2- guruh bog’lanish: shinadan o’qish va yozishni boshqaruvchi xabar uzatiladi.
3-guruh bog’lanish: shinadan Mpni ishlashini vaqtincha to’xtatish uchun xabar uzatiladi
To’rtinchi va beshinchi guruhli bog’lanishda shinalar orqali protsessordan KCHQ ga va KCHQdan MPga qiymatlar uzatiladi.
Oltinchi guruhli shina bo’yicha O’XQga adres uzatiladi. Yettinchi shina o’qish, yozishni boshqarish uchun, sakkizinchi-shinadagi xabarlar bo’yicha protsessor buyruqlarni qabul qiladi.
To’qqizinchi va o’ninchi shinalar OXQ dan MPga va MPdan OXQga qiymatlarni uzatishni tashkil etadi.
8085 pin interfeyslari
A15-A8 (Addreslar magstrali)
AD7-AD0 (Qiymatlar magstrali)
ALE
RD
WR
READY
Mikroprotsessor va tashqi dunyo orasidagi a’loqa usullari
Ketma ket a’loqa usuli: interfeys mikroprotsessordan bir bayt qiymatni oladi va boshqa qurilmaga bit ma bit ketma ket yuboradi yoki aksincha
Parallel a’loqa usuli: Interfeys mikroprotsessordan bir bayt qiymatni oladi va ularni boshqa qurilmalarga bitma bit parallel holda yuboradi yoki aksincha
Ma’lumotlar magstrali
Adreslar magstrali: MP adresning kodi to’g’risidagi xabarni ishlab chiqadi. Magistrallar adresining shinalarini soni uzatilayotgan adreslar kodining razryadlari bilan mos tushadi. Agarda 16—razryadli kod ishlatilgan bo’lsa, u xolda sistemaga 216=65536 ta adres ishlab chiqishga ruxsat beriladi.
Qiymatlar magistrali: MP, O’XQ, tashqi xotira qurilmalari (TXQ) va displey qiymatlarni uzatishi yoki qabul qilishlari (DXQ) mumkin. Boshqa qurilmalar faqatgina qiymatlarni qabul qilishi (DXQ) mumkin (displey pechat qiladigan qurilma). Sistemaning hamma imkoniyatlarini ta’minlash uchun qiymatlar magistrali ikki tomonga yo’nalgandir. Qiymatlar magistralining razryadligi MPning razryadligi bilan aniqlanadi va 2,4,8,16,32 bitga teng bo’lishi mumkin.
Boshqaruvchi magistral: MP va ayrim kirituvchi/chiqaruvchi qurilmalarning shinalari qurilmalarning amallarini aniqlash va sinxronizatsiyalash vazifasini bajaruvchi boshqaruvchi buyruqlarni ishlab chiqadilar. Bu xabarlar boshqaruvchi magistrallar (BM) deb ataluvchi bir tomonga yo’nalgan shinalar to’plami orqali uzatiladi.
Interfeyslarni o’zgartkichlari
Interfeyslarni o’zgartirgichlari (interfeyslarning kontrollerlari). Agarda bir turdagi interfeysdan ikkinchi turdagi interfeysga o’tish kerak bo’lsa, u holda interfeyslarni o’zgartirgichlar yoki interfeyslarning kontrollerlari degan maxsus apparatning vositalari ishlatiladi.