Quyida protsessor ishlab chiqaruvchilarning asosiylarini keltirib o‘tamiz.
Bugungi kunda Intel, AMD va IBM kompaniyalari protsessorlari keng tarqalgan. Ulardan Intel yetakchi sanaladi (dunyodagi jami protsessorlarning tahminan 80 foizi).
Intel quyidagi nomlar ostida protsessorlar ishlab chiqaradi: 8086, i286, i386, i486, Pentium, Pentium II, Pentium III, Pentium 4, Celeron (Pentium ning soddalashtirilgan varianti), Core 2 Quad, Core i7, Xeon (serverlar uchun protsessorlar seriyasi), Itanium, Atom (qo‘shimcha o‘rnatiluvchi texnikalar uchun protsessor) va boshqalar.
AMD protsessorlari x86 (80386 va 80486, K6 va K7 oilasi — Athlon, Duron, Sempron) hamda x86-64 (Athlon 64, Athlon 64 X2, Phenom, Opteron va boshqalar)dan iborat.
IBM protsessorlari (POWER6, POWER7, Xenon, PowerPC) superkompyuterlarda, yettinchi avlod videoo‘yinlari, qo‘shimcha o‘rnatiluvchi texnikalarda qo‘llaniladi.
Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi).
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq).
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHKning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MPning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.
Interfeys (interface) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plami bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |