erishgan mamlakatning iqtisodiyoti qay tarzda tashkil etilganligi, xalqning qanday huquq va erkinliklarga ega bo'lganligi, davlat hokimiyati qo'liga qanday vakolatlar berilganligi hamda xalqning qanday ma'naviy-madaniy imkoniyatlari borligiga,ularning g'oyaviy mazmuni qanday bunyodkor mafkuralar tizimiga asoslanganligi bilan belgilanadi. Bularning barchasi xalqlarning mustaqil hayot kechirish faoliyatlarining asoslari hisoblanadi.1
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab, mustaqilligimizni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan qonun bilan tasdiqlangan davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda demokratik tamoyillarga hamohang ravishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Shuningdek Birllashgan Millatlar Tashkiloti, YUNESKO, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti singari bir qator nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a'zo bo'lgan O'zbekiston xalqaro maydonda o'z o'rni va obro'-etiboriga ega bo'ldi. Shonli o'tmishda xalqimizning qoralangan tarixini qayta o'rganish va tadqiq etish, ulug' ajdodlarimiz yorqin xotirasini tiklash, ko'xna shaharlarimiz, boy moddiy va madaniy meroslarimizni o'rganishda yangicha munosabat paydo bo'ldi. Qadim tarxiga ega ko'xna shaharlarimizning yubileylari ham istiqlol yillarida keng nishonlandi. Jumladan: 1997-yil 19-oktabr Buxora, 20-oktabrda Xiva shahrining, 2002-yil 2-aprelda Termiz shahrining 2500 yilliklari, 25-avgustda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.Mustaqillik tufayli ma'naviy hayotimizda uyg'onish yuz berdi. Xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda, lekin shuni alohida qayd etishimiz kerakki, milliy o'z o'zini anglash, o'zbekchilik — millatchilik degan ma'noni bildirmaydi. Milliy uyg'onish, milliy g'urur, milliy tuyg'uning tiklanishi — bu milliy rivojlanish bilan uzviy bog'liq bo'lgan tabiiy qonuniy j arayondir.
Ota-bobolarimizdan bizga qoldirilgan boy ma'naviy merosni avaylab asrab, uni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirib, ularning bunyodkorlik faolligini oshirish - mustaqillik poydevorini mustahkamlashning asosiy garovidir.
Hech bir xalq o'z o'zini anglamasdan milliy madaniyati, milliy qadriyatlarini avaylab, asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat - izzat bilan qaray olmaydi. Shuning uchun milliy qadriyatlarning tiklanishi, umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishning yakka-yu yagona yo'lidir. Ayniqsa milliy yuksalish g'oyasini aholi, yoshlar qalbi va ongiga singdirishda daxldorlik tuyg'usini kuchaytirish kerak. Buning uchun oddiy odamlarni qiynaydigan byurokratik omillar, sansalardorlik holatlariga barham berish lozim. Jumladan sog'liqni saqlash, ta'lim, qurilish sohalaridagi korrupsion holatlar rivojlanishning har qanday ko'rinishga to'sqinlik qiladi. Zero aholi salomatligi va farovonligi va mamlakat kelajagi bilan bog'liq bo'lgan yuqoridagi sohalarda har qanday ko'rinishdagi adolatsizliklarga chidab bo'lmaydi. Albatta, amalga oshirilayotgan islohotlar o'z mevasini asta-sekinlik beradi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o'zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda "Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari" degan hayotbaxsh g'oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Insoniyat falsafiy tafakkuri tarixida o`zlikni anglash masalasi turlicha talqin etilgan. Inson jismining o`tkinchiligi ruhning esa abadiyligi masalani zohiriy talqin etganlar inson o`zligini dunyodan yuz o`girib, yolg’izlikda ibodat bilan kun o`tkazgandagina, oddiy so`z bilan aytganda, tarkidunyo qilgandagina topishi mumkin degan fikrga keladilar.Islom sharqida dunyoni o`tkinchi bo`lib, ijtimoiy faollikdan qochish, faqat olloh zikri bilan yashash tamoyili alohida o`ringa ega. Ularning falsafasida “tarki dunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faollikdan butunlay chetlashganlar, surunkali taxt-ibodat bilan shug’ullanganlar. “Tasavvufdagi” uzlatga chekinish” g’oyasini ham ba`zan to`g’ridan-to`g’ri tarkidunyochilik ma`nosida talqin etishga urinishgan. Ammo “O`zlikni anglash” bosh maqsadi bo`lgan tasavvuf ahli va tasavvuf g’oyalaridan quvvat olgan ulug’ mutafakkirlarimiz insonni insonga, Vatanga, xalqiga bo`lgan, har qanday g’arazdan holi, pok mehrni targ’ib qilganlar.Xususan, ulug’ mutasavvuf alloma Bahouddin Naqshband inson o`z-o`zini anglab etish orqali haqni, haqiqatni taniydi, Alloh vasliga etishadi deydi. Ammo hayotining yakuniy maqsadi bu emas. Dilida Alloh jo bo`lgan kishi ishga kirishmog’i, ezgu ishlariga qo`l urishi lozim. U aslo, eldan, xalqdan o`zini ayirmasligi aksincha, orif odam haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bo`lishi lozim.Shu nuqtai nazardan, Fariddiddin Attor dunyoni qaynab turgan qozonga mingazob, insonni ana shu “qozon”da qaynashga undagan edi. Shundagina inson pishib etiladi, komillikka erishadi. Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va yurt qayg’usida yashagan jadid ziyolilar yana o`nlab, yuzlab ulug’ ajdodlarimiz hayoti, o`z taqdirlarini xalq, millat, butun insoniyat taqdiri bilan uzviy bog’liqlikda ko`rganlar. Insonning komillik darajasi uning jamiyatdagi o`z o`rnini qanchalik bilgani, o`zini jamiyatning ajralmas qismi ekanligini qanchalik his etishi bilan belgilanadi. Shundagina inson o`zining qadr-qimmati xalqning, millatning qadr-qimmati bilan nechog’lik bog’liq ekanligini, jamiyatda, yurtida sodir bo`layotgan voqealarga daxldorligini anglaydi.

Har qanday millat ijtimoiy-tarixiy birlik sifatida o‘ziga xos, betakror jihatlarga ega. O‘z milliy qadriyatlarining obyekti va subyekti sifatida har bir millat qadriyatlarini rivojlantirib,takomillashtirib boradi. Shu bilan birga o‘zi ham ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarib, yangilanib, rang- barang jihatlar kashf qilib boradi, bu ikkala hususiyat ham milliy qadriyatlarda aks etadi. Milliy qadriyatlar milliy makonda shakllanadi, rang-barang tarzda namoyon bo‘ladi, 0kishilar ongiga ta’sir qiladi, ular uchun ma’naviy mezonlar rolini o‘ynaydi, ijtimoiy rivojlanish jarayonida doimiy yangilanib, ya’ni zamonaviylik kasb etib, avloddan-avlodga an’anaviylik asosida o‘tib boradi. Milliy qadriyatlar kishlarning o‘zaro munosabatlari, ijtimoiy faoliyati, xatti-harakatlari hamda ular bilan bog’liq bo‘lgan maqsad, ehtiyoj, qiziqish va intilishlari uchun asos bo‘ladi, moddiy va ma’naviy sohalarda muayyan natijalar, ya’ni milliy-madaniy boyliklar, yutuqlar sifatida namoyon bo‘lishi ham mumkin. Mintaqaviy qadriyatlar bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Masalan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-qo‘shnichilik kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug’lar, dostlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, saxiylik, halol bilan haromni farqlash Markaziy Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar deb barcha insonlarning tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli va manfaatlarida mavjud bo‘lgan tutash, umumiy bo‘lgan zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklarga aytiladi. Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o‘taydi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan ifodasidir. Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat, inson huquqlari ustunligi, xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash, tabiatni asrash va bohqalar umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda kata ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.


Qadriyatlarning tarix sinovidan o‘tganligi, jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta’siri, inson va xalqlarning maqsad va manfaatlariga to‘g‘ri kelishi, yangiliklarni qabul qilishga tayyorligi va jamiyat taraqqiyotida ahamiyati. Qadriyat (arabcha. qiymat, ahamiyat; qimmatbaho buyumlar; xalq boyligi) voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik,tinchlik, adolat, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, moddiy va ma’naviy boyliklar va boshqalar qadriyat hisoblanadi.


Qadriyat tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan ular uchun foydali ahamiyatli, moddiy–iqtisodiy, madaniy-ma’naviy mafkuraviy, siyosiy huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir.

Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta’sirini uning o‘zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta’sirida uning qadri, ahamiyati namoyon bo‘ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta’sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, Qadriga baho beradi. Bahoda teskari munosabat, boshqa Bir kishining qadriyat sifatida qaralayotgan obyekt, narsa, hodisa, ideal va boshqaga nisbatan munosabati, uni anglashning biror bir darajasi o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda subyekt qadriyatga munosabatini baho tarzida ifodalaydi. Qadriyatning mazmuni va ahamiyati bahoda to‘la-to‘kis aks etmasligi, turlicha ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab aniqlash qiyin bo‘ladigan holler ham uchraydi. Masalan, ba’zi narsalar (san’at asarlari, obidalar, yodgorliklar va boshqalar) qadrining nihoyatda balandligi ularga “bebaho” degan sifat berilishiga sabab bo‘ladi. Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri bilan uzviy bog‘liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri to‘g‘ri tushunilmasa, unga to‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Aynan shu ma’noda qadriyatni baholash unga bo‘lgan insoniy munosabatni ham ifodalaydi, bu esa, o‘z navbatida, kishilarning talab- ehtiyojlari va maqsadlari bilan bog‘liqdir. Inson nimanidir baholayotganida va qadrini anglayotganida o‘z ma’naviyati, bilimi, ehtiyojlari, talablari, maqsadlaridan kelib chiqadi, o‘z manfaatlarini ham unutmaydi. Bu ehtiyoj, talab, maqsadlar va biror foyda olishni ko‘zlash ham ma’naviy xususiyatga ega bo‘lganidan, muayyan kishilarning u yoki bu qadriyat, uning qadri va ahamiyati haqidagi fikri (bahosi) muayyan darajada nisbiydir. Qadrini baholashda ishtirok etayotgan turli maqsad va ehtiyojga ega bo‘lgan kishilar soni ortgani sari, uning haqiqiy bahosini aniqlash qiyinlashib boraveradi. Xullas, qadr tilimizda xilma-xil ma’noni anglatadi va ma’naviy qiyofamizni ko‘rsatadigan sermazmun tushunchalardan biri hisoblanadi. Qadriyat esa inson va jamiyat ma’nayatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. “Qadriyatshunoslik (aksiologiya)”ning eng asosiy kategoriyasi. Bu kategoriya o‘zida qadriyat asosining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy aksiologik mazmuni, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Aksiologlar undan har qanday narsa, shu jumladan, insonning ijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalaydigan umumiy va universal kategoriya sifatida foydalanadilar. Qadriyat turli sohadlarda xilma-xil ma’noda qo‘llanadi. Qadriyat so‘zining turfa xil ma’noda ishlatilishi unga berilgan ta’riflarning turlicha bo‘lishiga olib kelgan. Ijtimoiy fanlarning qanday sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan bo‘lsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif beradi. Shunday qilib, qadriyat biror tarzda va shaklda zohir bo‘ladigan, subyekt uchun muayyan ta’sirini namoyon qiladigan voqelikning turli-tuman shakllari, ko‘rinishlari, narsalar, hodisalar, jarayonlar, munosabatlar, turli sifatlar, xususiyat, axloq va ma’naviylik mezonlari hamda boshqalarning subyekt uchun ijtimoiy ahamiyati va qadrini ifodalaydigan umumiy aksiologik kategoriyadir. Odamlar garchand bitta jamiyatda, bir davrda va o‘xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqinqilinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri qarashlari o‘zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘likdir. Turli xil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga mutlaqo zid ko‘rinadigan “yaxshilik” va “yomonlik”, “haqiqat” va “haqsizlik”, “baxt-saodat” va “g‘am-kulfat”, “tadrijiylik” va “inqilobiylik”, “taraqqiyot” va “tanazzul”, “borliq” va “yo‘qlik” kabi tushunchalar hayotning bir-biri bilan qarama-qarshi bog‘langan jihatlarini ifodalaydi. Qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Natijada ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda, oldinga chiqib olgan qadriyatni barqarorlashtirishga nisbatan intilish kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganda-ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida-istiqlol, urush davrida-tinchlik, tutqunlikda-erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida-sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi. Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e’tirof etgan yagona namunalar yo‘q. Qadriyatlarni moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘lish mumkin. Qadriyat shakllari ham ularga mos ravishda tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o‘zaro uyg‘unlikda, qonuniy bog‘lanishda, umumiy aloqadorlikda namoyon buladi. Bunday hollardagi taqpil jarayonida ilmiy bilishning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bo‘lak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish qo‘l keladi. Bunda qadriyat shakllari bog‘langan obyekt, jarayonlarning makon hamda zamonda zohir bo‘lishi, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar va aloqalarni o‘rganish, obyektiv asosi, subyektiv jihatdan anglanishi, umumiy, xususiy va alohida jihatlarini tahlil qilish imkoni tug‘iladi. Bu esa qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, bog‘lanish hamda ularning in’ikosi bo‘lgan eng umumiy qadriyat tizimlariga xos xususiyatlarni o‘rganish imkonini beradi. Mustaqillikkacha qadriyatlar mavzusi keng o‘rganilmas edi. Istiqlol davrida bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda, qadriyatlar to‘g‘risidagi fan-qadriyatshunoslik respublikamizdagi ijtimoiy fanlar tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, bu yo‘nalishda tadqiqot vaizlanishlar olib borilmoqda, ko‘plab asarlar nashr etilmoqda. Mustaqillik ona-Vatanimizga va xalqimizga inson sifatida hayotdan bahra olib yashashi uchun kata imkoniyatlar eshigini ochib, el-yurt bo‘lib, jahonda o‘z o‘rnini topishiga zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berdi. Bularning bari imkoniyatlar darajasida qolib ketmasligi uchun yoshlarimizni har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‘lib voyaga yetishishi uchun ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan tarixiy, diniy va milliy qadriyatlarimizni o‘zimiz avvalo har tomonlama o‘rganishimiz hamda boshqalarga targ‘ib va tashviq qilishda doimo oldingi safda bo‘lishimiz lozim. Shu bois Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, avvalo, “milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so‘z bilan aytganda, o‘z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o‘ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo‘lida xizmat qilmog‘I darkor.” Hozirgi paytda aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik kabi g‘oyalarni tarannum etuvchi mafkuralarga tayanmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan g‘oyalarning rivojlanib borishi insonda juda kata umid-orzular tug‘diradi. Chunki umuminsoniyat manfaatlari uchun xizmat qiluvchi bunday g‘oyalarning ro‘yobga chiqishi jahon miqyosida tinchlik va taraqqiyot, inson erkinligi, milliy va diniy totuvlikning tantana qilishiga, oxir-oqibatda insonning baxt-saodatga erishuviga olib keladi. Bu esa insoniyatning asriy orzusidir.
Milliy g‘oyaning umuminsoniy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
- milliy mahdudlik agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bo‘lish; urush olovini yoqish, o‘zga millatlarga zulm o‘tkazishdan xoli bo‘lish, mamlakatlararo beqarorlikni vujudga keltirish vositasiga aylanmaslik;
-adolat, tenglik tinchlik bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini o‘zida ifoda ettirish;
-jahon xalqlari yaratgan sivilizasiya yutuqlarini asrash va keying avlodga yetkazishda ma’naviy-ruhiy omil bo‘lish;
- insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish;
-diniy bagrikenglik g‘oyalarini o‘zida ifodalash;
-inson xaqhuquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrlilikni himoya qilish;
-qonun ustuvorligini, millatlararo hamjihatlikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bo‘lish;

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, o'z oldiga ulug'vor maqsadlar qo'yib, innovatsion taraqqiyot yo'liga chiqqan O'zbekiston milliy taraqiyot manzili sari yangi bosqichga qadam qo'ydi. Bugungi kunda yurtimizdagi tub o'zgarishlar, faol konstruktiv yangilanishlar jamiyatimiz hayoti, odamlarning ongu tafakkuri o'zgarishiga xizmat qilmoqda. Zotan , murakkab va serqirra jarayon bo'lmish hayot suratlarning tezlashishi har bir kishidan mustaqil fikirlash, mustahkam irodali bo'lish hamda qat'iy faol fuqorolik pozitsiyasini egallashni talab qilmoqda. Milliy yuksalish har bir fuqaroning shaxsiy rivojlanishi, ularning turmush-tarzi yaxshilanishi bilan uzviy bog'liqlikdagi jarayondir. Hech bir xalq o'z o'zini anglamasdan milliy madaniyati, milliy qadriyatlarini avaylab, asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat - izzat bilan qaray olmaydi. Shuning uchun milliy qadriyatlarning tiklanishi, umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishning yakka-yu yagona yo'lidir.



Foydalangan adabiyotlar

1. J.Y.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiev, Milliy g'oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Darslik.- Toshkent:2018


2. Orif Ayupov, Dunyo Siyosat Jamiyat, " Ziyo"
3. R.X. Ruziyeva , Milliy g'oya rivojida qadriyatlar tizimi, Toshkent-2020,
4. https://lex.uz/docs/-5344692
5. Sh.M.Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz 1-jild,-Toshkent :"O'zbekiston" HMHy 2018.
Download 35,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish