Nazorat savollari
Mikrobiologik laboratoriyada ishlashning asosiy qoidalari nimalardan iborat?
Mikroskop mexanik qismining asosiy elementlarini ayting.
Mikroskop optik qismining asosiy elementlarini ayting.
Mikroskopning son aperturasi deb nimaga aytiladi?
Quruq obyektivlar immersion obyektivlardan nimasi bilan farqlanadi?
Makro va mikrovintlarning vazifasi nimadan iborat?
Revolver nasadka nima uchun kerak?
Mikroskopning kattalashtirish qobiliyati qanday aniqlanadi?
Preparatning yoritilganlik darajasini qanday aniqlash mumkin?
Yorug‘lik mikroskopining asosiy xarakteristikalarini ayting.
Qorong‘u maydondagi mikroskopiyaning mohiyati nimadan iborat?
Faza-kontrast mikroskopining ishlash prinsipini tushuntiring
Lyuminessent mikroskopning ishlash prinsipini tushuntiring
Elektron mikroskop bilan ishlash qoidalari nimalardan iborat?
STERILIZASIYA VA PASTERIZASIYALASH
Ishdan maqsad: talabalarni mikroskopik laboratoriya jihozlari, ozuqa muhitlarini sterillash usullari va vositalari, idishlar bilan tanishtirish.
Mikrobiologik laboratoriyada quyidagi xonalar mavjud bo‘lishi kerak:
Tadqiqotlar o‘tkaziladigan laboratoriya xonalari;
Yuqori sterillikni talab qiluvchi ishlar bajariladigan oyna bilan to‘silgan boks;
Idishlarni yuvish uchun jihozlangan yuvish xonasi;
Ozuqa muhitlari, idishlarni sterillashga tayyorlash, reaktivlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan preparatlar xonasi;
Avtoklavlar o‘rnatilgan sterillash bo‘limi.
Laboratoriyaning barcha xonalari tabiiy va sun’iy yorug‘lik bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Stollar va polning yuzasi yaxshi tozalanadigan materiallar bilan qoplangan bo‘lishi lozim (plastik, linoleum); boksda, avtoklav va yuvish xonalarida devorlar va pollar maxsus plitalar bilan qoplanadi. Laboratoriya xonalarida havoni sterillash maqsadida bakteritsid lampalar o‘rnatiladi (BUV-15, BUV-30 va boshqalar).
Jihozlar: avtoklavlar, termostatlar, quruq isituvchi shkaflar, mikroskoplar, muzlatgichlar, texnik tarozilar, xonalarni mikrobiologik analiz qiluvchi apparat, mikroorganizm koloniyalarini sanovchi qurilma, anaerob bakteriyalarni ko‘paytiruvchi anaerostat, pH-metr.
Idishlar va moslamalar: bakterologik sirtmoqlar va ninalar, Drigalskiy shpatellari, qaychilar, pinsetlar, shtativlar, laboratoriya idishlari (Petri chashkalari, probirkalar, pipetkalar – asosan 1,0 va 0,1 sm3 uchun, predmet va qoplovchi shishalar, bo‘yoq va eritmalar uchun flakonlar) paxta, doka, filtr qog‘oz.
2.1. Mikrobiologik amaliyotda qo‘llaniluvchi sterilizatsiya usullari va vositalari
Sterillash (lotincha sterilis – bepusht) mikrobiologik amaliyot va oziq-ovqat ishlab chiqarishda materiallardagi barcha vegetativ hujayralar va ularning sporalarini yo‘qotishni anglatadi. Sterillash mikrobiologik amaliyotda eng muhim va kerakli tadbirlardan biri hisoblanadi.
Sterillashning quyidagi usullari mavjud:
Termik sterillash
Olovda qizdirish (flambirlash);
Qaynatish;
Quruq issiqlik;
Bosim ostidagi to‘yingan bug‘;
Sovuq sterillash
Dezinfeksiya
Do'stlaringiz bilan baham: |