Mikroprotsessor tizimlari va mikroehm



Download 327,28 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi327,28 Kb.
#418345
Bog'liq
ma\'ruza. MIKROPROTSESSOR TIZIMLARI VA MIKROEHM


MIKROPROTSESSOR TIZIMLARI VA MIKROEHM.
Reja

  1. Mikroprotsessor tizimlari va mikro EX,Mlarning tuzilishi. MikroEXM arxitekturasi, periferiya kurilmasi, magnit tasmali, yumshok va katgik diskli yiggichlar.

  2. Displey yozish kurilmasi. Umumiy kullanuvchi registorlar tuzilishi.

  3. Ma’lumotlar shinasi. Adresli shina. Boshkarish shinasi. SHinalarni konstruktiv kullanilishi

Hozirgi vaqtda katta quvvatli EHM o‘zi bilan telefon yoki telegraf liniyalari orqali bog‘langan va uzoq masofalarda joylashgan ko‘p sondagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan informatsion tizimlar yaratilmoqda va qo‘llanilmoqda. Aviatsiya yoki temir yo‘l beletlarini sotish tizimi bunga misol bo‘lishi mumkin. EHM ning tashqi xotirasida yaqin ikki hafta ichida samolyot yoki poezdlarning barcha reyslariga o‘rinlar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. EHM ga kommutatsiya qurilmasi (multipleksor) va aloqa liniyasi orqali kassalarning bilet blankalarini to‘ldirish uchun yozuv mashinasi va bosish qurilmasidan iborat jihozlari ulangan. Kassir yozuv mashinkasi orqali buyurtmani kiritadi, u EHM ning operativ xotirasiga keladi va kerakli reys haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Agar buyurtma qanoatlantirsa, sotilgan o‘rin EHM ning tashqi xotirasidagi reys to‘g‘risidagi ma’lumotlardan chiqarib tashlanadi. Agar buyurtma qanoatlantirilmagan bo‘lsa, tizim uni qanoatlantirishning mumkin bo‘lgan variantlarini: boshqa reyslarga o‘rinlar borligi haqidagi ma’lumotlarni, poezddagi boshqa tipli o‘rinlar haqidagi ma’lumotlarni va boshqa ma’lumotlarni yozuv mashinkasiga chiqarish mumkin. EHM ning tashqi xotirasida saqlanadigan va foydalanuvchining buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqilishi uchun yaroqli bo‘lgan ma’lumotlar ma’lumotlar bazasini (yoki ma’lumotlar bankini) hosil qiladi. Ma’lumotlarni to‘plash, yangilash va izlash uchun programalar kompleksi ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBS) deb ataladi. Korxonalarning boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ma’lumotlar bazalari va MBBS ning qo‘llanilishiga asoslangan. Yirik korxonada sexlarga o‘rnatilgan mikroEHMlar bilan bog‘langan katta quvvatli EHM o‘rnatiladi. MikroEHMlardan sexlardagi ishlab chiqarishni boshqarish masalalarini hal etish uchun avtonom rejimda va markaziy EHM boshqaradigan bazadan ma’lumotlarni talab qilib olish va ularni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin. MikroEHM sexdan markaziy EHMga kelgan ma’lumotlarni nazorat qiladi va zich joylashtiriladi, bu esa aloqa liniyasiga bo‘ladigan yuklamani kamaytirishga imkon beradi. Telefon yoki telegraf liniyalari bilan bog‘langan EHMlar EHM tarmog‘ini tashkil qiladi. Tarmoq bir necha mashinalarni o‘z ichiga olish mumkin, ularning quvvatidan iloji boricha bir tekisda foydalaniladi; mashinalardan biri ishdan chiqqanda uning vazifasi ish bilan eng kam band bo‘lgan mashinaga beriladi. EHM tarmog‘ining foydalanuvchilari bilan ishlaydigan tashqi qurilmalar abonent punktlarini hosil qiladi. Abonent punktlarining jihozi tarmoq bilan mikroEHM orqali bog‘lanishi mumkin. EHM tarmoqlari ishlab chiqarish barlashmalari va butun tarmoqlarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlarning texnik bazalaridir. Hozirgi vaqtda umumdavlat avtomatlashtirilgan tizimi (UDAS) ni yaratish yuzasidan ish olib borilmoqda. MBBS asosidagi axborot hisoblash tizimlari ishlab chiqarishni boshqarishdan tashqarida ham qo‘llanilmoqda. Ular ilmiy–texnik axborotni saqlash va izlash masalan, meditsina, ilmiy tadqiqot, loyihalash kabi sohalarda tobora kengroq qo‘llanilmoqda. Turmushda ishlatiladigan axborot tizimlari ham rivojlanmokda, bu tizimlarda foydalanuvchi axborotni telivizor va uni displeyga aylantiradigan pristavka yordamida oladi. EHM tarmoqlarini ishonchli ishlashini ta’minlash uchun avtomatik telefon stansiyalari jihozlarini takomillashtirish lozim. Ulardan abonentlani izlash va ulash uchun elektron raqamli texnik qurilmalar borgan sari keng qo‘llanilmoqda. Aloqa liniyalarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun lazer nuri uzatiladigan svetovod kabellariga o‘tish yuzasidan ish olib borilmoqda. Elektr telefon liniyasi uzluksiz signallarni uzatadi, shu bilan bir vaqtda svetavod liniyasi axborotni lazer chaqnashlari bilan hosil bo‘ladigan impuls shaklida uzatadi, bu esa axborotning raqamli hisoblash texnikasi bilan muvofiq kelishini ancha osonlashtiradi. Elektr telefon liniyalari o‘tkazish qobiliyatining pastligi ommaviy ravishda foydalanishga yaraydigan videotelefon yaratishga imkon bermaydi. Uni yaratish uchun urunishlar displey ekraniga yoki grafa yasagichga chizmani, hujjatdagi imzolarni va hakozalarni chiqarish bilan cheklanadi. Telefon kommutatorlarida svetavodli aloqa liniyalarining va mikroprotsessor texnikasining qo‘llanilishi abonentlarning tasvirini uzatish imkonini beradi. Zamonaviy mikroprotsessorli va kompyuter texnikalarini tijorat korxonalarida joriy etish natijasida savdoni boshqarishda sifati tezkorligiga erishish, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni o‘stirishni ta’minlash ham resurslarni kam sarflagan holda xaridorlar ehtiyojini tularok qondirishga erishish mumkin bo‘ladi:
–tijorat korxonalari faoliyatini kompyuterlashtirishni quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish mutassadi tijorat xodimlarining zarur va istiqbolli vazifalari bo‘lishi kerak;
–tijorat korxonasiga keltirilgan tovar haqidagi ma’lumotlarni bir marta ular kelib tushganda qayd etishni skanirlash asosida avtomatlashtirish;
–savdo–sotiq va iqtisodiy axborotlarni qayd etish, jamlash, qayta ishlashni avtomatlashtirish;
–xaridorlar bilan hisob–kitobni avtomatlashtarish;
–tijorat korxonalaridagi kassa asboblari va mikroprotsessorli texnikani bank tizimi kompyuterlari tarmog‘iga ulash asosida to‘lovlarning maxsus to‘lov kartochkalari va elektron pul tizimini tadbiq qilish;
–tijorat axborot tizimini “Videotekst” turi asosida kredit kartochkalari orqali uyidan turib joriy etish jarayoni;
Ilgari vaqtda tarmoqlarda bo‘lgani kabi matlubot kooperatsiyasi sohasini kompyuterlashtirishda ham asosiy e’tiborni yuqori va o‘rta pog‘onadagi, ya’ni mamlakat, viloyat boshqaruv asbobi, iqtisod darajasini qo‘llash va ularning negiziga tegishli iqtisodni avtomatlashtirilgan tizimlari (SBAT) ni ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan ma’lumot yutuqlarga erishilgan edi. Biroq hozirgi kunda SABT ni texnik bazasini yaratish uchun viloyat va shaharlarda markazlashgan va bosh hisoblash markazlariga qilingan sarf–harajatlarga qaramasdan, ular iqtisodni tub masalalarini echishga tegishli iqtisodiy va ijtimoiy samaralar bera olinmayapti. CHunki, iqtisod muammolari eng avvalo uning asosiy yacheykasi bo‘lmish korxonalar orqali xal qilinishi kerak. Xaqiqatda esa bu muammoga juda kam e’tibor berilgan. Qo‘yilgan muammoni echish uchun zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va mikroprotsessorli texnikalarni korxonalarda, firmalarda joriy etishdan boshlash kerak. Zamonaviy kompyuterlarni qo‘llash natijasida iqtisod masalalarini echishni avtomatlashtirish asosida markazlashmagan holda faoliyatini boshqarish uslub va usullarini takomillashtirish mumkin bo‘ladi. SHuningdek, iqtisod faoliyatini kompyuterlashtirish natijasida rahbar xodimlar, iqtisodchilar, tovarshunoslar, muhosiblar, sotuvchilar va boshqalar xizmat vazifalarini bajarish jarayonida muhim qulaylikka ega bo‘lishadi. Boshqarishni qog‘ozsiz texnologiyasini yaratishga hamda tijorat sohasida turli darajadagi alohida va tarmoq bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tuzishda texnik asosga ega bo‘linadi. Bunday sharoitda quyi zveno boshqaruvida erishiladigan samaradorlik boshqa bo‘lim va ish joylarida kompyuterlashtirish vositalari bor yo‘qligiga bog‘liq bo‘lmagan holda muqobil xarakterga ega bo‘ladi. Biroq quyi tizimni yuqori darajada kompyuterlash darajasi o‘z vaqtida tegishli axborotlarni etkazib berish, ularni ob’ektiv va ishonchligini kafolatlash asosida yuqori darajadagi boshqarish sifati va samaradorligini oshirishni ham ta’minlaydi. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlardan foydalanish bosh hisoblash markazlaridek tegishli mashinani band bo‘lish ko‘rsatkichi bilan emas, balki uni qo‘llash korxonasi, bo‘lim xodimlarining mehnat faoliyatini unumdorligini oshirish, takomillashtirilishi hamda madaniyatini oshirishga ta’sir eta olishligi va keltirilgan iqtisodiy foyda bilan baholanishi kerak. Qo‘yilgan muammo, matlubot kooperatsiyasi tizimi kompyuter–lashtirishni hal qilishdagi yana bir muhim jihati shundaki, unda albatta texnik va dastur vositalarining bir–biriga mos kelishligi omiliga katta e’tibor berishi o‘ta zarurdir. Bu esa tizimni kompyuterlashtirish borasida yagona texnik dastur siyosatini amalga oshirishga imkoniyat yaratib beradi. O‘z navbatida tizimda bunday siyosatni hayotga tadbiq etish uchun mamlakat va viloyatlarda jamoatchilik asosida tegishli koordinatsion muvofiqlashtiruvchi markazlar tuzish zarur bo‘ladi. Markaz faoliyati tarmoqni kompyuterlashtirish borasida eng avvalo quyidagi bosqich ishlarini tashkil etish va bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerak:
–tegishli ob’ektiv qo‘llashimiz kerak bo‘lgan zamonaviy kompyuter va mikroprotsessorli texnikaning turi (tipi) ni va uni tashkil etuvchi qismlari (konfiguratsiyasi) ni asoslash;
–tegishli zamonaviy kompyuter va mikroprotsessorli texnikaga buyurtma tayyorlash va olishni hamda joylarda ishga tushirishni tashkil etish;
–zamonaviy shaxsiy kompyuterlarni unumli ishlashini ta’minlash maqsadida quvvatliroq EHM ni axborot – hisoblash va boshqarishni avtomatlashtirish resurslaridan foydalanish uchun umumtizimiy va alohida hisoblash tarmoqlarini yaratish va joriy etish;
–mutaxassis va xodimlar uchun avtomatlashtirilgan ish joylarini yaratish va joriy etish;
–algoritm va dastur fondlaridan dastur vositalari olish, uni tegishli iqtisod ob’ekti sharoitiga moslashtirish hamda yangi amaliy programalarni ishlab chikish;
–joylarda kompyuterlardan foydalanuvchi shaxslarni tayyor dastur bilan ishlashga o‘rgatishni uyushtirish;
–rahbar va xodimlarni zamonaviy foydalanish sharoitida ish uslubi va qoidalarini takomillashtirishga o‘rgatish va malakasini oshirishni tashkil etish;
–mamlakatimiz va rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlashtirish sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va matbuot kooperatsiyasi tizimiga mos keluvchi tegishli uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalar ishlab chiqish hamda matlubotda muntazam ravishda shu sohadagi bajarilayotgan ishlar, yutuqlar, muammolar haqida chiqishlarda tashkil etish kabilardir. Matlubot kooperatsiyasi tizimini kompyuterlashtirish kelajagi buyuk O‘zbekiston aholisini turli–tuman tovar va mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz qondirish hamda savdo xizmat ko‘rsatish madaniyati saviyasini rivojlangan mamlakatlar darajasiga etkazishda salmoqli hissa bo‘lib xizmat qiladi. Mashina muhitida ma’lumotlarni tishkil etish mantiqiy va fizik bosqichlar bilan tasvirlanadi. Ma’lumotlarni bevosita mashina "TASHUVCHISI" da joylashtirish usulini belgilaydi. Ma’lumotlarni zamonaviy amaliy dasturlar vositalarida tashkil etishning bu bosqichi foydalanuvchining aralashuvisiz avtomatik ravishda ta’minlanadi.
Amaliy va universal dastur vositalarida foydalanuvchi, qoida tariqasida, ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etish haqidagi tushunchalar bilan operatsiyalar bajaradi.


1–rasm. KPU ni kuchlanish manbaiga ulash sxemasi.




2–rasm. Raqamli axborotlarni MPSga ulanishi:

a). Kuchlanishni bo‘lish, b). Filtr, v). K ≤ 8.


Axborotni EHM da ishlashni EHM xotirasida saqlanayotgan dastur buyruqlarini bajaradigan protsessor amalga oshiriladi. Bu buyruqlarni uni va yuz minglab jo‘mraklardan tashkil topgan maxsus elektron sxemalar bajaradi. Odatda buyruq bitta bitdan iborat axborotni emas, balki 8, 16, 32 yoki 64 baytlik axborotni bir vaqtda ishlaydi.
Bir vaqtda ishlaydigan bitlar soni protsessorning xonaligi deb ataladi va EHM ning muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.Tezkorlik (bir sekundda bajariladigan buyruqlar soni) bilan birga xonalilik EHM ning protsessori vaqt birligi ichida ishlaydigan axborot hajmini ifodalaydi.
Download 327,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish